38, TADBIRKORNING BOSH MA'NAVIY FAZILATI
Ilm va insof, riyozat va farosat bugungi kun tadbirkorlarining asosiy ma'naviy fazilatlaridir.
Tadbirkoming bosh fazilati - farosat. Farosat bo'lmasa tadbirkor-likka urinish behuda ovoragarchilikdir. Farosat nima? Farosat, avvalo, o'zingni anglash, o'z holingni to'g'ri idrok etishdir. Ikkinchidan, o'zgani tushunish, o'zgalaming ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to'g'ri tasawur hosil qila bilishdir. Qolaversa, farosat - voqdikni asliga muvofiq idrok etish, unga to'g'ri munosabat hosil qila bilmoqlik, nafaqat tushunish, balki voqchk talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq eta bilish hamdir. Bu farosatning amaliy tarafini ba'zan alohida nom bilan uddaburonlik yoki tadbirkorlik ham deyishadi. Ustomonlik -shayton vasvasasidir, farosat — Allohning inoyati. Shayton vasvasasi 1—2 marta omad keltirib, insonning ko'zini shira bostiradi, so'ng uni halokatga yetaklaydi. Farosat insonga doimiy obodlik keltiradi.Inson o'z qadrini iqtisodiy maydonda o'lchar ekan, talab va taklif uyg'unligini hisobga olmog'iga to'g'ri keladi. Uning ilmi, malakasi kim uchun va qay darajada zarur - mana shu masala uning iqtisodiy
maydondagi qadrini belgilaydi. Tadbirkoming fawsatiyomg' olamdagi har bir inson, ashyo va mavjudotlar qadrini, jumladan, o'zi va o'zgalar qadrini, amaliy sharoitda, muayyan makon va zamonda aniq o'lchovlarda anglab yeta bilishi, shunga muvofiq tadbidar tizimi ish-lab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishda namoyon bo 'ladi. Shu qo-biliyatni aql va bilim bilanmi, tabiiy salohiyat tufaylimi amalda isbot eta olgan odam haqiqiy tadbirkordir va shu yo'l bilan jamiyatga nafi tekkan odamning noni halol, amali xayrlidir.
39. IJTIMOIY TOIFALAR
O'tmishda:
dehqonlar, ahli hunar (ahli futuwa), tijorat ahli, ahli ilm, beklar va
xonlar, kanizlar va g'ulomlar.
Bugun:
Do'stlaringiz bilan baham: |