O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


Download 1.87 Mb.
bet97/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

43. BILIM TURLARI HAQIDA
Qur'on oyatlari mazmuiiidan kelib chiqadigan bo'lsak, bilim (ya'ni ilm), awalo, 2 turga ajraladi:Ilohiy bilim - faqat Allohga tegishli bo'lgan cheksiz-chegarasiz, azaliy va abadiy bilim bo'lib, insonlarga u vahiy sifatida payg'ambarlar orqali nozil etiladi. Uni inson imon bilan qabul qiladi, rad qilish ham, isbot qilish ham inson qudratida emas. Bu, insonlar o'z tafakkur qudrati bilan bila olmaydigan bihm, mutlaq haqiqatning insonlar tilida iftr dalanishi. Valiiy orqali kelgan ilohiy bilim adashuvlardan xoli mutlaq bilimdir. Ammo ilohiy kitoblar insoniy til bilan bayon qilinganligi sa-babli, insonlar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin. insoniy bilimlar — insonning yer yuzida xalifalik maqomidan kelib chiqqan holda unga yaratilishidan berilgan tafakkur va talilil qobiliyati tufayli hosil qilinadi, nisbiy, ya'ni nomukammal va adashuv­lardan xoli bo'lmagan bilim. Har bir inson alohida olgajida Borliq haqiqatini to'liq qamrab olish qudratiga ega emas. Bu qudrat faqat Allohga xosdir. Inson bilimlarining nisbiyligi, adashuvga moyilligi un-ing aqliga nafs ataluvchi shaytomiing doimo ta'sir qilib turishi bilan ham bog'liq. Demak, faqat har bir shaxs o'zi talilil va tafakkur bilan erishgan bilimlariga ishonib qolmay, o'zgalar bilimini ham e'tiborga olmog'i, o'zi va o'zgalar bilimini xolis qiyoslab, o'z havoyi-nafsidan Haq bilimi, ya'ni haqiqatni ustun qo'ya bilmog'i kerak; bilimning yana bir turi irfoniy bilim bo'lib, unga ham ilohiy ilhom bilan erishiladi. Ammo u boshdan-oyoq ramz va ibratlar orqali beriladi, unda aniq hukmlar ham, aniq xabarlar ham yo'q. Irfoniy bilimlarni haqiqat ekanligini isbot qilish mumkin emas, ammo ularni inobatga olmaslik ham adashuvga olib kelishi mumkin. Insoniy bilimlar bir nechta turga bo'linadi:1. O'zga insonlardan yetib kelgan bilimlar, ya'ni naqliy bilimlar.
Naqliy bilimlar ikki guruhga bo'linadi: a) sizning atrofmgizdagi, siz bilan jonli muloqotga kirishi mumkin bo'lgan insonlar bilimi; b) o'tmish ajdodlar va butun insoniyatdan manbalar orqali yetib kelgan bilim. Keyingisini yana ikki turga boiish mumkin: a) yozma matn holidagi bilimlar, b) turli ashyolarda muhrlangan amaliy bilim natijalari. Bu ikki bilimni anglab yetish yo'llari ham o'ziga xos bo'ladi.2. Inson o'z tafakkuri bilan yetishgan bilimlar, ya'ni aqliy bilimlar.Insonning o'zi mustaqil erishgan bilimlari ham bir nechta turga bo'linadi:
a) hayotni kuzatib va tahlil etib hosil qilingan bilimlar; b) mantiqiy bilim, ya'ni bilgan narsalarini o'zaro fikriy qiyoslash va tahlil qilish orqali hosil qilingan bilimlar; d) amaliy faoliyat jarayonida va-yoki o'rganish bilan hosil qilingan malaka va ko'nikmalar shaklidagi bilim. Ushbu barcha bilim turlarining o'zaro muvozanatda saqlanishi ni-hoyatda muhimdir. Mantiqiy tafakkur natijasida erishilgan nazariy bilim va insonning amaliy faoliyat jarayonida hosil bo'lgan amaliy malaka va ko'nikmalari o'zaro uyg'unlikda olib qaralishi maqsadga muvofiq bo'lsa, ikkinchidan, insonning o'zi erishgan va o'zgalar hosil qilgan bilimlari ham uyg'unlashtirilmog'i zarur.Demak, har bir inson o'zining nazariy va amaliy bilimlarini, o'zi va o'zgalar hosil qilgan bilimlarni, o'tmish ajdodlar va zamondoshlar bilim­larini, ilohiy kitoblarda hidoyat uchun berilgan bilimlar bilan inson tafakkuri hosil qilgan bilimlarni qiyoslab va o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilib borsa, uning adashuv ehtimoli kamayadi va bunda bilim­lar ishonchliroq bo'la boradi.Aqliy bilimlar 2 xil yo'nalishda hosil qilinadi: a) mantiqiy tafakkur orqali, b) modellashtirish orqali. Modellashtirish, o'z navbatida — a) qiyosiy (ya'ni o'xshatish orqali); b) ramziy-majoziy; d) ilmiy-manti-qiy tushunchalarga tayangan holda amalga oshirilishi mumkin. Model-lar ham ikki turga bo'linadi: 1) ramzlarga tayangan model; 2) mavhum atamalarga tayangan model.Badiiy adabiyot asosan ramziy-majoziy modellashtirishga tayanadi. Ilmiy adabiyot uchun ramziy model birinchi bosqich vazifasini o'taydi. Mavhum atamalarga tayangan ikkinchi bosqich ko'proq falsafiy model tizimlarga xosdir. Yana matematik modellar ham uchraydi.Tajribaviy bilimga ham 2 yo'l bilan erishiladi:hayot tajribasi orqali; maxsus tajribalar tufayli. Yana bir bo'linishni eslab o'tish joiz: a) aniq va tabiiy fanlar. Bular insonning moddiy ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan, ularni aniq bilish zarur, taxminiylik bu yerda taxmin darajasida qoladi. Bu bilim bilan na ilohiy, na irfoniy bilimlar­ni hosil qilib bo'lmaydi, moddiy voqelikdan tashqari chiqmoqchi bo'linsa, tajovuz boiadi, adashuvga olib keladi, g'ayri ilmga aylanadi; Ijtimoiy-siyosiy, aniqrog'i insonlararo munosabatlarga oid bilimlar. Bularda bir natijaga erishish uchun ham ilohiy, ham irfoniy, ham aqliy, ham naqliy bilimlarga tayanib ish yuritish kerak bo'ladi. Birorta-si hisobga olinmasa, xatoga yo'l qo'yish ehtimoli ko'payadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling