O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
42. HAQIQAT NIMA?
Haqiqat — cheksiz. Qur'oni karimning "Baqara" surasidagi "Oyat al-kursi" nomi bilan mashhur bo'lgan 255-oyat nihoyatda ef ichida mo'tabar sanaladi. Sababi, unda Alloh haqiqatiga juda ixcham, ammo mukammal ishora mavjuddir. "Alloh — undan o'zga iloh yo'qdir" deb boshlanuvchi ushbu oyatning faqat ikki jumlasini eslaylik: "Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir"..., "Uning kursisi Osmonlar va Yerdan (ham) kenglik qilur", deb o'giradi ularni muhta-ram tarjimon. Milliy ma'naviyatimizda Borliq haqiqati Tavhid e'tiqodida ifodalanadi. Barcha buyuk ajdodlarimiz ana shu ulug' Haqiqatni tushunish uchun intilib yashaganlar va har kim o'z holi darajasida uni tavsif va talqin etishga uringan. Nazarimizda, Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonida ushbu talqin eng mukammal suratda ifo-da etilgan. Biz undan bir rivoyatning nasriy bayonini keltirish bilan cheklanamiz. Shoir "Ma'rifat vodiysi" ta'rifini bergach, uni izohlash uchun Sanoiydan bir rivoyat keltiradi: "Eshit, bunga ushbu mojaro juda munosib misol bo'la oladi. Naql qilishlaricha, bir guruh ko'rlar to'dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib qolishibdi. So'ngra falakning gardishi bilan ular o'z yurtiga qaytib keli-shibdi. Bu yerda ulardan bir kishi : "Filni ko'rdilaringizmi?" - deb so'rabdi. Ular: "Ha", - deb javob beribdilar. "Kb'rgan bo'lsangiz, dalil keltiring", — debdi boyagi kishi. Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmagan edilar. Har biri filning bir a'zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib olgan edi. Shu sababli filning qo'llarini ushlagan kishi fil sutunga o'xshar ekan, desa, qornini pay-paslagan, yo'q, u besutun, dedi. Xartumini ushlagan, fil aj-dahoga o'xshash bir narsa ekan, desa, tishlarini bayon qiluv-chi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug'idan xabar bergan kishi filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo'li bilan filning boshini paypaslagan kishi uni bir cho'qqining tumshug'i deb sharh qildi. Filning qulog'iga qo'l yetkazgan kishi uni qimirlab turgan ikki yelpig'ich ekan, dedi. Warning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi ular aytgan so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning hammasi nuqsonli edi, ularda tartib mavjud emas edi. Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisobiangan yetuk faylasuf, o'zi hind naslidan bo'lgan kishi, ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z aytmadi va shun-day dedi:— Har bir kishi fil haqida o'zi bilganlarini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir-birlariga zid fikr aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki teaming har biri o'z bilganicha so'z aytdi, ammo ulardan hech biri filni ko'rgan emas edi. Lekin ular aytgan bu sifatlarning barchasi bir yerga jam' qilinsa, ulardan fil haqida muayyan tasavvur hosil bo'ladi. Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu juda yaqin bo'lganj uchun u hech ikkilanmasdan ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi"'. Yuqoridagi oyatda yana ishora qilinadi:"(Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istaganicha o'zlashtirurlar". Demak, har bir insonning bilim-lari chegarali. Shu sababli Borliq haqiqatini anglab yetish uchun awa-lo insonlar bir-biriga e'tibor qilishi, bir-birini tushunishga intilishi lo-zim. Tabiatni, undagi har bir zarrani, maysani, tirik jonni tushunishga inlilib yashamoq, doim o'zgani tushunishga intilmoq - ma'naviyat yo 'li shudir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling