O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
2-fasl. Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati
Inson agar Haq yo'lida astoydil urinsa, ko'p ish qo'lidan keladi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, g'aflat, shahvatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qatto-li - xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona emas. Shunga qaramay, dunyoning ko'pgina mamlakatlarida jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson o'z huquqi va mas'uliyati me'yorlarini muayyan oichovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitar tuzum dav-rida ayni shu me'yorlaming asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma'naviy negizlariga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktatu-rasi 70 yil davomida, izchil sur'atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli o'lkaiarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo'ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, ma'naviyatsiz, mustaqil o'y-fikrsiz "kom-munizm quruvchilari" atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukm-dorlik orzusida bo'lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning "parrak" va "vintcha"lariga aylanti-rish niyatida edi. Va darhaqiqat, o'z manfur niyatlarini ancha-mun-cha amalga oshirib ulgurdi. XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllandi. Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig'ilishida Prezident I. Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi; "Bu tuzum o'z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o'z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanarcdi". Ular yo'q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo'ysundirish asosan o'shalarga ishonib topshirilgan edi. Allohga beadad shukrlar bo'lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ush-bu makr domiga to'liq tushib qolmadi. Chunki tuzum olg'a surgan marksistik mafkura bizning necha mingyillik ma'naviy merosimiz, mil-liy an'analarimiz, xalqimiz ruhi uchun mutlaqo begona bo'lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik sharoitida chetdan zo'ravonlik yo'li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan ongimizga singdirishga urinilgan edi. Ammo, taassuf bilan qayd etish lozimki, totalitar tuzumining urinishlari baribir muayyan "natija"larga erishdi. Chingiz og'a Aytma-tov juda yorqin gavdalantirib bergan "manqurtlik kasali" odamlarimiz ongida ancha-muncha tomir otib ulgurdi. 70-yillik istibdod mobayni-da bolshevistik mafkuraning yakka hukmronligi, ayniqsa, 1937-1938-yillar qatag'onlaridan keyingi avlodni o'z milliy qadriyatlaridan, ma'naviy merosidan jiddiy begonalashuviga sabab bo'ldi. Ana shu majburiy yuq-tirilgan illat ba'zi insonlar ruhiyatida hanuz qaramlik asorati sifatida namoyon bo'lmoqda. "O'z istiqlol va taraqqiyot yo'limiz, - deb yozgan edi I. Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo 7 emas, totalitanzm merosidan xalos bo 'lish va poklanish, maf-kuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo'lidir"1. Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik mas'uliyati ayni shu vazifalarni mu-kammal hal etishni taqozo qilib turibdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling