O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Inson hayotida ma'naviyatning o'rni va ahamiyati. Fano
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
1-fasl. Inson hayotida ma'naviyatning o'rni va ahamiyati. Fano
va Baqo Bugungi kunda "ma'naviyat nima?" degan savolga xilma-xil javob-lar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa, 1997-yildan boshlab mamlakatimizda-gi barcha oliy o'quv yurtlarida "Ma'naviyat asoslari" fani o'qitila boshlanganligi munosabati bilan bu mavzuga olimlarimizning e'tibori yanada kuchaydi. Qator risolalar, o'quv qo'llanma va dasturlar chop etildi. Matbuotda kun sayin bu mavzuda katta-kichik maqolalar e'lon etilmoqda. Ushbu kitob va maqolalarda har kim aqli yetganicha ma'naviyat tushunchasiga ta'rif berishga, hech bo'lmaganda, muno-sabat bildirishga urinib kelmoqda. Ba'zan bir kishining o'zi bir maqo-laning ichida turli ta'riflarni keltirgan holatlar ham uchraydi. Ma'naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo'lganligidan bunga hayron bo'lmasa ham bo'ladi. Undan tashqari keltirilgan ta'riflarni barcha-sini dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto'g'ri deb baholash ham insofdan emas, chunki ularning ko'pchiligida masalaning qay-sidir qirrasi o'z aksini topgan bo'lishi mumkin. Ammo, afsuski, yaqin-yaqinlargacha ko'pchilik masalaga jiddiy yondoshishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko'rib chiqilmagan inson va jamiyat hayotidagi muhim yo'nalish, hassos bir sohaga kamoli e'tibor bilan razm solishga muvaffaq bo'lmadi. Ushbu qisqa bayonda ma'naviyat xususida bildirilayotgan barcha fikr-mulohazalarni batafsil tahlil etish imkoni yo'q. Bir jumla bilan ularning ko'pchiligida uchraydigan umumiy kamchilikni ifodalaydigan bo'lsak, uni yangi voqelikka oid tushunchalarni eski andazalar qolipi-da talqin etishga urinish deyish mumkin. Masalan, shunday kitob-lardan birida muallif yozadi: «Ma'naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo'lgan ma'naviy hodisalar yig'indisi sifatida ko'zga tashlanadi»'. Bu qarashning eskichaligi shundaki, muallif «Ma'naviyat moddiy hayotni aks ettiradi» deb, yana moddiyatni bir-lamchi, ma'naviyatni esa passiv (ko'zgu singari), ikkilamchi hodisa sifatida talqin etadi, Shu bilan ma'naviyat hodisasining mustaqil mo-hiyati inkor etilib, u moddiyatga to'liq tobe qilib qo'yiladi. Buning oqibatida ma'naviyatga yaratuvchilik quvvatiga ega bo'lgan alohida kuch deb qarash imkoni kesiladi. Qolaversa, «ma'naviy hodisalar yig'indisi» jumlasi kiritilishi bilan ta'rif bcrilayotgan hodisa umuman yaxlit mohiyat emas, degan haqiqatga xilof xulosaga yo'l ochiladi. Bugun biz insonni birinchi o'ringa qo'yib, uning yaratuvchilik fa-zilati, ijtimoiy faolligi, ma'naviy qudratiga urg'u bermoqdamiz. Chunki O'zbekistonning buyuk kelajagini shakllantiruvchi bosh omillar - shu-lar. Ammo yuqoridagi kabi ta'riflarda inson moddiy borliqning bir unsuri sifatidagina e'tirof etilib, boshqa maxluqotlardan farqli mustaqil mohiyati soyada qolib ketmoqda. Insonning mohiyati aslida mu-rakkab bo'lib, ayni moddiyat va ma'naviyatning tutashuvi bilan izohla-nadi. Ularning qay biri ikkinchisi orqali ta'riflana boshlasa, inson mohiyati haqida biryoqlama tasavvur hosil bo'laveradi. Bu sohada yo'l qo'yilayotgan yana bir kamchilik ma'naviyatni madaniyat, ruhiyat, axloq, tarbiya, did, dunyoqarash kabi muayyan darajada o'zaro aloqador, ammo mohiyatan mustaqil hodisalar bilan qorishtirib tushuntirishga moyillik tarzida namoyon bo'lmoqdaki, bu masalani o'z o'rnida batafsil ko'rib chiqish lozim bo'ladi. Hozircha biz ma'naviyatning inson hayotidagi o'rni masalasiga qaytamiz. Oldingi bobda ta'kidlab o'tganimizdek, siyosat jamiyatda insonlarni uyushtirish, ular hayotini bir muayyan tartibga keltirish vositasidir. Tur-1 E.Yusupov. Inson kamoiotining ma'naviy asoslari. T., «Universitet». 1998. 5-b. li siyosiy uyushmalar, jumladan, davlat ushbu vazifaga mas'ul bo'ladilar. Iqtisod esa insonning moddiy mavjudligini ta'miniash vositasi bo'lib, u ishlab chiqarish, foydali yaratuvchilik mehnatiga aloqador. Ma'naviyat insonning ruhiyati bilan bog'liq. Inson ruhiyati, albat-ta, tashqi ta'sirlar natijasida o'zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvo-li, jamiyatda tutgan o'rni va mavqeyi uning ma'naviyatiga ta'sir qil-may qolmaydi. Ammo, baribir, ma'naviyat o'z mustaqil yo'nalishiga ega. Masalan, inson qanchalik boy, o'ziga to'q bo'lsa, shunchalik uning ma'naviy kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo'ladi, desak, har ikki hukmda ham yanglishib qolamiz. Alisher Navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Maxdumi A'zam, Xoja Sa'd Jo'yboriy kabi allomalar ham ma'naviy barkamol, ham nihoyatda badavlat bo'lishgan. Shu bilan birga, dunyo molidan yuz o'girgan, umrini zohidlikda o'tkazgan bu-yuk allomalarimiz ham kam emas. Aksincha, nihoyatda ziyod mol-davlat sohibi bo'lgan holda ma'naviy kamolotdan uzoq kimsalar yoki na dunyo molini, na ma'naviy kamolotni qo'lga kirita olmagan be-choralar ham hayotda uchrab turishini hamma biladi. Siyosat va iqtisodning manbasi ham, maqsadi ham ushbu foniy dunyodan tashqarida emas. Inson zoti bu sinov dunyosiga kirib kelar ekan, undagi moddiy vujud iqtisodiy ehtiyojni tug'diradi, har bir tirik zot tug'Ugandan keyin kun kechirish tashvishiga tushadi. Siyosat jami-yatga oid tushuncha, insonlar jamiyati shakllangan ekan, unda turli shaxslar, toifalar manfaatlarini qaysidir bir usulda muvofiqlashtirib turish ehtiyoji mavjud. Ushbu ehtiyoj siyosatni paydo qiladi. Ma'naviyat esa o'z manbasiga ko'ra ham, maqsadiga ko'ra ham bu foniy dunyodan tashqariga - baqoga yo'nalgan. Ma'naviyat asli baqo-ning fanoda zuhur etishidir. Ma'naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham, siyosiy zarurat ham emas. Ma'naviyat insonning o'z mohiyati oldidagi mas'ulligidir. Uning mohiyati esa Borliq abadiyat-iga daxldor. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling