O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Ma'naviyatning turli ta'riflari. Ularning bir-biriga mu-
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
2-fasl. Ma'naviyatning turli ta'riflari. Ularning bir-biriga mu-
vofiqligi "Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi", - deb yozgan edi Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridayoq'. Keyinchalik «0'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bu g'oya yanada muayyanlik kasb etib, ma'naviyat «insonni ruhiy poklanish va yuksa-lishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuch» sifatida ta'riflandi1. Xo'sh, bu sehrli qudrat, bu botiniy kuch qanday bunyodga keladi? Ma'naviyat tushunchasining ta'rifi, biz ba'zan osongina hal qilib qo'ya qolmoqchi bo'lganimizdek, oddiy lisoniy juniboq emas, "ma'no", "ma'ni" so'zlarining bugungi biz tushungan mazmuni bi-lan yechilmaydi. Jaloliddin Rumiyning buyuk irfoniy asari behudaga "Masnaviyi ma'naviy" nomi bilan shuhrat taratgan emas. Bu yerdagi "ma'no" tushunchasi oliy bir mazmunni anglatmoqda, ulug' alloma-larimiz uni "Haq asrori"deb ataganlar, zohiriy nazarlar uchun u "g'ayb", agar bugungi ilmiy ifodalarga ko'chirsak, biz zohir ko'zimiz bilan ko'rib turgan cheksiz zamon va makonda cheksiz va hududsiz shakllar majmuyini to'zg'itib yubormay, g'oyat bir murakkab tizimda ushlab turgan ichki uyg'unlik, inson ongi hech qachon to'liq anglab yeta olmaguvchi yaxlit mohiyatdir. Shaxs ma'naviyati ayni shu be-hudud manbadan quwat oladi. Prezidentning ta'riflari shu yaxlit mohiyatga tutash botiniy qudrat-ga aloqadordir, uni boshqa, ikkilamchi hodisalardan, moddiy voqelik unsurlaridan keltirib chiqarishga urinish muammoni teran ilg'amaslikni bildiradi. Bugun mustaqil va farovon O'zbekiston atalmish buyuk vo-qelikni vujudga keltirish uchun har bir insondan, millatning har bir vakilidan alohida ichki quwat, cheksizlikka tutashuvchi botiniy kuch talab etilmoqda. Ana shu kuch har bir inson ruhida yashirin, deydi Prezident. O'zini mustaqil shaxs deb bilgan har bir inson uni o'zi uchun kashf etishi kerak. Buning uchun, avvalo, ruhimizdagi xudbin mayllarni, yolg'on hoyu-havaslami, ro'yolarni yengib o'tib, cheksiz qudrat manbayiga qalbimizni ochishimiz lozim. Ma'naviyat - inson qalbida, ko'ngil ko'zgusida aks etgan Haqiqat nuridir, deyilgan ta'rif birinchi marta ishlatilganda, ba'zi faylasufla-rimiz uni diniy-mistik ta'rif deb baholadilar. Darhaqiqat, bu ta'rif tasavvufiy talqinlarga suyangan so'fiyona, ramziy ta'rifdir. Zotan boshqacha ta'rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo'yishi mumkin. So'fiy ulamolarimiz "Haq asrori" haqida faqat ishora, ramz, timsol bilaso'zlaganlar, chunki Haq ilmi biz uchun "g'ayb ilmi" dir, inson mu-lohazalari esa doimo notugal va noto'kis. Ammo, baribir, inson aqli bir narsalarni aniqroq, muayyanroq bilgisi keladi, u yaxlit yog'duni ham kamalak ranglariga ajratmagunicha ko'ngli joyiga tushmaydi. Alloh inson aqliga shunday betizgin shiddat baxsh etgan ekan, bizda ne ixtiyor. Inson aqli, aniqrog'i, mantiqiy tafakkur, har qanday hayotiy uyg'unlikning ichki tarkibini birma-bir ko'zdan kechirib chiqish, lining qismlarini, bularning bir-biriga nisbatini tahlil va tadqiq etmoq-qa qiziqadi, shuni amalga oshirmasa, ichi yonib, yuragi olovlana bera-di. Ma'naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nur, degan ta'rifda, majoziy shaklda bo'lsa ham, uning manbayi muayyan ma'noda inson jismidan tashqarida ekanligiga ishora bor. Bu bejiz emas. Alloh butun maxluqotlar qatori insonni ham moddiy mavjudot sifatida dunyoga keltirgan. O'tmishda ba'zi faylasuflar shartli ravishda «birinchi turtki» nazariyasi atalmish qarashlarni ham olg'a surgan bo'lib, unga ko'ra, go'yo Alloh olamni bir yo'la yaratgan-u so'ng unga muayyan rivojla-nish qonunlari baxsh etib, o'z holiga qo'yib qo'ygan, boshqa uning ishlariga aralashishni lozim topmagan. Bu nazariya hayot tajribasida o'zini oqlamadi va shu sababli keyinchalik dunyo ilmida rad qilindi. Borliq haqiqati bilan inson orasidagi munosabat aslida bir martalik emas, doimiydir. Alloh «nuri» degan ramz bilan ifodalanuvchi ilohiy fayz ushbu munosabatning namoyon bo'lish shakllaridan biri bo'lib, u faqat insonlarga qaratiladi. U payg'ambarlarga bevosita vahiy tarzi-da, avliyolarga ilohiy jazba shaklida, oddiy insonlarga iste'dod va ilhom ko'rinishida, balki qobiliyat va yaratuvchilik qudrati sifatida yo'naltirilishi mumkin. G'aybni tan olmay, milliardlab insonlar e'tiqodini afyunga teng bilgan marksistlar ilohiy fayzni ham afsona deb talqin etdilar va uning inson hayotida namoyon bo'lish shakllarini turlicha usullar bilan «materialistik» izohlashga urindilar. Bu urinish-lar hech qachon ilmiy dunyoni qoniqtira olgan emas. Ammo ateizm zo'rlik bilan mafkura asosi sifatida joriy etilgan zamonda «suyagi qot-gan» sobiq mafkurachilar hanuz o'sha aldovlar tuzog'idan qutulib ketishi qiyin kechmoqda. Ular inson hayotining mohiyati faqat moddiy borliq bilan chegaralanmasligini tasawurlariga sig'dirishga qiynal-moqdalar. Shaxs ma'naviyati behudud. Chunki u Oliy haqiqat nurining inson qalbida aks etishi bilan bog'liq. Asli ilohiy oyatga tayanuvchi bu majoziy ta'rif milliy ma'naviyatimiz takomil bosqichlari davomida mu-kammal shakllanib, turlicha tarzda qator allomalarimiz merosida ifo-dasini topgan. Majoziylik ilmning boshlanish nuqtasidir. Biz bugungi kun ilmiy ifodalari darajasida turib yuqoridagi ta'rifning falsafiy sharhini topishga ham urinib ko'rishimiz mumkin. Bunda tushunchalarning muqobilini qidirib topish va hodisaning mohiyatini sharhlash yo'lidan borgan ma'qul. Ma'lumki, "inson qalbi" birikmasi odatda "insonning ruhiy dunyosi" ma'nosida ishlatiladi. Oliy haqiqatni esa falsafiy tilda "Borliq haqiqati" deb atasak, o'ng'ayroq jaranglaydi. Endi "nurning ko'zguda aks etishi" nimani anglatishini aniqlasak, kifoya. Buning uchun eng to'g'ri yo'l yana ajdodlarimiz merosiga murojaat etishdir. Masalaga insonning Borliq haqiqatini anglab yetishga bo'lgan urinish-lari jihatidan qaraydigan bo'lsak, bizda buning ham ikki yo'li mash-hur: ularning biri ilm yo'li bo'lsa, ikkinchisi so'fiylar tanlagan irfon yo'li. Ilm yo'li mantiqiy tafakkur, maxsus tajribalar va ularning tahlili shaklida amalga oshiriladi. Irfoniy bilimning manbayi bevosita Haq nurining qalb ko'zgusida aks etishi bilan bog'liq bo'lib, bu hodisani yaqin o'tmishda ateistik «ilm»nigina haqiqiy ilm deb o'rgangan ko'pchilik olimlar «mistika» deb baholab kelishdi. Aslida unday emas. Materialistlar tan oladigan ilm yo'li juz'iy haqiqatlarnigina bila oladi. Irfon yo'li esa bevosita Borliq haqiqatining mohiyatini anglab yetishga qaratilgan bo'lib, bu maqsadga faqat mantiqiy tafakkur va maxsus tajribalar orqali erishib bo'lmaydi. Ma'naviyatning manbayi ilohiy fayz dedik. Shunday ekan, undan bahramand bo'lishning asosiy sharti nima? Bunga ham ajdodlarimiz merosida mukammal javoblar mavjud. Ajdodlarimiz irfoniy majozlar-ga tayanib, inson qalbini ko'zguga, Alloh fayzini nurga qiyos etishlari-dan maqsad nima? Qadimda ko'zgu toblangan po'latdan tayyorlan-gan. Demak, temir ma'dani qazib olinib, uni maxsus ko'ralarda eri-tib, po'lat hosil qilib, uni toblab, so'ngra unga sayqal berilgan. Buyuk tasawuf pirlari shogirdlarining ma'naviy kamolotini ayni shu murakkab jarayonga o'xshatganlar. Ilohiy nur barkamol aks etishi uchun ko'ngil ko'zgusini shunday mashaqqatli riyozat jarayonida poklash, unga to'kis sayqal berish lozim. Chunki yuksak darajada sayqal topmagan po'lat sahnida hech qanday nur aks etmaydi. Ayni shu ko'ngil ko'zgusini sayqallash jarayoni tasavvufda ma'rifat deyilgan. Milliy ma'naviyatimizda bu jarayonning qanday kechishi, ya'ni ma'rifat yo'llari masalasi ham batafsil ishlab chiqilgan. Ular ilm va imon, riyozat va mehr tushunchalari orqali ifodalanuvchi o'zlikni anglash jarayoni bo'lib, shu murakkab, mashaqqatli, ammo hech qanday moddiy dunyo laz-zatlariga tenglashtirib bo'lmaydigan sururli jarayonda inson ruhi Bor-liq haqiqati bilan uyg'unlashib boradi. Demak, bugungi ilmiy tilimiz-da ajdodlarimiz shakllantirgan majoziy ta'rifni sharhlab bcradigan bo'lsak, Ma'na viyat — Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlik deyish mumkin. Inson - foniy vujud, u bu dunyoga bir kun keladi, taqdirida belgi-langan umrini yashab, yana tuproqqa qo'shilib ketadi. Borliq haqiqati esa — boqiy, azaliy va abadiy. Inson ruhi Borliq haqiqati bilan uyg'unlashgan muddatda fanoda baqo zuhur eta boshlaydi, natijada inson ruhida hadsiz-hududsiz qudrat bilan botiniy tutashuv yuz beradi. Bu yerda faqat bir shart bor: xolislik, poklik. Ma'naviyat atalmish botiniy qudrat zarra g'araz, xudbinlik, kibrni ko'tarmaydi: botiniy tutashuv, Borliq haqiqati bilan uyg'unlik yo'qoladi. Alloh taolo o'z kitobida "meni poklab yod eting" deb amr etishining hikmati ham shunda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling