O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Shaxs ma'naviyati va milliy


Download 1.87 Mb.
bet10/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

3-fasl. Shaxs ma'naviyati va milliy ma'naviyat nisbati. Millly
o'zlikni anglash
Ma'naviyatni tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni rivojlantirishga urinishlar o'ta qiyinchilik bilan samara berayot-ganida ham sezilmoqda. Ammo baribir uni «tutib bo'lmaydigan* o'ta mavhum narsa deb qaramaslik kerak. Ahli bashar ma'naviyatsiz bo'lmaydi, chunki aslida inson mohiyati moddiyat va ma'naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlari o'z tabiati bilan yaratilgan. Demak, har birining o'ziga xos ma'naviy olami mavjud. Ushbu ma'naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda o'zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Bularning barchasini alohida olib o'rganish mumkin. Ammo bugun biz uchun eng tnuhimi, tadqiq va tahlil uchun eng qulayi - ikkita: shaxs ma'naviyati va millat ma'naviyati. Chunki, birinchidan, ma'naviyatning asosiy namoyon bo'lishi shaxs ma'naviyati va millat ma'naviyati shaklidadir. Qolaver-sa, ijtimoiy guruh va toifalar millatning uzviy tarkibiga kirgani sabab-li, millat ma'naviyatini yaxshi tasawur qilmay turib, undagi turli toi-falarning alohida ma'naviy qiyofalarini gavdalantirishga urinish ishon-chli xulosalar berishi mushkul. Ma'naviyat - Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlik der
ekanmiz, bu bilan bir narsa aniq bo'ladiki, ushbu hodisaning yuz berish makoni va voqean mavjud bo'ladigan yagona zamini inson ruhiyati ekan. Shu sababli masalaga yuzakiroq qaragan moddiyunchi-lar ba'zan ma'naviyatni ruhiyat bilan adashtiradilar. Buning sababi har ikkisi ham g'ayri moddiy bo'lganligidan hodisani uning sodir bo'lish makoni bilan farq qilmaslikdan kelib chiqadi. Inson ma'naviy kamo-lot imkoniga ega bo'lgan biz bilgan yagona moddiy mavjudot. Shaxs o'zidagi ma'naviy kamolot imkonini yuzaga chiqara boshlagan inson. Demak, Shaxs ma'naviyati ushbu sohani o'rganishda asosiy obyekt ekanligi o'z-o'zidan ravshanlashadi. Shaxs ma'naviyatini o'rganish ikki yo'nalishda bo'lishi mumkin. Birinchisi, muayyan shaxs ma'naviyatini o'rganish, ikkinchisi, ushbu hodisaning umumiy jihatlarini tasnif va tadqiq etish. Imkon nuqtayi nazaridan, birinchi yo'nalishda faqat ayrim hodisalarni, masalan, o'tmish va bugunning umummilliy ahamiyatga ega bo'lgan buyuk shaxs-lari ma'naviy dunyosini o'rganish mumkin bo'lib, mohiyatan bu ish millat ma'naviyatining tarkibiy qismlarini o'rganish demakdir. Chunk! Millat ma'naviyati, torn ma'noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o'tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma'naviyatining majmuyidan iborat.
Har bir shaxs, o'zi buni chuqur idrok qiladimi, yo'qmi — qat'i nazar, biror elat yo millatga mansub bo'lmay iloji yo'q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning g'oyatda hik-matli iborasi bilan aytganda, har bir inson "o'zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o'ylab, mehnat qilib yashagandagina ma'naviyat bilan tutashadi"'. Buning ma'nosi, shaxs ma'naviyati vo-qelikda millat ma'naviyatidan ayri, undan tashqarida bo'lmaydi. Shun-day ekan, mavjud ahvolni to'g'ri idrok etadigan bo'lsak, millat ma'naviyati haqida muayyan tasawurga ega bo'lmay turib, alohida shaxs ma'naviyatini ham o'rganish imkondan tashqari. Bilim — cheksiz. Chunki voqelik - cheksiz. Inson ruhiyati cheksiz jilolarga ega, Borliq haqiqati asli behudud. Demakki, har bir shaxs ma'naviyati ikki karra bepoyon va cheksizdir(agarchi mantiqiy jihat-dan cheksizlikning karrasi bo'lmasa ham). Millat ma'naviyati ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador o'tmishda yashab o'tgan, bugun yashab turgan va kelajakda yashaydigan hududsiz bir miqdordagi shaxslar
ma'naviyatining majmuyi bo'lgani sababidan 3 karra cheksizlik dara-jasidagi hodisa sifatida tasawur etiladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling