O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma'naviy merosiga
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
2-fasl. Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma'naviy merosiga munosafoatning tubdan yangilanishi
Parijda, YUNESKO ijroiya kengashida so'zlagan nutqida Prezi-dent Islom Karimov aytganidek: "vatanimiz asrlar mobaynida jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan bid hisoblangari"i. Ammo yurtimizda 70 yil hukmronlik qilgan sobiq totalitar tuzum makkorlik bilan o'z asoratiga olgan xalqlarning buyuk o'tmishini avlodlar xotirasidan o'chirmay turib manfur maqsadlariga yeta olmasligini yaxshi bilar edi. Shu sababli tinimsiz kurash g'oyasini hayot ma'nosi deb e'lon qilgan "dohiylar"ning sodiq shogird va izdoshlari nafaqat tirik "dushmanlar" bilan kurashdilar, balki millatlarning o'tmish ma'naviy merosi bilan ham tinimsiz "jang" qildilar. "Din — afyun", diniy ilm peshvolari, tasawuf ulamolari "ashaddiy reaksioner", barcha o'tmishdagi hukm-dorlar - qonxo'r, bosqinchi (faqat ayrim rus podshohlari bundan istisno etildi), o'tmish allomalar —' dunyoqarashi cheklangan, shoirlar - maddoh va hokazo da'volar qilindi. Bunday qora tamg'alar qaram-lik asoratiga tushgan barcha xalqlarning boy ma'naviy merosiga bosib chiqildi. Hatto uyidan eski arab yozuvida kitob topilgan odamlar dav-latga qarshi jinoyatda ayblangan davrlar bo'ldi. Bolshevizm mafkura-sining itoatkor quUariga aylantirilgan "sovet intellegensiyasi"ga tirik va o'lik "dohiylar"ni madh etish, "kommunizmning birinchi bosqichi" deb e'lon qilingan bolshevistik diktatura tuzumining jahon tarixidagi barcha makon va zamonlardan "afzalligi"ni har qanday usul bilan isbotlab va dalillab berish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Ushbu vazifadan zarracha chekinish xalqqa va "nurli kelajak"ka xiyonat deb baholanardi. Mustaqillik tufayli bizning ma'naviy qadriyatlarimiz, o'tmish aj-dodlarimiz qoldirgan meros, o'zining butun mukammalligida, qaychi-lanmasdan, "progressiv-reaksion" atalmish zo'raki qoliplarga tiqish-tirilmasdan tiklana boshladi. Qur'oni karim, Hadisi shariflar birinchi marta o'zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Nosiriddin Rabg'uziy, Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxonid-din Marg'inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon va boshqa sovet davrida, hatto, nomlarini eslash man qilingan alloma-[arimizning asarlari birin-ketin nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qo'liga yetib kela boshladi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari — Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqsh-band yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuyg'ularini uyg'otdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Amir Temurning ulug'vor mujassamasi o'rnatilishi o'zbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli iftixor hislaridan o'chmas yog'du paydo qildi. XX asr boshlarida millatni ma'rifat, adolat, hurriyat sari yetaklagan jadid al-Iomalarimiz xalq dilidan yana munosib o'rin ola boshladi. "Bosmachi" deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati ishtirokchilari o'z qadr-lariga loyiq baholandilar. Yaqin o'tmishda, ya'ni qaramlik davrida milliy ma'naviy merosni o'rganishga qanday yondoshildi, degan masalada ba'zan bans tug'ilib qoladi. Ba'zilar shunday fikrlashadi: "Axir o'sha yillar davomida ham o'tmish meros ozmi-ko'p o'rganildi-ku! Forobiy, Beruniy, Abu All ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa qator allomalarning asarlari rus va o'zbek tillarida bosilib chiqdi, tadqiq va targ'ib etildi. Bu ulkan ijodiy mehnat bir necha avlod olimlarining umr mazmunini tashkil etmadi-mi?" Nihoyatda to'g'ri. Ustozlarimiz bu yo'lda chinakam fidoiylik namunalarini ko'rsatishdi. Bugungi milliy ma'naviyatimizni tiklash yo'lidagi urinishlar ko'p jihatdan o'sha zahmatkash ustozlar yaratgan zalvorli poydevorga tayanib turibdi. Ammo ayrim insonlarning millat ma'naviyati yo'lidagi fidoiyligi bilan hukmron tuzum va uning maf-kurasi ko'zlagan asl maqsad, bu sohada yuritgan qat'iy siyosati orasi-da jiddiy farq bor ekanligini ham bugun o'zimizga oydinlashtirib oli-shimiz kerak. Biz o'tmishni yoppa inkor qilish yo'lidan borsak, yana "bolshevikcha" ish tutgan bo'lamiz. Yetmish yil ichida nimalar yutdik va nimalarni yutqizdik — uning sarhisobi alohida. Bu o'rinda yaxshi anglab yetishimiz kerak bo'lgan masala shuki, sobiq hukmron tuzum o'tmish merosni o'rganishda ham o'z siyosati, yetakchi g'oyasi, maf-kurasi ildizlarini mustahkamlashni niyat qildi. O'zbekning asl milliy ma'naviyati, ajdodlarimiz yaratgan boylik bevosita ularni hech qa-chon va mutlaqo qiziqtirgan emas. Bolsheviklar diktaturasi agar olimlarimiz uchun o'tmish ajdodlar merosini o'rganishga zarracha imkon bergan bo'lsa, buning evaziga ular oldiga ulkan shart va talablar ham qo'ygan edilar. Bir so'z bilan "kommunistik partiyaviylik" deb atash mumkin bo'lgan talabning mazmuni shunda ediki, o'tmish merosimizda marksizm g'oyalarini quwatlovchi, bu g'oyalarning keng xalq ommasi ongiga puxta va mustahkam o'rnashuviga xizmat qiluvchi har qanday narsa topilsa, barchasini yaqqol ochib berish, targ'ib qilish, ajdodlarimiz bildirgan fikr va mulohazalarni iloji boricha "marksistik ruhda" talqin qilish, ammo agar nimaiki "proletar diktaturasi" g'oyalariga zid kelish ehti-moli bo'lsa rad etish, inkor qilish, qora yorliqlar yopishtirish, zarur holatlarda esa ko'rib turib ko'rmaslikka solib o'tib ketish lozim edi. Merosni o'rganish ishiga marksizm "falsafa"sini chuqur va jiddiy o'zlashtirgan, totalitar siyosatga sodiqligi tajribada isbot etilgan, mavjud tuzumga chin dildan tarafdor kishilar darg'a qilib belgilanar, ularga har bir soha tadqiqotchilarining "dialektik va tarixiy materializm", "ilmiy kommunizm" prinsiplaridan zarracha o'ng yo so'lga og'ishmay borayotganligini qat'iy nazorat etish va ta'minlash ishonib topshirilgan edi. Qatag'onlar odamlarning yuragini olib qo'ygan, ko'plar hukmron "partiya" nima desa, "ha, shu to'g'ri ekan-da" deb qo'ya qoladigan bo'lib qolishgan edi. Sobiq tuzum davrida ajdodlarimiz merosini o'rganish bo'yicha ba-jarilgan ishlarni baholashda unutmaslik lozimki, buyuk allomalari-mizning qarashlari ularda asli holidek aks etgan emas, balki begona qoliplar, yot andozalarga moslab sun'iy talqin etib kelingan. Buning uchun turli usullardan foydalanilgan. Masalan, ommaviy nashrlarda ularning asarlaridagi "kommunistik partiyaviylik" qolipiga tushmay qolgan joylari (ko'pincha, eng muhim qismlari) qirqib-kesib tashla-nishi shunday "usul"lardan biri edi. Tan olish kerak, sobiq tuzum davrida olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz shaxsan qanchalik pok, samimiy bo'lishmasin, ajdodlar merosiga xolis yondoshuv imkoniga ega bo'lgan emaslar. Ular ba'zan o'zlari to'g'ri deb o'ylagan holda, ba'zan maj-buriyatdan yo'qni bor, borni yo'q qilib ko'rsatganlar, ajdodlarimiz so'zini xolis, mintaqa ma'naviyatining amaliy va nazariy takomili mantiqiga muvofiq tarzda emas, marksistik mafkura talablariga mos yo'nalishda talqin etganlar. Natijada o'tmish merosimiz namunalari bilan asl qo'lvozmalardan, to'Iiq matnlardan emas, ommaviy nashrlar asosida tanish bo'lgan ko'pchilik oliy ma'lumotli mutaxassislar ham yagona hukmron ideologiya ruxsat bergan "haqiqatlar"dan o'zga haqiqatlar mavjud ekahligidan deyarli bexabar tarbiya topganlar. Bugun ziyolilarimizning ko'pchiligi ma'naviy merosni to'g'ri idrok qilishga qiynalayotganliklarining sabablaridan biri ham shunda. Demak, o'tgan 70 yillik davrda ma'naviy merosni o'rganish bo'yicha qilingan ish-larning amaliy tomonlari — nashrlar, ma'lumotlar — bugun uchun xizmat qilishga yaroqli bo'lsa ham, g'oyaviy-nazariy yo'nalishlar, talqin va xulosalar, andaza va tushunchalar — barchasi jiddiy va diqqat bilan qayta ko'rib chiqishni talab qiladi va bu milliy ma'naviyatimiz nazariyasini to'g'ri, asliga muvofiq shakllantirishda o'ta muhim muammolardan biridir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling