O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


l-fasl. Milliy ma'navtyatimizning teran tomirlari


Download 1.87 Mb.
bet16/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

l-fasl. Milliy ma'navtyatimizning teran tomirlari
Ma'naviyatning asl manbayini bildik. Millat ma'naviyati ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma'naviyatining majmuyidan ibo-ratligini ham aniqlashtirib oldik. Ammo bu hammasi nazariy ta'riflar. Amalda milliy ma'naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalar-ga tayanish, uning asoslarini qayerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida awalboshidanoq aniq ko'rsatib berilgan va qayta-qayta ta'kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros - milliy ma'naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun ke-rakli unsur va tarkiblarni yaratib qo'yibdi, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug' an'ana — ulug' bobolari-miz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o'z mu-qaddas mulki deb tan olgan ma'naviy meros sohiblarining yubiley-larini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala — milliy ma'naviyatimiz sarchashma-lariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e'tiborini jalb etish maqsadini ko'zda tutadi. Xalq ma'naviyatini, millat ma'naviyatini sun'iy ravishda, qanday-dir o'ylab topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o'zgartirib ham bo'lmaydi. Chunki ma'naviyat tushun-chasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadi-gan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi qa'ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi. Lslom Karimov xalq ma'naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko'zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990-yili O'zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. Prezident ushbu ma'ruzasida inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, "xazinalarga to'la milliy-tarixiy an'analar bilan, umuminsoniy ma'naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik" yaqin o'tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganligini qayd etib, yan-gicha vazifalarni olg'a surgan edi: "Birinchi navbatda miliiy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligi-ning ildizlariga e'tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida mis-qoilab to'plangan, Tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan. Imonlarga og'ir damda madad bo'lgan. Bizning vazifamiz — shu xazinani ko'z qorachig 'imizdek asrash va yanada boyitish, sa'zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e 'tiqodining erkinligini ta 'imnJashimiz kerak'". 1991-yil "Alisher Navoiy" yili deb e'lon qilindi va o'sha yil to'kin kuzning birinchi oyida o'zbek miliiy ma'naviyatining quyoshiga bag'ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o'tkazish belgilandi. 01-lohning inoyatini qarangki, xuddi ushbu tantanalar boshlanishi oldidan mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritdi va sentabrning birin­chi kuni Mustaqillik bayramiga aylandi. Prezidentimiz "millat bayra-mi" deb atagan Mir Alisher Navoiyning qutlug' to'yi, shunday qilib, "O'zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi", "yurtimiz, elimiz tarixida qutlug' keldi, unutilmas sana bo'lib qoldi"2. Shu o'rinda yana bir masalaga qisqa izoh berib ketish zarurga o'xshaydi. Sobiq totalitar mafkura ta'sirida yaqin-yaqinlargacha biz-dagi ijtimoiy fanlar sohasida adabiyotshunoslikka, filolog olimlarga malum darajada mensimay qarash mavjud edi. Bunga, albatta, yaqin o'tmishdagi adabiyotshunosligimizning qusurlari ham ancha-muncha sabab bo'lganligi sir emas. Chunki marksizm mafkurasi hukmron bo'lgan sovet zamonida adabiyotshunoslarimizning aksariyati miliiy ma'naviyatimizga butkul yot bo'lgan va hatto dunyo sivilizatsiyasi ham mohiyatan inkor etgan «sotsialistik realizm» deb nomJanuvchi soxta «nazariya» domiga tushib, XX asrda yaratilgan barcha adabiy merosni ushbu qolipga moslashtirish yo'lidan bordilar. Bu haqda jild-jild «ilmiy tadqiqotlar» yaratildi, odamlar doktor, professor, hatto akademiklikgacha daraja va unvonlarga sazovor bo'lishdi. Mumtoz adabiyotimiz bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlarda bu illat bevosita va ochiq namoyon bo'lmasa-da, marksistik mafkura ta'siriga berilish bu sohada ham sezilarli edi. Agar xolis yondoshilsa, ilmiy adabiyotlarga nisbatan badiiy adabiyotda Borliq haqiqatini uyg'un his etish tamoyili ustun turadi. Ayniqsa, bu holat Navoiy she'riyati darajasidagi falsafiy teranlikda ham bikr1 bo'lgan badiiyat namunalarida yaqqol o'zini namoyon etishi sir emas. Shu sababli ham Alisher Navoiy badiiy ola-mi miilatimiz ma'naviyati uchun doimo mahak toshi2 vazifasini baja-rib kelgan va kelgusida ham shunday bo'lib qoladi. Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg'izlikda rivojlan-maydi ham. Elat va millatlar doimo o'zaro turlicha munosabatda bo'ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta'sir o'tkazib, o'zlarini ham, o'zgalarni ham ma'naviy boyitib boradilar. Ammo hech qaehon, hech bir xalq o'zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma'naviyati hisobidan o'zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o'zga bir ma'naviy muhitda tarbiya topib, unga to'liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to'lig'icha o'zligidan kechib, o'zga xalq ma'naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo'q bo'ladi, o'z ma'naviy qiyofasini yo'qotgan millat yo'qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma'naviy mustaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma'naviyatning takomili esa o'sha millatga man-sub har bir shaxsning ma'naviy kamoloti bilan bevosita bog'liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling