O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Ijtimoiy fanlar metodologiyasi xususida


Download 1.87 Mb.
bet20/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

1-fasl. Ijtimoiy fanlar metodologiyasi xususida
Inson ilmi hech qachon Borliq haqiqatining oxiriga yeta olmaydi. Shunday ekan, har qanday ilm biror-bir aniq maqsad sari yo'nalmasa, cheksiz-chegarasiz, ibtido-intihosiz bo'lib qolib, biror samaraga mu-yassar bo'lishi qiyin. "Metodologiya" tushunchasi voqelikni ilmiy id-rok etishning ayni shu muayyan maqsadga qaratilgan mantiqiy tizimi-ni anglatadi. Ma'lumki, ajdodlarimiz - buyuk tasawuf pirlari — Haqqa yetishishning irfoniy yo'llarini ishlab chiqqanlar va ularni "tariqat" yoki "suluk" deb ataganlar. "Metod" atamasi ham aslida yunoncha "metodos" so'zidan olingan bo'lib, "yo'l", "haqiqatni anglab yetish yo'li" ma'nolarini ifodalaydi. Arab tilida bu so'zning muqobili "ta-riq" yoki "tariqa" bo'ladi. "Tariqat" atamasining kelib chiqishi shun-dan. Alisher Navoiy XV asrda ayni shu an'anaga tayangan holda adabiyotda "badiiy metod" muammosini hal qilib berdi va "haqiqat ta-riqi", "majoz tariqi" tushunchalarini ilmiy iste'molga kiritdi. Marksizm-leninizmga so'nggi haqiqat deb qaragan paytimizda ijti-moiy fanlar sohasi juda jo'nlashib ketgan edi. Chunki mutlaq haqiqatlar allaqachon aniqlangan, endi nisbiy, ikkinchi darajali masalalarni hal qi-lish qolgandek tasawur hukmron edi. Hozir ham yaqin o'tmishda mark-sistik falsafani yaxshi o'zlashtirib olganlar uchun eski andaza va qolip-lardan kechish qiyin bo'lmoqda. Ammo bugun, ko'zimizni kattaroq ochib qarasak, birgina Yevropa mintaqasida shuncha ko'p bir-biridan keskin farq qiluvchi falsafiy tizimlar yaratilgan ekanki, ularning har birini jiddiy anglab yetish uchun bir insonning umri yo yetadi, yoki yetmaydi. Shun-day sharoitda sobiq sovet davrida kimki marksistik dialektikaning targ'iboti bilan ilmiy darajalarga erishgan bo'lsa, bugun ham kechagi bilimlarini «ilmiy falsafiy ta'limot» sifatida talabalarga taqdim qilishga urinishi, yum-shoq qilib aytganda, insofdan emas, qolaversa, bunday "o'jarlik"ning oqibatini ham o'ylash kerak. Kechagi biz boshdan kechiigan "savdolar"dan bexabar yoshlarimiz bunday mas'uliyatsizligimiz tufayli yana yolg'on "haqiqat"larni chin deb o'zlashtiradimi? Bunday metodologik chalkash-liklar faqat falsafa emas, boshqa qator ijtimoiy fanlarga ham oid bo'lib, 70 yillik marksistik mafkura asorati ularning barchasiga o'z "tamg'a"sini bosib ketganligi biz katta avlodga sir emas. Prezident I. Karimov "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga javob-larida bu haqda shunday deydi: "Ko p asrlik tariximiz shuni ko 'rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma 'rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o 'mi beqi-yos. Bu jamiyatshunoslik bo ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunosUk bo'ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo'ladimi — ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta 'sir kuchiga ega. Lekin bugun o'rta va oliy o'quv dargohlaridagi ta'lim-tarbiya jarayon-larida foydalanilayotgan darsliklar, dastur-qo 'llanmalar, kitoblar qan-day mafkuradan oziqlangan? Ularda eski tuzum davridan qolgan g'oyaviy qarashlardan to'liq voz kechilganiga kim kafolat bera oladi? Bu haqda qayta-qayta gapirishga to'g'rikelmoqda. Afsuski, biz mam-lakatimizda ijtimoiy fanlarning rivoji zamon talablaridan ortda qolayot-ganini tan olishga majburmiz. Bu boradagi xato va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralariniko'rishimiz lozim"'. Ijtimoiy sohada asl haqiqatni anglab yetish tabiiy va aniq(matematik) fanlarga nisbatan bir necha barobar mushkulroqdir. Chunki ijtimoiy sohadagi tushunchalar tarixan shakllanadi. Ularni anglab yetish uchun millat tarixini, uning madaniy merosini chuqur o'rganish kerak. Yev-ropa mamlakatlari boshidan kechirgan davlatchilik tarixini o'rganish asosida Osiyodagi ushbu soha muammolarini anglab yetish mumkin deb o'ylagan odam qattiq yanglishadi. Markschilar butun insoniyat tarixiy takomiliga tatbiq etmoqchi bo'lgan formatsion nazariya ham ayni shu sababdan o'zini oqlamadi. Rossiyadagi krepostnoylik tuzu-mi, O'rta asrlar Yevropasidagi feodalizm tizimi yoki Yunonistondagi quldorlik ayni o'sha o'lka va mintaqalarga xos bo'lgan betakror ijti­moiy hodisalar edi. Ularni Xitoy yoki Hindistondan qidirish hech qachon qoniqarli natija bergan emas. Shunday ekan, bugungi kunda yana muayyan zamon va makonda tug'ilayotgan dolzarb muammolar-ga «jahonshumul» miqyosda javob berishga behuda urinmasdan, ya-qin o'tmishdagi ilm tarixining achchiq saboqlarini biroz inobatga olib reja tuzsak va harakat qilsak, o'zimizni ham, boshqalarni ham chalg'itmay ish tutgan bo'lur edik. Ilm xoh juz'iy masalaga bag'ishlansin, xoh umummetodologik muam-molarni hal qilishga qaratilgan bo'lsin, agar xolis bo'lmasa, ilm bo'lmaydi, real natijaga erishilmaydi. Qanday maqsadni oldiga qo'yganligidan qat'i nazar, xolis izlanishlarga tayanmagan ilm — ilm emas. Shu nuqtayi nazardan, bir achchiq haqiqatni nihoyat tan oli-shimiz kerak: sobiq SSSR sharoitidagi ijtimoiy fanlar sohasida o'tkazilgan «tadqiqotlar»ning aksariyat qismi haqiqiy ilm emas, maf-kurabozlik edi, xolos. Shunday ekan, kechagina o'tmish mafkurasiga sodiq xizmat qilib, turli "ilmiy" daraja va unvonlarga sazovor bo'lganlar, hech bo'lmasa, hali ham adabiyotchi, tarixchi, va h.k. boshqa fanlar namoyandalariga bepisandlik bilan yuqoridan qarashga urinmasalar, dunyo ilmining rivojiga durustroq nazar solib, ajdodlari-miz ma'naviy merosiga jiddiyroq munosabatda bo'lishga harakat qil-salar yomon bo'lmas edi. Ularning ko'pi yaxshigina fikrlash qobiliya-tiga ega odamlar, demak, aniq mavzular ustida binoyidek tadqiqot o'tkazishlari mumkin. Ammo «umummetodologik asosga» o'tganda bir vaqtlar xotiraga joylashtirilgan eski andaza va qoliplar yana o'z ta'sirini ko'rsata boshlashi ishni murakkablashtiradi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling