O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
2-fasl. Bozor va ma'naviyat
Endi bozor va ma'naviyat nisbatining o'zaro bog'liq ikki alohida jihatini ko'rib chiqaylik. Birinchisi - bozor ma'naviyati masalasi. Biz bozor ma'naviyati deganda, birinchi navbatda, insof va diyonatni in-sonlar ko'nglida qayta uyg'otish zaruratini anglaymiz. Insof va diyo-nat, halollik, xaridorga munosabatda samimiylik va hilm (yumshoq muomala, halimlik) xaridor ko'nglini topishga intilish, uning ehtiyoj-larini tushunish — tadbirkor sarmoyasiga Allohning barakatini yog'diruvchi ma'naviy fazilatlardir. Xaridor haqqiga xiyonat, tovlamachi-lik - hech qachon bozorga aralashgan odamga omad keltirgan emas. Buni bizning ajdodlarimiz yaxshi bilganlar. Bugungi jahon bozorining muhim jihati — uning ilmiy asosga qo'yilganligidir. Marketing fani, ya'ni bozorni o'rganish ilmi ilgari asosan savdogar yo kosibning farosatiga bog'liq bo'lgan bo'lsa, bugun jiddiy tadqiqotlar asosiga tayanmoqda. Ilgari bir mintaqani qamragan bo'lsa, bugun jahon miqyosida yaxlit fikrlashni taqozo qilmoqda. Demak, bozor va ma'naviyat turli nuqtalarda tutashuv hosil qilmoqda. Learning biri e'tiqod bo'lsa, ikkinchisi — ilm. Yana biri farosat bo'lsa, boshqasi - insonni tushunish. Bizga marksizm ideologiyasi olabo'ji qilib ko'rsatgan tuzum aslida bozorning axlatxonasi edi. Har sohada ham chiqindilar bo'ladi, shu jumladan, bozorda ham. O'sha barcha ^hiqindini bir joyga uyib tashlasa, iflos va ko'rimsiz bir uyum hosil bo'ladi, ana shuni bizga kapitalizm deb ro'baro' qilib kelishdi. Vaho- lanki, "sotsializm" deb atalgan totalitar tuzumdagi qabohatlardan tashki] topgan butun boshli "arxipelag" lar mavjud bo'lganligi endi ko'pchilikka ma'lum bo'lib qoldi.Dastlabki "kapitalizm"da ba'zilar nochor yashagan bo'lsa, "kom-munizmning birinchi bosqichi"da millionlab begunoh odamlar ochlik-dan qirilib ketdi. Yolg'on g'oyalar uchun uka akani o'ldirgani, bola otasini sotgani alohida masala. Aslini olganda na kapitalizm, na sotsializm insoniyatga baxt keltirmaydi. Asosiy masala inson ma'naviyatida. Chunki ma'naviyat awalo me'yor, u uyg'unlikni ta'minlaydi. Xususiy mulkning yagona hukmronligi ham, uning butkul taqiqlanishi ham me'yorning buzilishiga olib keladi, demak, hayotdagi uyg'unlikni bu-zadi. Bugungi bozor e'tiqod, ilm, riyozat, mehr uyg'unligi tomon ketmoqda. E'tiqod bozorda insof ko'rinishida namoyon bo'ladi. "Te-sha bo'lmagin, arra bo'lgin", — deydi Amir Xusrav. Chunki tesha doim o'zi tomonga chopadi, payraha faqat chopayotgan kishi tarafga to'planadi. Arra ikki tarafga borib keladi, qipiq ham ikki tarafga baro-bar to'kiladi. "Qars ikki qo'ldan chiqadi", - deydi xalqimiz. "Faqat o'zim bo'lay", degan odam uzoqqa bormaydi. "Insof sari baraka" -ma'naviyatini yo'qotmagan millatning bozoridagi bosh qonundir.Bugungi kunda biz ba'zi joylardagi kabi bir qirdan ikkinchi qirga sakrashga urinmay, insof va diyonatni saqlagan holda, qadim milliy an'analarimizning eng ilg'or jihatlariga tayanib, farosatli, insofli, ilmiy asosga qo'yilgan, jahondagi eng ilg'or tamoyillarga muvofiq keluvchi bozor iqtisodi sari intilib borayotirmiz. Albatta, xatolar ham ko'p, ammo beayb parvardigor deydilar, niyat xolis bo'lsa, natija yomon bo'lmas. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling