O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
4-fasl. Tadbirkor ma'naviyati
Har bir insonga rizqni Alloh beradi. Musulmon farzandi komil ishonch bilan buni tasdiqlar ekan, hech qachon bu e'tiqodini faoliyat-sizlikka da'vat ma'nosida talqin etrnaydi, balki «harakatda barakat» deb halol rizq umidida biror-bir foydali mashg'ulotning boshini tutadi. Dehqon yerga ishlov berib, rizq yo'lini ochsa, hunar ahli insonlar koriga yaratuvchi bir buyum yaratadi. Muallim yosh avlodni ilm nuri-dan bahramand etsa, tadqiqotchi o'z kashfiyotlari bilan jamiyat taraq-qiyotiga xiztnat qiladi. San'atkor el diliga huzurbaxsh etib, uni yaxshi-lik sari yo'naltirishga intiladi. Xullas, har toifaning jamiyat rivojiga qo'shadigan o'z hissasi bor, bu uning insonlararo mavqeyini ham belgi-laydi. Biz shu ijtimoiy toifalardan birining faoliyatini ma'naviyat nuqtayi nazaridan kuzatib, uning hayotdagi niavqeyi haqida mulohaza bildirmoqchimiz.Kommunistik g'oyaning eng katta kamehiligi turli ijtimoiy toifalar tabiatidagi o'ziga xosliklarni anglab yetishga hafsala qilmay, murakkab voqelikni faqat mulkehilik va mehnatga munosabat doirasida tor talqin etganligi bo'ldi. Mulkka munosabati qanday - ya'ni xususiy mulki bormi, yo'qmi? Mehnatga munosabati qanday - ya'ni davlatning moddiy boyligini yaratish jarayonida bevosita qatnashadimi, yo'qmi? Kom-munistlar uchun asosiy masala shundan iborat bo'ldi. Xususiy mulk egasi bo'lish - salbiy jihat, moddiy boylik yaratishda bevosita qatna-shish - ijobiy jihat sifatida baholandi. Mutlaqo xususiy mulki bo'lmagan, ammo bevosita jismoniy mehnat qilib, moddiy boylik yaratishda ishti-rok etgan toifa — ishchilar eng ijobiy, eng ilg'or sinf deb; jismoniy mehnatda bevosita ishtirok etmagan, ammo xususiy mulk egasi bo'lgan toifa — burjuaziya — eng salbiy, eng reaksion sinf, "ekspluatator", "kapitalist" deb baholandi. Jamiyatdagi o'zga toifalar ushbu ikki "an-tagonistik", ya'ni umuman bir-biri bilan murosaga kelishi mumkin bo'lmagan zid qutblar orasiga joylashtirildi. "Dohiylar" talqinida, bur-juaziyaning feodalizm tartiblarini yo'q qilishdagi xizmatlari tan olin-gan bo'lsa ham, grajdanlik jamiyatida o'ziga yarasha ijobiy mavqeyi, o'rni mavjudligi haqida chuqur mulohaza yuritilmadi. Xo'sh, sovet ideologiyasida «kapitalist», «ekspluatator», ya'ni ezuv-chi sinf deb qaralgan burjua, yoki bugungi kun atamasidagi tadbirkor kim? Alloh bani basharga "yer yuzida xalifalik" mas'uliyatini yuklar ekan, unga o'z mutlaq sifatlariga muvofiq qator fazilatlar baxshida etgan. Albatta inson foniy, uning qudrati, fazilatlari ham to'kis emas, nokomil va o'tkinchi. Ammo inson fazilatlarida ma'naviyat nuri zohirdir. Bu nur unga boqiy dunyo bilan tutashlik imkonini beradi. Allohning in-songa eng buyuk inoyati ham shunda. Ana shu fazilatlarning eng av-valida insonning yaratuvchiligi turadi. Yaratuvchilik fazilati insonga Alloh nasib etgan rizqini qo'lga kiritishi uchun bir vosita bo'lib xizmat qiladi. Inson o'z aqli, malakasi, mehnati, kasb-kori vositasida rizqini terib yeydi. Ammo vosita insonning o'zidagina emas, undan tashqari-da ham bo'lishi mumkin. Asli insonlar jamoasi ham iqtisodiy ehtiyoj-larini qondirishda, ham ma'naviy kamolotga erishish yo'lida bir-birlari bilan hamkorlik natijasida tashkil topadi. Bugungi rivojlangan bozor iqtisodi tizimiga xos xususiyatlardan biri shuki, unda nafaqat almashuv jarayoni, balki bevosita ishlab chiqarish ham moddiy mahsulot yaratuv-chilar va iste'molchilardan tashqari qator vositachilar toifasi mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Ular moddiy yaratuvchilik va iste'mol jara-yonining tashkiliy takomillashuvi va sifat jihatidan yuksalishida muhim o'rin tutadilar. Almashuvdagi vositachi tadbirkor qadimdan bizda sav-dogar qiyofasida mavjud bo'lsa, ishlab chiqarishni tashkil etuvchi tadbirkor ilgari nisbatan kamroq urf bo'lgan toifa vakilidir. Amir Xusrav o'z vaqtida sultonlar, ya'ni hukmdorlarning qo'l osti-dagilarga nisbatan himmat-saxovatini nazarda tutib, «sening o'z xo-dimlaringga qilayotgan inoyatlaring tarnovdan tushayotgan yomg'ir suvi kabidir», degan edi. Alloh marhamati bilan osmondan obi rahmat yomg'iri yog'adi, u, masalan, tomda to'planib, tarnov orqali yerga shovullab to'kiladi, tarnov ostiga chelak qo'yib, bir zumda kerakli suvni yig'ib olish mumkin, ammo hech kim bu suvni tarnov menga berdi, demaydi, tarnovni bir vosita deb hisoblaydi. Hozirgi zamonda tadbirkor faoliyatini ma'lum ma'noda shunga o'xshatish mumkin. Chunki u ham muayyan korxonani tashkil etib unda turli ixtisosdagi odamlarni yollab ishlatib, ularga maosh berib, tirikchilik o'tkazishiga yordamlashar ekan, Alloh yuborgan rizqni odam-larga yetkazishda bir vosita vazifasini p'taydi. Bugungi kun jamiyatida yuzlab ixtisos egalari borki, ularga kimdir ish joyi tayinlab, o'z malaka va bilimlarini namoyon etishga sharoit yaratmasa, ular na jamiyatga foyda yetkaza oladi, na o'z oilalari ta'minotini eplaydi. Tadbirkor ayni shu muammoni hal qiluvchi insondir. U jamiyat uchun zarur bo'lgan bir buyumni ishlab chiqish yoki bir xizmatni bajarishga qaratilgan muayyan amaliy tizimni vujudga keltirib, uni harakatga soladi. Buning uchun mablag' topadi, bino ajratadi, asbob-uskuna o'rnatadi, xomashyo, zaruriy yordamchi vositalar bilan ta'minlab, tayyor ish o'rinlari hosil qiladi. Natijada ham ehtiyojmandlarning ishi bitadi, ham insonlar turmush kechirish uchun vositaga ega bo'ladilar. Albatta, tadbirkor ham orada behuda ovora bo'lib qola bermaydi, u o'zi tashkil etgan ishning unu-miga qarab, muayyan moddiy manfaatlarni qo'lga kiritadi. Xullas, tadbirkor o'z faoliyati bilan jamiyatga har tomonlama naf yetkazib, uning takomiliga hissa qo'shadi. Agar siyosiy arbob, davlat xizmatchisi jamiyat hayotining siyosiy jihatdan mustahkamlanuvi va rivojiga ulush qo'shsa, tadbirkor jamiyat hayotida iqtisodiy sohaning tashkilotchisidir. U bevosita yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanmasa ham, ana shu yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanuvchilarga sharoit tayyorlab be-radi va ular yaratgan narsalarning o'zaro almashinuvini ta'minlaydi. Ilm va insof, riyozat va farosat bugungi kun tadbirkorlarining asosiy ma'naviy fa/Jlatlari bo'lishi lozim. Tadbirkorning bosh fazilati - farosat. Farosat bo'lmasa tadbirkorlikka urinish behuda ovoragarchilikdir. Farosat nima? Farosat, awalo, o'zingni anglash, o'z holingni to'g'ri idrok etishdir. Ikkinchidan, o'zgani tushunish, o'zgalarning ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to'g'ri tasawur hosil qila bilishdir. Qolaversa, farosat — voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to'g'ri munosabat hosil qila bilmoqlik, nafaqat tushunish, balki voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq eta bilish hamdir. Bu faro-satning amaliy tarafini ba'zan alohida nom bilan uddaburonlik yoki tadbirkorlik ham deyishadi. Bizda "uddaburon" so'zi biroz salbiy mu-nosabatga ishora etadi. Darhaqiqat, ustomonlik va uddaburonlikning yaqinlashib ketgan o'rinlari yo'q emas. Ammo farosat yetishmagan joyda uddaburonlik birovni aldab o'tish yo'lini izlay boshlasa, undan tovlamachilikning hidi kela boshlaydi. Bunday ustomonlik jinoyat sari vetaklovchi tamoyil bo'lib, sarmoyani xatarga qo'yishdan boshqa na-tjja bermaydi. Ustomonlik - shayton vasvasasidir, farosat - Allohning inoyati. Shayton vasvasasi 1-2 marta omad kcltirib, insonning ko'zini shira bostiradi, so'ng uni halokatga yetaklaydi. Farosat insonga doimiy obodlik keltiradi. Tadbirkorning fazilat va qusurlari uning kelib chiqishi bilan bog'liq. Bugungi yuksak rivojlangan bozor iqtisodi tizimi asrlar davomida mu-kammallashib borgan ibtidoiy bozor xo'jaligidan o'sib chiqqanidck, shunga yarasha bugungi tadbirkorning xislatlari ham ibtidoiy tovar ish-lab chiqaruvchining sifatlarini muayyan miqyosda va tadrijiylikda aks ettiradi. Ma'lumki, hunar ahlining ikki qiyofasi bor: biri jamiyat uchun zarur ashyoni yaratishda namoyon bo'lsa, ikkinchisi yasagan buyumini bozorda pullashda ko'rinadi. Agar kosibning yaratuvchiligi faqat mod-diy chtiyojlarni qondirish uchun zaruratan ijro etilsa va u o'z insonlik mohiyatini, binobarin, Haqni anglab yetmagan bo'lsa, uni bozor foy-da izlashga o'rgatadi, olibsotarlikka, o'zgalarning soddaligi va halollig-idan foydalanib, imkon boricha o'z o'chog'iga kul tortishga odatlanti radi. Navoiy haqiqiy savdogarni (tijorat ahli) olibsotarlardan farq qiladi. Savdogar halol rizq topaman deb uzoq, mashaqqatli yo'llarni bosil) o'tadi, ya'ni u inson jamoalariaro iqtisodiy munosabatlarning tashkil otchisidir. Bir yurtdagi ma'lum ashyolarning ortiqcha serobgarchiligi va qadrsiziigi oldini olib, o'zga yurtdagi kamyobgarchilikka barham beradi, iqtisodiy muvozanatni ta'minlaydi. Bu kasbning o'ziga yarasha qiyinchiliklari va zavqlari bor. Ammo tojir boshida "birni yuz qilish savdosi va bo'zni shoyiga aylantirish tamannosi"1 bor. Shahar olibso-tarlarida esa ushbu xirs butkul insof o'rnini egallab olgan. Demak, hunarmand yaratuvchiligini unutsa va savdogar o'z ijtimoiy vazifasini ado qilmasa, har ikkisi ham bozor tovlamachisiga aylanadi. Yangi davrga kelib hunarmand va savdogar yangi jihatlar kasb etdi va sarmoyador bilan ishchiga aylandi. Ishni tashkil etish sarmoya ega-sining vazifasi, tayyor ish qurollarida tayyor xomashyoni qayta ishlash ishchining vazifasi bo'lib qoldi. Albatta, XIX asr Yevropasidagi sobiq savdogar hanuz "birni yuz qilish" kayfiyatini saqlab qolgan va ishchiga oz haq berib, o'zi ko'p foyda olish harakatidan qaytmagan edi. Ammo ishchilar ham bu davrda asta-sekin o'z haqlarini tanib, birlasha boshladilar va sarmoya egasining xudbinligiga qarshi o'z kurash usullarini ishlab chiqdilar.Asli bozor munosabatlari hukmronligi ham insoniyatning kamolot sari intilishida bir bosqich, ya'ni jamiyatni tashkil etishda harbiy va siyosiy zo'rlik ishlatish usulidan iqtisodiy munosabatlar yo'liga o'tish bosqichidir. Bozor har bir insonni hushyorlikka, fursatni behuda o'tkazmaslikka o'rgatadi. Ammo agar jamiyatdagi turli toifalar o'zligini anglab yetmagan bo'lsalar, bozor korchalonlarining tanho hukmronligi insoniyatni razolatdan qutqarmaydi, tabiatni esa halokat sari cltishi mumkin. Buni unutmasligimiz kerak. Shu jihatdan qaraganda, ajdod-larimiz bizga qoldirgan tabarruk meros — futuvva axloqi — yaratuvchi-lik mehnatini ruhiy kamolot bilan uyg'unlashtirib, inson tabiatidagi moddiy va ma'naviy jihatlar mavzunligini ta'minlashga qaratilgani bilan ibratga sazovordir. Manfaatlar to'qnashuvi, raqobat bozor iqtisodi uchun xos narsa. Ammo raqobatni kurashdan farqlash kerak. Agar raqobatni kurash deb tushunib, uni faqat raqibni moliyaviy sindirish yo'llarini izlash sifatida talqin etilsa, tadbirkorlarning raqobati bir-biriga ziyon yetkazish, ishidan ishkal chiqarishga qaratilsa, bunday yondoshuv nizo va buzg'unchilikka, millat va jamiyatning zarariga qarab yuradi. Agar raqobat deganda bir-biridan sifatliroq, xaridorgirroq, o'zgalar molidan arzonroq, inson ehti-yojiga yaroqliroq buyum, mahsulot chiqarish orqali bozorda oldingi o'rinlarni egallashga intilish, buning uchun yangi texnologiyalar, unumli ish usullarini izlash yoiidan borish tushunilsa, ya'ni u ijobiy va ijodiy yo'nalish kasb etsa, jamiyat farovonligi, inson kamolotiga xiz-mat qiladi. Biz musulmon farzandimiz, Allohning adolatiga imonimiz komil. Har kim ekkanini o'radi, birovga qilinadigan yaxshilik ham, yomonlik ham bir kun albatta insonning o'ziga qaytadi, deb ishonamiz. Birov foyda ko'rishi uchun, albatta, ikkinchi odam zarar ko'rishi shart emas. Bizda hozir shunday tadbirkorlar yetishib chiqmoqdalarki, ular aqli, salohiyati, mehnati bilan o'ziga ham, boshqalarga ham manfaat keltirmoqdalar. Tadbirkor ma'naviyati haqida aytilganlarga xulosa qiladigan bo'lsak, ikki ma'naviy tushunchaning yetakchi o'rin tutishi ma'lum bo'ladi. Bularning biri «farosat» bo'lsa, ikkinchisi "qadr".Inson o'z qadrini iqtisodiy maydonda o'lehar ekan, talab va taklif uyg'unligini hisobga olmog'iga to'g'ri keladi. lining ilmi, malakasi kim uchun va qay darajada zarur — mana shu masala uning iqtisodiy maydondagi qadrini belgilaydi. Tadbirkorning farosati yorug' olamda-gi har bir inson, ashyo va mavjudotlar qadrini, jumladan, o'zi va o'zgalar qadrini, amaliy sharoitda, muayyan makon va zamonda aniq o'lchovlarda anglab yeta bilishi, shunga muvofiq tadbirlar tizimi ish-lab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishda namoyon bo'ladi. Shu qo-biliyatni aql va bilim bilanmi, tabiiy salohiyat tufaylimi amalda isbot eta olgan odam haqiqiy tadbirkordir, va shu yo'l bilan jamiyatga nafi tekkan odamning noni halol, amali xayrlidir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling