O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
TAQDIR VA TADBIR.
Milliy ma'naviyatimizda «ahli qabul» va «ahli rad» tushunchalari (Xulosa o'rnida) Qur'oni karimning "Nur" surasi 35-oyatida «Alloh osmonlar va yer-ning «nuri»dir», deb hidoyat etilgan. Kimning dil ko'zgusi ushbu nur ila munawar etilgan bo'lsa, o'sha inson ma'naviyatlidir. Bir sodda moddiyunchi "Ma'naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nurdir" de-gan ta'rifni mahkam ushlab "ma'naviyat — nur" bo'ladigan bo'lsa, "nur" moddiy narsa, demak, ma'naviyat ham moddiy ekan, deb turib olsa nima bo'ladi? Inson tili va tafakkurining ojizligi shunday o'rinlarda bilinadi. Axir, ilohiy kitobning yuqorida keltirilgan jumlalari AUoh ha-qiqatiga ishora, ramz-ku! "Nur" bu o'rinda ilmiy atarna emas, ramziy timsol, Alloh haqiqati behudud, inson ongi va tasavvurlari esa chekli. Shu sababli, Tavhid haqiqatiga faqat ishora qilish mumkin, ta'rif berib bo'lmaydi, Inson ilmi cheklovchi ilmdir. Haq ilmi — chegarasiz. Shunday ekan, biz ojiz bandalar ma'naviyat nazariyasi haqida nima ham deya olardik? Faqat ba'zi nisbatlar, ramz va ishoralar bilan cheklanishga to'g'ri keladi. Ma'no AUohga tegishlidir. Borliqning ma'nosi Alloh haqiqatidan o'zga emasdir. Uni Haq derlar. Ma'naviyat esa inson ko'nglida Haq nurining aks etishidir. Shu sababli ma'naviyat Borliq yanglig' bepoyon. Inson aqli bu bepovonlikni qamrab ola biladimi? Dahriyona tafakkurning eng ojiz tomoni shuki, inson aqlining noqisligi aniq-ravshan bo'la turib, takabburlikka beriladi, "dunyoga yolg'iz o'zim xo'jayinman" demoqchi bo'ladi. Biz insonlarning dahriyligimiz ham, butparastligimiz ham aqli-mizning noqisligi, taxayyulimizning ojizligidandir. Yuqorida boshlanishi esga olingan oyat xulosasida "Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur" deb inoyat etilgan. Demak, ixtiyor O'zida, bizda emas. Buni taqdir deydilar. Inson zoti-ning barcha xatti-harakati esa tadbir xolos. Tadbir amalga oshiriladi, ammo maqsad qo'lga kiradimi, yo'qmi, inson oldindan bashorat eta olmaydi. Nima qilish kerak? Najot qayerda? Alisher Navpiyning buyuk "Xamsa"si ibrat va ishoratlar qomusidir. lining birinchi dostoni "Hayrat ul-abror" ning birinchi bobi (sovet davrida bu bob ko'pchilik nashrlarda tushirib qoldirilgan) "Bismillohir rahmonir rahim" ilohiy kalimasining majoziy sharhiga bag'ishlangan. Unda bu tabarruk kalimaning har bir harfiga ikki karra badiiy sharh berilgan. Nega ikki karra? Chunki birinchi sharh - "ahli qabul" uchun, ikkinchisi "ahli rad" uchun. "Qilguvchi bu bodiya qat'ig'a mayl, Ahli qabul-u rad erur ikki xayl"'. Inson uchun imtihon maydoni bo'lmish bu dunyo hayotiga qadam qo'ygan har bir shaxs o'ziga ikki yo'ldan birini tanlaydi - insof va diyonat, sabr va rizolik, halollik va mehr yo'lini yoki norizolik va bad-binlik, xiyonat va xudbinlik, xarom va qahr yo'lini. Biri — adolat va nurga, ikkinchisi — zalolat va zulmatga boshlaydi. Har birimizning Allohdan tilagimiz saodatmand taqdir erur. Ammo zulmat sari qadam bosib, kelajakdan yana nur-u yog'du umid etsak, o'zimiz hayotda xiyonat va kazzoblikni shior qilib, Allohdan rahmat-u shafoat kutsak, Yarat-ganning adolatiga shak keltirgan, hatto tuhmat etgan bo'lmaymizmi? Inson o'z taqdirini oldindan bilmaydi. Shunday. ekan, kim "ahli qabul" bo'lsa, o'zgalarga mehr-u savobni ravo ko'rsa, hayotga yaxshilik urnidi bilan qarasa, el-yurt, Haq oldida o'zini mas'ul bilib, shunga muvofiq faoliyat ko'rsatsa, uning taqdiri ham xayrli tadbiriga muvofiq boiib chiqsa, ne ajab. Agar kim hayotdan, o'zgalardan doim norizo bo'lsa, dilini xudbinlik chirki qoplab, birovga yaxshilik ravo ko'rishga og'rinib tursa, o'zbekning achchiq mataliga binoan "keltir menga, yo'qdir senga" shiorini bayroq qilib, faqat o'z nafsini ko'zlasa, insof va diyonatni yolg'on va xiyonatga tamom almashtirib olgan bo'lsa, uning barcha tadbirlari oxiri borib puch bo'lib chiqsa, ishonganlari sarobga aylansa, ushbu taqdiri niyatiga, tadbiriga yarasha boimaydimi? Yana bir mulohaza: Agar bu dunyoda qilgan gunohlaringiz, yo'l qo'ygan xatolaringiz uchun shu dunyoda jazo olsangiz, ajrini tortsangiz, Allohga ming shukr etingki, o'zi sizga inoyat etibdi, sizdan rahmatini darig' tutmabdi. Ammo gunoh ustiga gunoh, xiyonat ustiga xiyonat, yovuzlik ustiga yovuzlikni kimki qalashtirib tashlayotgan bo'lsa-yu, ishlari kundan kunga rivoj olib, omadi "olg'a bosib" ketayotgandek ko'rinsa, unday zulmat bandasi Allohdan qo'rqsin, taqdiri oldida titroqqa tushsinki, Haq un-dan tamom yuz o'girgan, oxirati butkul kuyib ketmaganmikan? Inson umid bilan yashaydi. Ammo o'z umidiga muvofiq yashasa, ezgulik sari yo'nalgan tadbirni niyat qilsa va shu yo'lda sobitqadam bo'lsa, in-shoolloh, zarar ko'rmagay. Yana Alloh bilguvchiroqdir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling