O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Haqiqat nima? Turli millatlar ma'naviyati yagona Borliq haqiqatining jilolari sifatida
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
1-fasl. Haqiqat nima? Turli millatlar ma'naviyati yagona Borliq haqiqatining jilolari sifatida
Eng mas'uhyatli mavzuga yetib keldik. Oldingi boblarda ma'naviyatga turli ta'riilar berildi. Awalo, ma'naviyat insonni jarniki boshqa mavju-dotlardan ajratib turuvchi mohiyat bo'lib, inson — tabiatning, barcha tirik mavjudotning gultoji, deyilganda uning ushbu xislati, ya'ni, yuk-sak ma'naviyat egasi bo'la olish imkoni nazarda tutilgandir. Bu imkon-ni boshqa jonzotlarda ko'rmaymiz. Agar hayvonot dunyosini faqat moddiy hayotga tegishli, farishtalar esa sof ma'naviy xilqatlar deb tasavvur qilinsa, odam bolasida moddiyat ham, ma'naviyat ham mavjud-dir. Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy nur, Oliy haqiqat nuri bo'lib, shu sababdan buyuk bobokalonlarimiz inson qalbini "Haqiqat asrori-ning ganjinasi" deb ataganlar. Haq asrori esa shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga ahli bashar qudrati yetmaydi. Zotan, hech bir odam bolasi "uni inson darajasiga ko 'taradigan asoslarning asosini o 'z aqli bilan torn ma'noda qamray oJmaydi"1.Ma'naviyat o'zlikni anglashdir, deb ham ko'rdik. Inson nafaqat o'zgani, balki o'z mohiyatini ham hech qachon oxirigacha anglab yeta olmaydi. Ammo o'zlikni anglashga intilmagan inson ham hech qachon haqiqiy Shaxs bo'lib yetishmaydi. Inson ma'naviyati tufayli g'aybga tutashdir. U Haqdan ibtido olgan va intihoda ham Haqqa borib tu-tashadi. Insonlar aqli ham, ruhiyati ham turli qusurlardan, adashuv-lardan, ba'zan hatto shaytoniy vasvasalardan xoli emas. Inson, baribir, moddiy. Uning moddiy mohiyati ziddiyatlardan xoli emas. Unda nafs bor, g'aflat va shahvat, kibr va hasad bor. Ma'naviyatni shularga aralashtirib yuborsak, o'zimizni ham, o'zgalarni ham chalg'itib qo'yamiz. Ma'naviyat inson ruhida Oliy haqiqat bilan uyg'unlikni ta'minlab turuvchi ilohiy fayzdir. U har kimga bir xil darajada nasib eta bermaydi. Nopoklik, g'araz insondan ilohiy fayzni qochiradi. Bun-day inson qalbini awal g'ubor, bora-bora zulmat qoplab boradi. Nopoklik va g'araz yo'lining nihoyasi ayanchlidir. Haqiqat — cheksiz. Qur'oni karimning "Baqara" surasidagi "Oyatal kursi" nomi bilan mashhur bo'lgan 255-oyat nihoyatda el ichida mo'tabar tutiladi. Sababi, unda Alloh haqiqatiga juda ixcham, ammo mukam-mal ishora mavjuddir. "Alloh — undan o'zga iloh yo'qdir" deb bosh-lanuvchi ushbu oyatning faqat ikki jumlasini eslaylik: "Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir"..., "Uning kursisi Osmonlar va Yerdan (ham) kenglik qilur", deb o'giradi ularni muhtaram tarjimon. Milliy ma'naviyatimizda Borliq haqiqati Tavhid e'tiqodida ifodala nadi. Barcha buyuk ajdodlarimiz ana shu ulug' Haqiqatni tushunish uchun intilib yashaganlar va har kim o'z holi darajasida uni tavsif va talqin etishga uringan. Nazarimizda, Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonida ushbu talqin eng mukammal suratda ifoda etilgan. Biz undan bir rivoyatning nasriy bayonini keltirish bilan cheklanamiz. Shoir "Ma'rifat vodiysi" ta'rifini bergach, uni izohlash uchun Sanoiydan bir rivoyat keltiradi: "Eshit, bunga ushbu mojaro juda munosib misol boia oladi. Naql qilishlaricha, bir guruh ko'rlar to'dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib qolishibdi. So'ngra falakning gardishi bilan ular o'z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu yerda ulardan bir kishi : "Filni ko'rdilaringizmi?" — deb so'rabdi. Ular: "Ha", — deb javob beribdilar. "Ko'rgan bo'lsangiz, dalil keltiring", — debdi boyagi kishi. Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olma-gan edilar. Har biri filning bir a'zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib olgan edi. Shu sababli filning qoilarini ushlagan kishi fil sutunga.o'xshar ekan, desa, qornini paypaslagan, yo'q, u besutun, dedi. Xartumini ushlagan fil ajdahoga o'xshash bir narsa ekan, desa, tishlarini bayon qiluv-chi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug'idan xabar bergan kishi filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo'li bilan filning boshini paypaslagan kishi uni bir cho'qqining tumshug'i deb sharh qildi. Filning qulog'iga qo'l yetkazgan kishi uni qimirlab turgan ikki yelpig'ich ekan, dedi. Ularning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi ular aytgan so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning ham-masi nuqsonli edi, ularda tartib mavjud emas edi. Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk fay-lasuf, o'zi hind naslidan bo'lgan kishi, ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z aytmadi va shunday dedi: - Har bir kishi fil haqida o'zi bilganlarini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir-birlariga zid fikr aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ularning har biri o'z bilganicha so'z aytdi, ammo ulardan hech biri filni ko'rgan emas edi. Lekin ular aytgan bu sifatlaming barchasi bir yerga jam' qilinsa, ulardan fil haqida muayyan tasawur hosil bo'ladi. Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu juda yaqin bo'lgani uchun u hech ikkilanmasdan ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi"'.Yuqoridagi oyatda yana ishora qilinadi:"(Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istaganicha o'zlashtirurlar". Demak, har bir insonning bilim-lari chegarali. Shu sababli Borliq haqiqatini anglab yetish uchun awa-lo insonlar bir-biriga e'tibor qilishi, bir-birini tushunishga intilishi lo-zim. Tabiatni, undagi har bir zarrani, maysani, tirik jonni tushunishga intilib yashamoq, doim o'zgani tushunishga intilmoq — ma'naviyat yo'li shudir.So'fiylar aytadiki, Haqqa yetishish uchun o'zligingni anglab yetmog'ing lozim. "Majoz tariqi" namoyandalari qo'shimcha qiladi-lar: "To'g'ri. Ammo inson o'zligini anglab yetishi uchun ham, awalo, o'zgalarni tushunishga intilmog'i kerak bo'ladi". Har bir odam bolasi-ning Haqqa nisbati uning o'zgalarga nisbati bilan belgilanadi, shuning uchun ham har bir shaxs ma'naviyati betakror va o'ziga xosdir. Demak, ushbu shaxslar ma'naviyati rnajmuyidan iborat bo'lgan millat ma'naviyati ham betakror va yaxlit hodisadir.Turli millatlar ma'naviyatining o'zaro nisbati ham turli shaxslar nisbati kabidir, deyish mumkin. Chunki turli millatlar turlicha sharoit-da istiqomat qiladilar, o'ziga xos tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tganlar. Shu sababli yagona haqiqatni idrok etishda bir-birlaridan farq qiladilar. Shunday ekan, bir millat vakili awalo o'z milliy ma'naviyatini anglab yetishga harakat qilishdan boshlagani aqlga muvofiqdir. Zero, o'zining kimligini tushunib yetmagan millat o'zgani tushunishi ehti-moldan uzoq. Faqat turli xalq vakillari o'z milliy ma'naviyatlari xusu-sida bir xulosaga kelgach, ularni o'zaro qiyoslash imkoni paydo bo'ladi. Insonning dunyoni, haqiqatni anglab yetish jarayoniga xos bo'lgan tarixiy takomil jarayoni turli miqyosda: 1) umuminsoniyat rivojida,2) insonlar jamoasining turli zamoniy va makoniy birlashmalari doiras-ida, 3) har fard inson umri davomida ro'y beradi. Bularning har biri o'z navbatida boshqasi bilan murakkab bog'lanish, tutashuv hosil qil-masdan iloji yo'q. Demakki, agar biror hodisa haqida mulohaza yurit-ishga, uning mohiyatini jiddiy anglab yetishga qasd qilinsa, uni atrof-voqelik, o'zi mansub bo'lgan umumiy va xususiy hodisalar silsilasida olib qaralmog'i, makon va zamonidan uzib olmay idrok ctilmog'i asli haqiqatni, ya'ni o'sha hodisa mohiyatini to'g'ri yoritishga yordam be-rishi mumkin. Ma'naviyat ilmdan ham, mantiqiy tafakkurdan ham qamrovi keng-roqdir. Bilimni inson ham hayotdan, ham kitoblardan o'rganadi. Ammo hayotni, insonni, ilmni anglab yetish uchun, awalo, unga mehr bilan, beg'araz, "xolisanlilloh" yondoshmoq zarur. Oldingi boblarimizda Vatan va tabiat, shaxs va millat, din va madaniyat, siyosat va iqtisod, qonun va adolat xususida, ularning ma'naviyatga nisbati haqida rnulohazalar yuritdik. Bular barchasi yagona Haqiqatning turli qirralaridir. Yagona mintaqa madaniyati uning tarkibiga kirgan har bir xalqning o'z ma'naviy qiyofasini yo'qotishiga olib kelgani yo'q, balki uni o'zaro boyitdi va mukammallashtirdi. Bu yagona mintaqa madaniyatini birlashtirib tur-gan ichki bosh ma'naviy omil tavhid e'tiqodini borgan sari teranroq va mukammalroq tushunishga intilish edi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling