O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
4-fasl. Rahbar ma'naviyati
Insoniyat suloialararo taxt talashuvlar, diniy nifoqlar, mafkuraviy janjallar, ijtimoiy inqiloblardan charchadi, to'ydi. Kurrayi zamin dah-shatli yalpi qirg'in qurollariga to'lib ketdi. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, jahon hamjamiyati o'zaro dushmanlik yo'lidan murosa va harnkorlik yo'liga o'ta boshladi. Birlashgan millatlar tashkilotining xalqaro nufuzi o'sib bormoqda. Kommunistlar yaqin o'tmishda bu tashkilot a'zolarini ham ikki qutbga bo'lib tashlashga urindilar, ammo natija ular kutgandek bo'lmadi. Rivojlangan mamlakatlarda asta-sekin oliy rahbarlik lavozimlari harbiylar qo'lidan intelligensiya toifasi vakil-lariga o'tib bordi. Dunyodagi qator ilg'or mamlakatlarda (jumladan, O'zbekistonda ham) mudofaa vaziri kasbi harbiy bo'lmagan kishilardan tayinlanmoqda. Bu juda ijobiy tamoyil sifatida baholanmog'i kerak. XXI asr jamiyati, inshoolloh, insonni tushunish, murosa, ahillik va hamjihatlikka tayangan jamiyat bo'lsa, insonlar, ijtimoiy toifalararo muomalada qahr emas, mehr yo'nalishi ustunlik qilsa. Bashariyat hayotida ilm va ijodning mavqeyi oshib borgan sari, ziyoli toifasining saflari kundan-kun kengaygani sayin, ijtimoiy hayot-da ham kuch o'rnini aql, zug'um o'rnini farosat egallab boraveradi. Siyosat maydonida avtoritar va totalitar tuzumlar kasodga uchrab, qonun ustuvorligi, xalq hokimiyati va fuqarolar jamiyati qudrat kasb etib borar ekan, xalq yo'lboshchilariga, rahbar xodimlarga bo'lgan talablar ham o'zgarib boraveradi. Milliy ma'naviyatimizning qadim udumiga ko'ra rahbarning, yurt boshqaruvchining eng asosiy fazilati - adolat sanalgan. Bugun ham shunday. Ammo bugungi davrimizda adolat tushunchasi ilgarigi tasav-vurlardan ancha farq qiladi. Bugun voqean adolatli bo'lish uchun bir guruh insonlar jamoasini boshqarib borishni zimmasiga olgan odam-dan ko'p narsa talab etiladi. Yaqin o'tmishda, xalqimiz o'zining necha mingyillik milliy ma'naviy merosidan begonalashtirilib, g'ayriinsoniy darajada aqidaparastlik ja-holatiga botgan yot mafkuraga zug'um bilan qui qildirilgan davrda, ziyoli va rahbar xodimdan ilm, iqtidor, tashabbuskorlik va ma'naviy kamolot emas, yuqoridan tushirilgan har qanday ko'rsatmani so'zsiz bajarish, xalqni qullik itoatida tutish talab etilardi. Nazariy bilimlar dahriyona aqidabozlik va turli ijtimoiy toifalarni bir-biriga qarshi qo'yishdan nari o'tmasdi. Buning natijasida xalq yo'lboshchilari, tashab-buskor rahbarlar o'rnini o'zligini mutlaqo tanimaydigan, milliy g'ururni xiyonat deb tushunadigan, o'z tilini, xalq dilidagi yuksak e'tiqodni mensimaydigan manqurt toifa egallagan, hassos lavozimlarga asosan shunday shaxslar tayinlanib kelgan edi. Xalqni siyosiy va iqtisodiy qa-ramlikda saqlab turish uchun, ma'naviyatini butkul yo'qotish uchun o'sha davr hukmdorlariga shunday toifa xizmatchilar kerak edi. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda vaziyat tamomila o'zgardi. Mustaqil O'zbekiston Prezidenti olib borayotgan siyosat, ayniqsa uning xalq ma'naviyatini yuksaltirish yo'lidagi alohida xizmatlari kito-bning birinchi qismida ancha batafsil bayon etildi. Rahbarlik mas'uliyati haqida ham gapirib o'tildi. Ammo yurtni boshqarish, xalq osoyishtaligi, turmush farovonligini ta'minlash uchun faqat oliy rahbariyatning sa'y-harakatlari kamlik qiladi. Prezidentning qator nutqlarida, ayniqsa, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ochilishida so'zlagan ma'ruzalarida o'rta darajali rahbar xodimlarga bo'lgan ehtiyoj, fidoyi va tajribali tashkilotchilarning kamli-gi, eski tuzum yetishtirgan kadrlarning aksariyati bugungi kun uchun yaroqsizhgi ta'kid etilib, mustaqil yurtni turli darajada va yo'nalishlarda boshqarib bora olish uchun birinchi navbatda nimalar talab etilishi batafsil bayon etilgan. Biz bu yerda ularni takrorlab o'tirmaymiz. Bugungi hassos sharoitda yurt mustaqilligini mustahkamlash, islo-hotlarni hayotga samarali joriy etish, buyuk kelajakni yaqinlashtirish uchun bel bog'lab ishga kirishgan rahbar xodimlar ma'naviyati qanday bo'lishi kerakligi haqida, albatta, maxsus tadqiqotlar o'tkaziladi. Hozircha esa biz asosiy maqsaddan chalg'imaslik uchun bir-ikki yengil chizgilar bilan kifoyalanamiz. Jamiyatdagi o'zga toifalarga nisbatan ziyolining yuki og'ir. Ammo 4 ta odamga rahbarlik mas'uliyatini zimmasiga olgan kishiga yanada og'irroqdir. Ziyoli olim bo'lsa, masalan, hayotni ilmiy asosda tadqiq etadi,*shu asosda tavsiyalar beradi. Shoir yoki adib bo'lsa, voqelikning muayyan qirralarini badiiy timsollarda aks ettirib, ibrat yo'li bilan odam-larga ijobiy ta'sir etishga urinadi. Muallim saboq beradi. Ammo rahbar qo'l ostidagilar taqdiri uchun mas'uldir, ularni muayyan yo'ldan yetak-lab, muayyan amaliy natijalarga erishtirishni zimmasiga olgan. Agar yo'l to'g'ri tanlanib, natija rejaga muvofiq chiqsa — barcha jamoaning yutug'i, ammo shunday bo'lmasa-chi? Insonlar umri, ularning aqliy va jismoniy quvvati, ular erishishi kerak bo'lgan natijaga ko'z tikib kut-ganlar umidi, qancha oila, o'g'il-qiz, ota-onalar orzu-armoni qarshist-da qanday javob berish mumkin, qanday bosh ko'tarib yurish mum-kin? Rahbarlik — og'ir savdo, mushkul yumush. Bugun bevosita davlat rahbari, yurtboshimiz xaiq ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga, ma'naviy merosimiz va milliy qadriyatla-rimizni butun ko'lami va viqori bilan tiklashga muntazam jon kuydirib kelmoqda. Bu haqda qator farmonlar sodir etilib, maxsus tuzilmalar tashkil etilmoqda, ko'plab mablag' ajratilmoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy ma'naviyatni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. Bunday sharoitda rahbar ma'naviyati ham ustuvor ma'no kasb etadi. Chunki ma'naviyat - rahbarning jamiyat, xalq va millat oldidagi ichki qoim mas'uliyatini ta'minlovchi eng bosh omil, tayanch nuqtadir. Ma'naviy ogoh va barkamol bo'lmagan insondan Vatani va xalqiga xolis bir yaxshilik umid qilish qiyin. Ma'naviyat — o'zlikni anglashdir. Rahbarlik mas'uliyatini to'laqonli his qilish va bu zalvorli yukni yelkaga olishga ma'nan tayyor boiish uchun ko'p jihatdan barkamol inson bo'lish taqozo etiladi. Buning uchun nafaqat malaka va iqtidor, nafaqat har tomonlama chuqur iqti-sodiy, huquqiy, siyosiy bilimlar, balki birinchi navbatda yuksak ma'naviy kamolot va ogohlik talab etiladi. Ma'naviy ogohlik esa o'zlikni anglash, o'zini va o'zgani tushunish, Borliq Haqiqatini anglab yetib, o'z ruhi-yatini Borliqning ulug' Haqiqati bilan uyg'unlashtira olishni taqozo etadi. Ushbu kitobning asosiy maqsadi ham imkon darajasida shu yo'lda intilganlarga ko'mak yetkazishdir. Albatta, har bir insonning ma'naviy kamoloti, avvalo, Alloh barakati va, qolaversa, o'z ichki intilishi, qalb riyozati bilan amalga oshadi. 7-BOB. HAQIQAT VA BASHARIYAT Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling