O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


Download 1.87 Mb.
bet77/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

Ilovalar
JADVALLAR VA XULOSALAR
1. MA'NAVIYATSIZ KELAJAK YO'Q
(O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning ma'naviyat masa-lalariga alohida e'tibori va buning sabablari)

  1. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur'atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Natijada XX asrning 70-yillariga kelib «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda «manqurtlar saltanati» shakllandi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig'ilishida Prezi-dent I. Karimov bu haqda shunday fikr bildirgan edi: "Bu tuzum o'z xalqining tarixini, uning ruhi va uri'-odatlarini, o'z avlod ajdodini bil-maydigan manqurtlarga tayanar edi". Darhaqiqat, o'sha davrda xalq ongiga "markscha-lenincha" totalitar mafkurani singdirish, uning bar-cha faoliyatini markaz izmiga so'zsiz bo'ysundirish ishonib topshirilgan aksariyat rahbarlar va ijtimoiy fan vakillari ayni shunday manqurtlarga tamomila aylanib bo'lgan edi.

Insonlar ongining eski aqkMar asoratidan pokianishi oson savdo etnas. Ayniqsa, yurtning yetakchilari bo'lishi lozim bo'lgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan ko'nikmalarni yengib o'tish mashaqqati har qadam-da sezilib qolyapti. Insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan arnalga oshmoqda. Tafakkurimiz, qarashla-rimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, ongimizning sirtqi qat-lamlarida qolib ketmoqda, ba'zan yangi qadriyatlarni ham eski o'lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Saba-bi insonlar ongida tub o'zgarishlar yuz bermas ekan, O'zbekistonning buyuk kelajagini qurish orzusi shirin xayolligicha qola beradi."O'z istiqiol va taraqqiyot yo'limiz, — deb yozgan edi I. Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, — bu gul bilan qoplangan yo'lemas, totalitarizmmerosidanxalosbo'lish vapoklanish, mafkuraviy-lik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo'lidir'^.3. Mustaqillik ma'naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas'uliyat tuyg'usidir. Ushbu tuyg'u, afsuski, ko'pchiligimizda yetish-maydi. Bu masalada mustaqillikning dastlabki qadamlaridan barchaga namuna bo'lib kelayotgan shaxs O'zbekistonning birinchi Prezidenti I. Karimov bo'lib, bu lavozimga ilk saylangan kunlaridan beri xalq ma'naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e'tibor qaratib kelmoqda. Prezidentning 1992-yilda e'lon qilingan "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo 'li" risolasi alohida bobi "Mustaqii O 'zbckistonni rivoj-■ lantirishning ma 'naviy-axloqiy negiztari" deb nomlandi, unda ilk bor xalq ma'naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.1995-yil fevral oyida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining birinchi yig'ilishida Prezident [. Karimov "O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolin ing asosiy tamoyil-lari" mavzusida katta ma'ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda miliatning ma'naviy takornili yo'nalishida ham yangicha yondashuvlar, dolzarb muammo-larning puxta o'ylangan yechimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi, Ma'ruzaning "Yuksak ma'naviyat — kelajakpoydevori"2 deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to'rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo'nalishlarni ham batafsil tahlil etib berdi. "Endigi asosiy vazifa, - deb fikrini davom etdi yurtboshimiz, — kishilarimizning mustaqii likrlashga o'rganishi, o'ziga ishonchiningorta borishidir"3. Buning uchun har birimiz "bosib o 'tgan yo 'limizni tanqidiy baholab ", "buyuk madaniyatimiz tomirla-riga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o'tmishimizdagi boy an'analarniyangijamiyat qurilishiga tatbiq etmog'imiz kerak 1994-yilda I. Karimovning "Istiqlol va ma'naviyat" nomli kitobi, 1997—98-yillarda bu mavzu yanada mukammallashib, «Ma'naviyyiik-salish yo 'lida» («Ha nyrn jiyxoBHoro Bo3poMjreHHfi») kitobi o'zbek va rus tillarida nashr etildi5. Prezidentning ushbu kitoblari tarkibida va undan keyin e'lon qilingan «Xalqni Vatan manfaatlari birlashtiradi» (Yozuvchilar bilan suhbat), « Yuksak malakali omili» (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jami-yat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so'zlangan nutq), «Vatan -hamma narsadan mo'tabar» (Mustaqillikning besh yilligidagi bayram tabrigi), «Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi» ("O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqaroriik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida), «Jamiyatimiz mafkurasixalqnixalq, millatni nvllat qilishga xizmat etsin» («Tafakkun> jurnali bosh muharriri savollariga javoblar), «Tarixiy xotirasiz kclajak yo'q» (Tarixchi olimlar bilan suhbat), «Milliy istiqlol mafkurasi — xalq e'tiqodi va buyuk ktiajakka ishonchdir» («Fidokor» gazetasi mux-biri bilan suhbat), «Egali yurt erkini bermas» (2000-yil avgust Oliy majlis sessiyasida so'zlangan nutq), «Alloh qalbimizda, yuragimizda» kabi qator asarlarida ma'naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yan-gicha g'oyalar olg'a surilgan.1994-yil bahorida "Ma'naviyat va ma'rifat" respublika jamoatehilik markaztni tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996-yil sen-tabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samara-dorligini oshirish to'g'risida yana alohida Farmon bo'ldi va Lining aso-sida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999-yilga kelib, bu markaz Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashiga ay-lantirildi.Yurtboshi xalqdan ayri emas. Chunki xalqning, millatning nihoniy tilagi, istagi bugun Yurtboshining ko'nglidagi tilakdir, istakdir. Prezi­dentning barcha nutq va risolalarini ma'naviyat mavzusi nuqtayi nazari-dan birma-bir ko'zdan o'tkazib chiqqan odamni hayratga soladigan narsa shuki, ajdodlarimiz yaratgan ma'naviy meros, xalqimizning dili-da saralanib kelayotgan, uning og'ztiki ijodi, hikmatlari, matal va maqol-larida aks etgan ezgu aqidalar bilan O'zbekiston Prezidcntining ma'naviyat masalalariga munosabati, mulohazalari, fikryo'nalishi o'zak-o'zagidan o'zaro muvoiiq va uyg'undir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling