O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


ALISHER NAVOIYNING BADIIY IJOD TARIQIGA OID NAZARIY MULOHAZALARI


Download 1.87 Mb.
bet85/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

ALISHER NAVOIYNING BADIIY IJOD TARIQIGA OID NAZARIY MULOHAZALARI
"Mahbub ul- qulub" risolasi "Awalgi qism"ining 16-fasli shoirlar ta'rifida bo'lib, "Nazm gulistonining xushnag'ma qushlari zikrida" deb ataladi va shunday boshlanadi:
"Ul necha tabaqadir: awalgi jamoa nuqudi kunuzi ma 'rifati ilohiy-din g'aniylar va xalq ta'rilidin mustag'niylardur. Ishlari maoniy xazoini-din ma'rifat javharin teimak va el fayzi uchun vazn silkida nazm ber-mak. Nazm adosi bag'oyat aijumand va benihoyat sharifva dilpisand o'ldug'iuchun oyotikalomda nozilbor va hadisimo'jiznizomda tilagan topar, chun maal-qasd emas, elhurmatijihatidin anishe'r demas" '. (Nasriy bayoni: Ular bir necha guruhdir. Birinchi guruh ma'rifati ilohiy xazinasining naqdinalari bilan boyigan va xalq ta'rifiga ehtiyoj sezmaganlardir. Ishlari ma'nilar xazinasidan Ma'rifat gavharini termoq va u gavharni el fayz topsin uchun nazm ipiga tortmoq. Nazrhlarining ifodasi g'oyat qutlug' va benihoyat yoqimli va ulug' bo'lganligidan ilohiy kalom oyatlari va Rasulullohning mo'jizali hadislari mazmunini izlagan kishi ulardan topa oladi va qasddan yozilmagani sababli el ularga ehtirom bildirib, she'r deb atashga jur'at etmaslar".) Alisher Navoiy bu toifani "haqiqat tariqining suxanvari", deb atay-di va ular jumlasidan tasawuf adabiyotining eng buyuk siymolari Fari-diddin Attor va Jaloliddin Rumiy nomiarini tilga oladi. Olim bu guruh vakillarini "avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh", deb ulug'laydi. Navoiy "majoz tariqi " xususidagi ta'riflarga o'tib, o'zi kashf etgan haqiqatlarni shunday bayon qiladi:"Yana bir jamoatdurkim, haqiqat asrorig'a majoz tariqin maxlut qilubdurlar va kalomlarin bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuqta pardozi Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziy va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy va tasawuf va diqqat tnushkulotining girihkushoyi Shayx Zahiriddin Sa-noiy va faridi ahli yaqin Shayx Avhadiddin va maoniy adosiga lofiz Xoja Shamsuddin Muhammad al-Hofiz. Yana jam 'e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmiga g'olib va alar bu shevaga ko'proq rog'ibdurlar. Andoqkim, Kamoli Isfahoniy va Xoqoniyi Shirvoniy va Xojuyi Kirmoniy va mavlono Jaloliddin va Xoja Kamol va Anvariy va Zahir va Abdulvosi' va Asir va Salmon Sovajiy va Nosir Buxoriy va Kotibiy Nishopuriy va Shohiy Sabza-voriy"'.(Nasriy bayoni: "Yana bir guruhdurkim, Haqiqat sirlariga majoz yo'lini aralashtiribdurlar va so'zlarini bu uslubda bog'labdurlar. Chu-nonchi: ma'ni ahlining nozik so'zlisi Shayx Muslihiddin Sa'diy Shero­ziy va ishq guruhining halol oshiqi Amir Xusrav Dehlaviy, tasawuf va tafakkur mushkullarining chigalini yechuvchi Shayx Zahiriddin Sanoiy, haqiqat ahlining yagonasi Shayx Avhadiddin va lafz bilan ma'noni anglatishga mohir Shamsuddin Muhammad Hofiz. Yana bir qanchalari bordurlarki, majoz yo'li ularning she'rlarida g'alaba qozongan va ular bu ravishga ko'proq rag'bat etganlar. Chu-nonchi: Kamol Isfahoniy, Xoqoniy Shirvoniy, Xojuyi Kirmoniy, Mav­lono Jaloliddin, Xoja Kamol, Anvariy, Zohir, Abdulvosi', Asir, Sal­mon Sovajiy, Nosir Buxoriy, Kotibi Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling