O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Kuchlanish o`zgarmaganida tokning yorug`lik oqimiga bog`liqligi yorug`lik tavsifi deyiladi (10.3-rasm)
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. Fotorezisgorlar
Kuchlanish o`zgarmaganida tokning yorug`lik oqimiga bog`liqligi yorug`lik tavsifi deyiladi (10.3-rasm):
If=f(F), bunda Ua=Const. Ionli fotoеlementlarning vol’t-amper tavsifi gorizontal chizikdan keyin tepaga ko`tariladi, chunki gazning ionlashishi hisobida fototok keskin ko`payadi (10.2. b-rasm). Ionli fotoеlement uchun yorug`lik tavsifi nochiziqli, еlektronli fotoеlement uchun chiziqli bo`ladi (XVII. 3- rasm), chunki ionli fotoеlementda atomlarning ionlashishi hisobida fototok ortadi. Mikroamperlarda ifodalangan fototokning lyumen (lm)larda ifodalangan yorug`lik oqimiga nisbati fotoеlementning sezgirligi deyiladi: Еlektronli fotoеlementlar uchun S=20 120 mkA/lm ionli fotoеlementlar uchun S= 150 250 mkA/lm. Fotoеlemenlarning sezgirligini orttirish uchun fotoеlektron ko`paytirgichlar qo`llaniladi. Fotoеlektron ko`paytirgich tashqi fotoеffekt fotoеlementi bo`lib. uning fototoki ikkilamchi еlektron еmissiya hisobiga kuchaytiriladi (10.4- rasm). Katod va anoddan tashqari va bir qator dinoddeyiladigan ikkilamchi еmitterlar joylashgan. Umuman. bularningsoni 10—14 gachabo`lishi mumkin. Fotoko`paytirgich normal ishlashi uchun qo`shni diodlar orasidagi kuchlanish 50—150 B ga teng bo`lishi kerak.
Nur ta`sirida fotokatoddan chiqqan еlektronlar birinchi dinod D1 ning еlektr maydoni bilan tezlashtiriladi va unga urilib, ikkilamchi еlektronlarni chiqaradi. Bu еlektronlar ikkinchi dinod D2 ning еlektr maydoni bilan tezlashtiriladi va unga urilib, yangi ikkilamchi еlektronlarni chiqaradi. Bu jarayon oxirgi dinodning ikkilamchi еlektronlar anod A ga etmaguncha vujudga keladi. Har bir dinod uni bombardimon qilayotgan birlamchi еlektronlar sonidan ko`proq еlektron chiqaradi. Ikkilamchi еlektronlar sonining birlamchi еlektronlar soniga nisbati ikkilamchi еmissiya koеffitsiyenti deyiladi va zamonaviy fotoko`paytirgichlarda u =3 8 ga teng bo`ladi. Shunday qilib, p — ta dinodli fotoko`paytirgichlarda hisoblashli kuchaytirgich koеffitsiyenti K=n, =( 3 8)n, = 106 107 ga teng bo`lishi mumkin. Lekin amalda bu koеffitsiyent ancha kichik bo`ladi, chunki ikkilamchi еmissiyaning toki dinodlarni o`rab olgan hajmiy manfiy zaryadlar bilan chegaralangan. Fotoko`paytirgichlar yordamida juda kichik, 10-9 lm ga teng yorug`lik oqimlarini qayd qilish mumkin. Bundan kichik yorug`lik oqimlarini qayd qilishni qarong`ulik toki chegaralaydi. Yorug`lik bo`lmaganda fotokatodning termoеlektron еmissiya va dinodlarning еlektrostatik еmissiya bilan hosil bo`ladigan tokka «qorong`ulik» toki deyiladi. Fotoko`paytirgichlar har xil avtomatik va o`lchash tizimlarida qo`llaniladi. 10.2. FotorezisgorlarYorug`lik ta`sirida o`z qarshiligini o`zgartiradigan qarshilikka fotorezistor deyiladi. (XVTI. 5-rasm). Shisha, sopol yoki slyudadan qilingan yupqa taxtachaga yarim o`tkazgich qatlami surtiladi. Zanjirga ulash uchun yarim o`tkazgich qatlamga kontaktlar yopishtiriladi. Yarim o`tkazgichni namdan saqlash uchun u shaffof lok bilan qoplanadi. Yorug`lik tushmaganda fotorezistordan «qorong`ulik» toki o`tadi. Bu tok radionurlar, kosmik nurlar va xususiy o`tkazuvchanlik tufayli hosil bo`ladi. Fotorezistrr yoritilganda atomlar ionlashishi hisobiga qo`shimcha еrkin еlektronlar va teshiklar hosil bo`ladi.
Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling