O‘zi yozgichning muhim xarakteristikasi bo‘lib qayd qilib ulguradigan tebranishlar chastotalari diapazoni hisoblanadi. O‘zi yozgichning xarakterlanuvchi qismining inersiya momenti qancha katta bo'lsa, o‘lchanuvchi kattalikning haqiqiy o ‘zgarishiga nisbatan qayd qilinishning kechikishi shuncha katta boladi, chastoiaviy xarakteristika yomon chiqadi. Eng ko‘p keng chastotalar imkoniyati analogli qayd qiluvchi asboblarda bo‘lib, ulami yorug* nurli (shleyfli) ossillograflar deyiladi.
Yorug‘ nurli ossillografning (5.13- rasm) asosiy qismini shleyfli galvanometr — G tashkil etadi, u 1 — doimiy magnitdan, 2 — halqa (shleyf) ko‘rinishidagi metalll simdan, undan esa qayd qilinuvchi elektr signali o‘tadi va 3 — k o ‘zgudan iborat. Nur yoritish manbai 0 dan k o ‘zguga tushadi, qaytib fotografiyaviy qurilma Фga tushadi, u fotoplyonkali o ‘ramdan va lenta to rtu v c h i mexanizmdan ta rk ib topgan. Elektr signal o ‘ziga proporsional ravishda galvanometr sheyfining burilishini hosil qiladi. Fotoplyonkaning bir tekis tortilishi vaqt bo'yicha yoyishni amalga oshiradi. Maxsus vaqtni belgilovchidan foydalanib, fotoplyonkada belgilarni hosil qilish mumkin.
Bunday ossillograf chastotasi taxminan 0 dan 10 kGs gacha bolgan jarayonlarni qayd qilish imkonini beradi, bu esa tibbiy-biologik signalning chastotali xarateristikalarini yetarli darajada qoplaydi. Asosan bir vaqtning o‘zida o‘nlab o‘zgaruvchan kattaliklami qayd qilish imkonini beruvchi ko‘p kanalli yorug1 nurli ossillograflar ishlab chiqariladi. Ularning eng katta kamchiligi fotoqog‘oz yoki fotoplyonkadagi suratni chiqarish zaruriyatidir. Hozirgi vaqtda ultrabinafsha yoritishga sezgir bo'lgan maxsus qog'oz ishlab chiqarilmoqda. U maxsus ishlashni talab etmaydi, biroq yoritish manbai ultrabinafsha nurlarning quwatli dastasini nurlatishi lozim.
O‘ziyozuvchi tuzilmalarda o‘lchov asboblarining odatdagi xatoliklari bilan bir qatorda yozishda yoi qo‘yiladigan xatoliklar ham vujudga keladi.
Yozishdagi xatoliklarga sabab qog‘oz yoki fotoplyonkani ko‘chirish mexanizmi ishidagi noaniqlik, asbobning yozish sistemasining inersiyasi tufayli bo‘ladigan kechikish, havo namligi ta'sirida qog‘oz o‘lchamlarining o‘zgarishi, vaqtni belgilashdagi noaniqlik va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Vaqtga bog‘liqlikni belgilovchi bir koordinatali o‘zi yozgichlardan tashqari, tekshirish amaliyotida ikki koordinatali o‘zi yozgichlar keng tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |