Mikroelektrodli praktikada shishali mikroelektrodlar ishlatiladi. Bunday elektrodning profili (yon tomondan ko'rinishi) 5.4- rasmda tasvirlangan, uning uchi 0,5 mkm diametrga ega. Elektrodning korpusi izolator bo‘lib, ichida elektrolitga o‘xshash o‘tkazgichi bor. Mikroelektrodlami tayyorlash va ular bilan ishlash ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, biroq bunday mikroelektrod membrana hujayrasiga sanchilib hujayralar ichida tekshirishlar olib borishga imkon beradi.
Ko‘pginatibbiy-biologik xarakteristikalami elektrodlar bilan ,,olib“ bo‘lmaydi, chunki ular bioelektrik signallarda aks ettirilmaydi: qon bosimi, temperatura, yurak tovushlari va hokazo. Ayrim hollarda tibbiy-biologik axborot elektr signal bilan bog‘langan bo‘ladi, biroq unga noelektrik kattalik sifatida yondashish qulayroqdir, masalan, pulslar. Bu hollarda datchiklardan foydalanishadi (o‘lchov o‘zgartiruvchilar).
O‘lchanuvchi yoki tekshiriluvchi kattalikni uzatish bundan keyin o‘zgartirish yoki qayd qilish uchun qulay bo‘lgan signalga aylantiruvchi tuzilma dcitchik deb aytiladi. o‘lchanuvchi kattalik keltirib ulangan, ya’ni o‘lchov zanjiridagi birinchi datchik-birlamchi deyiladi.
Tibbiyot elektronika uchun faqat o'lchanuvchi yoki tekshiriluvchi noelektrik kattaliklami elektr signalga aylantiruvchi datchiklar ko‘rib chiqiladi. Boshqa xildagilarga qaraganda elektr signaldan foydalanish eng qulaydir, chunki elektron tuzilmalar uni nisbatan murakkab bo‘lmagan holda kuchaytirib berish, masofaga uzatish va qayd qilish imkonini beradi. Generatorli va parametrik datchiklar mavjud.
O‘lchanuvchi signal ta’sirida bevosita kuchlanishni yoki tokni generatsiyalaydigan datchiklar — generatorli datchiklar deyiladi. Bunday datchiklarning ba’zi turlarini va ular asosidagi hodisalarni ko‘rsatamiz. 1) pyezoelektrik datchiklar — pyezoelektr effekti; 2) termoelektrik datchiklar— termoelektr hodisasi; 3) induksion datchiklar — elektromagnit induksiya; 4) fotelektrik datchiklar — fotoeffekt hodisalarga asoslangandir. Parametrik datchiklar— shunday datchiklarki, ularda o‘lchanuvchi signal ta’sirida birorta parametr o‘zgaradi. Bunday datchiklarning ba’zilarini va ular yordamida o‘lchanuvchi parametrni ko‘rsatamiz: 1) sig‘imli datchik — sig‘im; 2) reostatli datchik — omik qarshilik; 3) induktivli datchik — induktivlik yoki o‘zaro induktivlikni o‘lchaydi.
Axborotni tashuvchi energiyaga ko‘ra datchiklar: mexanik, akustik, temperatura, elektrik, optik va boshqa datchiklarga bo‘linadi. Ba’zi hollarda datchiklarga o‘lchanuvchi kattalik bo‘yicha nom beriladi, masalan, bosim datchigi, tenzometrik datchik (tenzo-datchik) ko‘chishni yoki deformatsiyani o‘lchaydi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |