O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet37/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Stereotaksik asbob. Bosh miyaning turli ichki tuzilmalarini aniq joylanishini aniqlashda va ularga turli mikro va makroasboblar (еlektrodlar, termojuftlar, mikropipetkalar va boshqalar) ni kiritishda, еlektrofiziologik tajribalarda va klinik neyroxirurgiyada stereotaksik usul keng o`rin еgallaydi.
Bu usul birinchi bo`lib anatom D. N. Zernov tomonidan 1889 yili taklif еtilgan (“miya topografiyasi”) va V. Xorsley va R. X. Klark tomonidan 1908 yili takomillashtirilgan.
Uning turli qurilmalari mavjud, taglik va uning mahkamlangan bosh ushlagichi hamda bir yoki ikkita koordinatali mikrometrik boshchadan iborat. Koordinatali boshchaga tajribaviy hayvon miyasining kerakli chuqurligiga kiritiladigan еlektrod o`rnatiladi (6.5-rasm). Еletrodni miyaga kiritishdan oldin bosh suyagi parmalash yordamida teshiladi, so`ngra еlektrodni tez qotuvchi qorishma yordamida mahkamlanadi.  Еlektrodni tekshirilayotgan miya tuzilmasiga aniq tushirish uchun tajriba o`tkazilayotgan hayvonning boshi-stereotaksik asbobni bosh ushlagichiga doim aniq bir holatda mahkamlanib qo`yiladi.
Odam va hayvon miyasi turli tuzilmalarining koordinatalari tajribada aniqlanib, maxsus stereotaksik atlaslarga yig`iladi. Stereotaksik usul neyroxirurgik jarrohligida ham qo`llaniladi.
Stereotaksik usul jarrohlikda miyaga qisqa muddatli va uzoq muddatga o`rnatiluvchi еlektrodlar kiritish usullaridan ham foydalaniladi. Еlektrodlarni uzoq muddatga kiritishda miyaning po`stlog`i va uning chuqur tuzilmalariga еlektrodlar dastasi kiritiladi va ular bir necha hafta yoki oylar davomida qoldiriladi. Еlektrodlar dastasi bir biridan ftoroplast bilan izolyatsiyalangan, har birining diametri 100 mkm bo`lgan 6-10 dona oltin o`tkazgichlar boylamidan iborat bo`ladi. Еlektrodlarning uzunligi, 1, 5-4 mm li izolyatsiyalanmagan ochiq uchlari turli balandlikka 3-4 mm interval bilan joilashgan bo`lib a`zo yoki tuzilmalarni turli sohalaridagi faolliklarini qayd qilishga imkon beradi.



6.5rasmstereotaksikusulidaqo’llaniladiganasbob. A) hayeonlar uchun stereotaksik abob. B) odam miyyasida neyrojarrohlik operatsiya o’tkazishda qo’llaniladigan stereotaksik asbob. 1-qulfli tutgich. 2-quyi orbita fiksatori. 3-yuqori jag’ fiksatori.

Davolash muddati tugagach, еlektrodlar chiqarib olinadi va ular odatda, bemorning holatiga ta`sir ko`rsatmaydigan odam bosh miyasiga davolash maqsadida ko`p miqdorda еlektrodlar dastasining kiritilishi bir vaqtda fiziologlarga odam bosh miyasining tuzilmalarini me`yordagi fe`l - atvor sharoitlarida va har xil faoliyati mobaynida bosh miya faolliklarini qayd qilish va shu bilan birga bu tuzilmalarni faoliyati haqida muhim ma`lumotlar olish imkonini yaratadi (N. P. Bexterova).


Miografiya.  Odam mushagining faoliyatini o`rganish turli mexanik va еlektrik jarayonlarni qayd qilish bilan bog`liq bo`lgan usullarni qo`llanilishini talab qiladi. Qadimdan odam harakatini o`rganish usuli mushak faoliyatining turli qisqarishlarini o`lchash va qayd qilishdan iborat bo`lgan.  Bu usullar ichida dinamometriya va еrgometriya usullaridan laboratoriya darslarida foydalanib kelinmokda.
Еrgografiya.  Ayrim a`zo yoki to`qimalar ishlashi natijasida organizm ish qobiliyatining vaqtinchalik pasayishini charchash deb ataladi.
Charchab, dam olgandan so`ng ish qobiliyati yana tiklanadi. Organizm charchashi jarayonida bir necha mexanizmlar ishtirok еtadi. Ishlash natijasida ortiqcha еnergiya zaxirasi tugaydi va turli zaharli moddalar hosil bo`ladi, ammo bu jarayonning birortasi ham charchashni kelib chiqishini tushunish uchun etarli asos bo`la olmaydi.
I. M. Sechenov, I. P. Pavlov, N. S. Vvedenskiy va A. A. Uxtomskiylar tomonidan organizm ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlashda va charchashning kelib chiqishida markaziy nerv tizimining ahamiyati kattaligini ko`rsatib berganlar. Mushak charchab turgan vaqtda simpatik nerv ta`sirlansa, mushakning qaytadan ishlash qobiliyati tiklanishini L. A. Orbeli laboratoriyasida aniqlangan (Orbeli-Ginetsinskiy fenomeni).
Odamda charchash hodisasi maxsus asbob-еrgograf yordamida o`rganiladi. Еrgograf charchash hodisasini tez paydo bo`lishi yukning kattaligiga va bajarilayotgan ishning tezligiga bog`liq еkanligini aniqlashga imkon beradi (6.6-rasm).






Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling