5.1 rasm O‘lchov zanjirining tuzilish sxemasi
Tuzilish sxemasida X- biologik sistemaning o‘lchanuvchi parametrlaridan birini, masalan, qon bosimini bildiradi. Yharfi bilan chiqish kattaligi belgilanadi, masalan, o‘lchov asbobida tok kuchi (MA) yoki qayd qiluvchi asbobning qog‘ozida chizuvchining siljishi (mm). Hisoblash uchun Y - f (x) bog‘liqlik ma’lum bo‘lishi kerak.
5.2 Bioelektrik signalni olish uchun elektrodlar
Elektrodlar—bu o‘lchash zanjirini biologik sistema bilan bir lash tiruvchi maxsus shakldagi o‘tkazgichlardir.
Diagnostikada elektrodlardan elektr signallarini olish uchun emas, balki tashqi elektromagnit ta’sirlami keltirib berish uchun foydalaniladi, masalan, reografiyada. Tibbiyotda elektrodlardan davolash maqsadida elektromagnit ta’sir ko‘rsatishda va elektr qo‘zg‘atishda foydalaniladi.
Elektrodlarga alohida talablar qo‘yiladi: ular tez mahkamlanishi va olinishi, elektr kattaliklari yuqori darajada barqaror bo‘lish, mustahkam, halaqit bermaydigan, biologik to‘qimalami qo‘zg‘atmasligi kerak va hokazo. Bioelektrik signallami olish uchun elektrodlarga tegishli muhim fizik masala — u ham bo‘lsa foydali ma’lumotning yo‘qotilishini, ayniqsa, elektrod — teri o ‘tish qarshligini minimumga yetkazishdirdir. Biologik sistema va elektrodlarni o‘z ichiga olgan elektr zanjirinig ekvivalent elektr sxemasi 5.2- rasmda tasvirlangan. —biopotensiallarmanbainingEYuK.,r—biologik sistema ichki to‘qimalarining qarshiligi; R — teri va elektrodlarning qarshiligi; Rkir— biopotensiallar kuchaytirgichining kirish qarshiligi. Om qonuniga asosan kuchaytirgichning chiqishidagi kuchlanish tushishini shartli ravishda ,,foydali“ deyish mumkin, chunki kuchaytirgich manbai E.Yu.K. ning mana shu qisminigina kattalashtirib beradi. Bu ma’noda biologik sistemaning ichidagi va elektrod— teri sistemasidagi kuchlanish tushishlami ,,foydasiz“ deyish mumkin. berilganligi uchun r — ni kamaytirish uchun ta ’sir ko‘rsatib bolmaydi, u holda Rkirni oshirishni R ni kamaytirish bilan va eng avval elektrod — teri kontaktining qarshiligini kamaytirish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |