Parametrik o`zgartirgichlar ishlash printsiplariga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Simli o`zgartirgichlar.
Ularning ish printsipi deformatsiyalangan sim qarshiligining o`zgarishiga asoslangan. Bu o`zgartirgichlartenzometrik datchiklar ham deyiladi.
Termistorli o`zgartirgichlar — bu termosezuvchan (temperaturani sezadigan) rezistordir. Uning qarshiligi muhitning harakatiga yoki issiqlikning tarqalish sharoitiga bog`liq bo`lib, undan gazlarning harakat tezligini, gazlarning tarkibi va hokazo, parametrlarni o`lchashda foy- dalaniladi.
Peocmamlu o`zgartirgichlar — ularning ish printsipi reostat qarshiligining harakatchan kontakt holatiga asoslangan bo`lib, suyuqlikning hajmi va sathini, liniya va burchak ko`chishlarni va hokazo parametrlarni o`lchash uchun ishlatiladi.
Induktiv o`zgartirgichlar — ularning ish printsipi g`altak magnit maydonining o`zgarishiga, ferromagnit o`zakning ko`chishiga asoslangan bo`lib, mexanik kuchlanishlarni, bosimlarni, liniya va burchak ko`chishlarni o`lchash uchun qo`llaniladi.
Sig`imli o`zgartirgichlar — ularning ish printsipi o`lchanayotgan kattalik ta`sirida o`zgartirgich sig`imining o`zgarishiga asoslangan bo`lib, mexanik ko`chishlarni, bosim, namlik, modda miqdori, liniya va burchak ko`chishlarni o`lchashda foydalaniladi.
Fotorezistorli o`zgartirgichlar — ularning ish printsipi o`zgartirgichga tushayotgan yorug`likning intensivligiga asoslangan bo`lib, temperatura, suyuqlikning hamda gazli muhitning shaffofligi va xiraligini o`lchashda qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |