O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
Termoviziometriya (issiqlikni ko`rish) – odam tanasidan chiqayotgan infraqizil nurlarni qayd qilish usulidir. Odam tanasida qon asosiy issiqlik tashuvchi bo`lib xizmat qiladi. Issiqlik hosil bo`lgan joyidan qon orqali butun organizmga tarqaladi. Shunga ko`ra, tana yuzasining infraqizil nurlanishlarini o`rganish orqali odam tanasining ma`lum sohalaridagi qon oqimi kattaligi haqida xulosalarga kelish mumkin.
Termografik tadqiqotlar teplovizor yordamida amalga oshiriladi. Optik-mexanik yoygichli teplovizorning asosiy qismi ob`ekt hosil qiladigan tasvir tekisligiga o`rnatilgan infraqizil nurlanishlarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlikka еga bo`lgan priyomnik tana issiqligidan nurlanayotgan еnergiyani asbobning sezish maydoni ya`ni kichik fazoviy burchak ichidagi qismini ushlab qolgan ko`zgusining harakatlanishi hisobiga uni ko`rish maydoni ketma-ket tahlil qilib boriladi. Agar asbobning ko`rish maydoni notekis harakatlarga еga bo`lgan sohaga yo`naltirish orqali ko`rish maydonining muayyan holatida qabul qilgichga nur oqimi o`zgarib tushsa, bu o`zgarishlarni qabul qilgich kuchaytirib, bu manzara ЕHM displeyida qayta tiklanadi, o`lchash natijalari еsa sonli tabloga chiqariladi. Issiqlik tasvirini fotoplyonkaga ham tushirish mumkin va h. k. Odam tanasining ayrim qismlarini tekshirish havoning harorati doimiy (21-22°S) bo`lgan sharoitda, 15 daqiqalik issiqlik moslashuvidan keyin amalga oshiriladi. Sog`lom odamlarda tana harorati ma`lum o`ziga xos simmetrik taqsimotga еga bo`lgan holda, birinchi navbatda, tananing u yoki bu qismining vaskulyarizatsiya darajasiga bog`liq bo`ladi. Jumladan, ko`z atrofi, yuz qismi, lablar, bo`yin tananing boshqa qismlariga nisbatan issiqroq bo`lganligi sababli shu sohalar nisbatan issiqroq bo`lib ko`rinadi. Burun, yuzning yuqori qismi, yuzning tashqi segmentlari nisbatan sovuqroq bo`lib, qorong`i soha deb ataladi. Ko`krak qafasining yuqorigi uchining bir qismidan chiqayotgan issiqlik manzarasi bir tekis nurlanishi, o`rtacha intensivlikga еga. Tana o`rta chizig`iga va bo`yin asosiga yaqin sohalarda nurlanish biroz kuchayuvchi nurlanishga еga bo`lgan ko`rinishda bo`ladi. Oyoqlarning me`yordagi termogrammalari longitudinal ingradiyent deb ataladigan, distal bo`limlarning (ayniqsa, tovon osti Axill paylarida) proksimal bo`limlarga nisbatan birmuncha kichik ko`rsatkichli infraqizil nurlanishlari bilan ajralib turadi. Qon aylanish o`zgarganda, tananing issiqlik manzarasi sezilarli darajada o`zgaradi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling