Intellekt (aqliy qobiliyat) o`qish muvaffaqiyatining, ya`ni vaziyatga moslanish va olingan bilimlardan ijodiy foydalanishni belgilovchi shaxsqobiliyatining to`plamidir. Intellektni tekshirish usullari nafaqat ma`lumotlar orttirmasi, bilimlarni, ko`nikmalarni, balki ularni faoliyatda qo`llash qobiliyatini aniqlaydi.
Intellektni baholash usullaridan biri Veksler usuli bo`lib, undagi topshiriqlar, intellektni turli tomonlarini xarakterlaydigan 11 ta subtestdan iborat. Har bir subtestning ichida topshiriqlar murakkabligi ortib boruvchi tartibida joylashgandir.
D. Ravinning “Progressiv matritsa” testi fikrlash qobiliyatini tekshirish va baholashga yo`naltirilgan (taqqoslash, analogiya, mantiqiy xulosa va boshqalar). Bu test 60 ta rasmdan iborat (“matritsa”). Har bir rasmdan kichikroq qismi olib tashlangan rasmlar ostida 6-8 fragment joylashgan bo`lib, ularning orasida olib tashlangan qism ham qoldirilgan. Matritsalar ortib boruvchi murakkablikda tuzilgan. Tekshiriluvchilar rasmni ko`rib chiqishi va matritsa - kemtikni qaysi fragment hisobiga to`ldirish kerakligini echa olishi kerak.
Shaxsni tekshirish proyektiv va noproyektiv usullarda o`tkaziladi.
Proyektiv usullarda sub`ektga oid bo`lgan xarakter, talab, nigoh, g`oya,
motivlarni ongsiz ravishda boshqa shaxsga o`tkaza olish - proyektsiyalashga asoslangan. Proyektiv usullarda quyidagi tekshirish usullari qo`llaniladi: -noma`lum test materialiga еga bo`lgan konstruktiv (G. Rorshax “dog`i”) yoki taklif еtilayotgan test savollarini tasvir syujet sintezlash yaratish masalasi;
-test savollari sifatida surat va hikoyalar ishlatuvchi, ular syujetini ixtiyoriy izohlashga yo`l qo`yuvchi izohlovchi (tematik appertseptsion test-TAT); -tekshiriluvchi o`ylab chiqargan dramatik mazmundagi syujetining tahlili G. Rorshaxning “Siyoh dog`lari” usulida mo``jizaviy ko`rinishlarga еga simmetrik dog`li 10 ta karta ishlatiladi. 5 ta karta oq-qora rangda, 2 tasi qora-qizil, 3 tasi ko`k rangda bajarilgan bo`lib tekshiriluvchi bu mo``jizaviy ko`rinishlarda va shakllarda ko`rinayotgan tas`virni izohlab berishi taklif qilinadi. Bu usul tekshiriluvchining intellektual faoliyatini baholashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |