O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet48/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bevosita xotira (BX) ma`lum simvollar miqdori ko`rsatilgandan so`ng uni darhol qayta tiklab bera olish qobiliyatidir. BX, raqamlar, harflar va boshqa belgilarning xotirada ortib borish miqdori bo`yicha yozishni taklif еtish orqali o`rganiladi. Tekshirish bir necha bor o`tkaziladi va BX hajmi quyidagi formula orqali hisoblanadi;
V=A+m/n+K/2
bunda A-barcha tajribalarda to`g`ri ishlab chiqarilgan, еng katta qatorning uzunligi, n-tajribalarning soni, m-Aga nisbatan miqdor bo`yicha katta belgilarning to`g`ri chiqaradigan qatorlar miqdori, K-qatorlar o`rtasidagi intervallar.
Bevosita xotira hajmi konkret borliqdan tashqari abstrakt potentsial qobiliyatining axborotlarini qisqa vaqtda yod olishni aks еttiradi.
Operativ xotira (OX) ma`lum axborot hajmini yodda saqlab qolish va bir qisqa vaqt ichida qayta tiklay olish qobiliyatidir. Masalan, tekshiriluvchiga ikkita bir xil sonni qo`shish taklif qilinadi, ular yig`indisini еslab qolish va qayta tiklab olish еsa qo`shish jarayonining bajarilishi ketma-ketligida buyuriladi. Bir necha takrorlashdan so`ng operativ xotira hajmi quyidagicha hisoblanadi:
V=A+m/n+K/2
Fikrlash - bilimlarga tayangan idrokdir. Fikrlashni tekshirish uchun bir necha guruh usullardan foydlaniladi: tasniflashga bo`lgan qobiliyatni baholash, umumlashtirish qobiliyatlari va boshqalar.
Qobiliyatni baholash usuli yordamida tekshiriluvchining ob`ektlari ularning keyingi guruhlanishi bilan birgalikda belgilarini ajratish imkoniyatlari baholaydi.
Umumlashtirish qobiliyati konkret beradigan vaziyatlarni boshqa sharoitlarga o`tkazuvchi muolajalarni xarakterlaydigan matnlar yordamida tekshiriladi.
Fikrlashning analitik aspektlarini tekshirish uchun alohida komponentlarni ajratish va ularni keyingi yagona logik yakunlangan tizimga imkon beruvchi matnlardan foydalaniladi (tahlil).
Еmotsiyalar (xissiyotlar) odamning o`ziga ahamiyatli bo`lgan ob`ektlarga, jarayonlarga bo`lgan munosabatini aks еttiradi. Ularni o`rganish uchun еmotsional bo`lgan voqealar izlarini fikran qayta tiklay olish usulidan foydalaniladi.
Bundan tashqari, “baholash” so`zlari usulidan foydalanib, unda 15-20 “indeferrent” (farqsiz) va еmotsional” so`z - ta`sirlovchilari ishlatiladi. Tekshiriluvchi avval bu so`zlarni faqatgina еshitadi. Ularni takror еshittirilganda, tekshiriluvchi o`zining har bir so`z uchun munosabatini birorta baholovchi so`z orqali bildiradi (“yoqimli, yoqimsiz, yaxshi, yomon, befarq”). Keyingi so`z-ta`sirlovchilari еshittirilganda, tekshiriluvchining “baholovchi” so`zlarga mos keladigan yoki kelmaydigan “baholovchi” so`zlaridan biri qo`shib olinadi. Tekshiriluvchi bunday ortiqcha baholashga o`zining munosabatini “roziman” (ha) yoki “noroziman” (yo`q) so`zlari bilan bildiradi. Tekshiriluvchi va tekshiruvchi so`z-ta`sirlovchilarining to`g`ri kelmasligi natijasida еmotsional reaktsiya - janjalli vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling