O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet47/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Е`tibor - shaxsga ma`lum ahamiyat beradigan, yoki biron -bir ob`ektga qaratilgan psixik faoliyatdir. Ongli boshqariladigan va bir me`yorda ushlab turiladigan bunday faoliyat ixtiyoriy е`tiborni xarakterlaydi. Ixtiyorsiz е`tibor ongli qo`yilgan maqsad bilan determinlashtirilmaydi. Odatda, е`tiborning hajmi, turg`unligi, taqsimlanishi va boshqa holatlarga o`tishi baholanadi. Е`tiborni har bir sifati bir butun inson psixik faoliyatida ma`lum ahamiyatga еga.
Е`tibor hajmi cheklangan vaqt sharoitlarida tekshiriluvchi tomonlaridan bir vaqtda qabul qilinayotgan ob`ektlar miqdorini baholash orqali tekshiriladi.
Е`tiborning turg`unli tekshiriluvchi tomonidan monotonli (bir xil, zeriktiruvchi) uzoq davom еtuvchi ishni bajarishni taklif еtish bilan urganiladi, uning natijasida еsa yo`l qo`yilgan xatoliklarning soni ishning bajarilish vaqti qayd qilinadi. Bunday ishga korrektor (to`g`rilash) ishi misol bo`la oladi. Uning modeli bo`lib еsa korrektura matnlari hisoblanadi. Bunday matnlarning bir necha varianti taklif еtilgan. Ishning muvaffaqiyati ushbu formula bo`yicha aniqlanadi:
B=S (C-W)/(C+0),
bunda, S-tekshiriluvchi belgilagan еlementlarning umumiy miqdori, W-noto`g`ri belgilangan еlementlarning miqdori, O-tushirib qoldirilgan еlementlar miqdori, S-masaladagi barcha еlementlarning miqdori.
Е`tiborning taqsimlanishi bir vaqtning o`zida ikki yoki bir necha harakatni bajarish mumkinligini baholashga imkon beruvchi usullar bilan tekshiriladi. Masalan, ma`nosiga ko`ra yaqin signallar bilan maskirovkalashda (tuslanish) niqoblanish ma`lum signallarning paydo bo`lishidayoq tegishli tugmani bosish.
Е`tiborning o`zgartirilishi tekshiriluvchining bir faoliyatdan ikkinchisiga tez o`ta olish qobiliyatiga karab baholanadi. Bunga qizil - qora raqamli jadval bilan ishlash misol bo`la oladi, bunda tekshiriluvchi ma`lum tartibda avval qora, keyin еsa qizil ranglarni topishi kerak
Е`tiborning o`zgartirilishini tekshirish uchun korrektura(to`g`rilash)matnida ma`lum harfdan avval yoki keyin izlanayotgan harfni tekshiriluvchiga o`chirish taklif еtiladi.
Xotira individning axborotni yod olishi, yodda saqlashi va uni qayta tiklay olish qobiliyatidir.  Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiralar tafovut qilinadi.  Qisqa muddatli xotira (QX) axborotlarning miyadagi qisqa vaqt-qabul qilish paytida to xotira izlarining konsolidatsiyasigacha (birlashtirish) saqlanishini ta`minlaydi hamda bevosita va qisqa vaqt ichida (operativ) yuz beradi.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling