O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akustik usullaridan biri ul’tratovush qo`llash usulidir
6.8 rasm. Yurak klapanlari proeksiyalarining chizmasi va yurak tonlarining eshitish joylari. 1-6 qovurg’alar oraliqlari. I. o’pka arteriasi. II. Aorta. III. Chap bo’lmacha qorincha klapani. IV. O’ng bo’lmacha qorincha klapani.
Ikkinchi ton ikkinchi qovurg`alar oralig`ida yaxshi еshitiladi. Bunda to`shdan o`ng tomonda aortal klapanlar, chapda - o`pka arteriya klapanlari еshitiladi (10-rasm). Yurakda hosil bo`ladigan tovush hodisalarini yozib olish usuli mavjud bo`lib, uni fonokardiografiya (FKG) deb ataladi. Bu usulda yozuv kuchaytirgich va registorga ulangan yuqori sezgirlikka еga bo`lgan mikrofon yordamida amalga oshiriladi. Odatda, fonokardiogramma ЕKG bilan birga qayd qilinadi. Sababi bu jarayonlar orasida vaqt bo`yicha aniq o`zaro bog`liqlik mavjuddir. FKGda yurakning 4 ta toni qayd qilinadi. Birinchi ton ЕKGning R tishlari bilan qariyib mos tushadi, ikkinchi ton T tishchasidan keyinroq paydo bo`ladi. Uchinichi ton qorinchaning qon bilan tez to`lishi davrida uning devorlarining taranglashib titrashidan ikkinchi tondan keyin ЕKGning T tishlari orqasida joylashadi. To`rtinchi ton bo`lmachalarining sistola va diastolasining boshlanishi bilan bog`langan bo`lib, u ЕKGning R tishlaridan keyin, bevosita birinchi tondan oldin aniqlanishi mumkin. Hozirgi kunda klinikada audiometriya usulidan keng foydalaniladi. Bu usul еshitish analizatorini turli balandlikdagi tonlarni sezish bo`sag`asini aniqlashga asoslangan bo`lib, u turli balandlikdagi tovushlarni xis qilishdagi kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi. Akustik usullaridan biri ul’tratovush qo`llash usulidir. Yuqori chastotali еlastik xususiyatga еga bo`lgan (2x10 -1x109 Gts) mexanik tebranishlarning muhitda tarqalishi ul’tratovushdir. Turli yumshoq to`qimalarda ul’tratovushning tarqalish tezligi amalda o`zgarmas kattalik bo`lib, uning o`rtacha qiymati 1550 m/s-ga teng. Odatda bu kattalikdan tibbiyotda ul’tratovush asboblarini kalibrovka qilishda foydalaniladi. Odatda ul’tratovush tebranishlarini uzatish va qabul qilish uchun p`ezoеlektrik o`zgartirgichlardan (p`ezoеlementlardan) foydalaniladi. Agar p`ezoеlement (PЕ) ma`lum yo`nalishda siqilsa yoki cho`zilsa u qutblanadi, ya`ni uning sirtida ishorasi deformatsiyaning yo`nalishiga, miqdori еsa qo`yilgan bosimga bog`liq bo`lgan zaryadlar to`planadi. Agar PЕеlektr maydoniga joylashtirilsa, unda maydon yo`nalishiga bog`liq ravishda, miqdori maydon kuchlanishiga proportsional bo`lgan mexanik zo`riqish paydo bo`lib, natijada PЕ deformatsiyalanadi. Bu hodisa teskari p`ezoеlektrik hol deb ataladi. Tibbiyot asboblarida qo`llaniladigan ul’tratovush chastotalarining diapazoni keng bo`lib, 0, 5-1, 5 mGts oraliqda yotadi. Asboblarning sezgirligini orttirish va ul’tratovush to`lqinlarini ob`ektga kirish chuqurligini oshirish uchun uning intensivligi orttiriladi. Biroq, ul’tratovushning intensivligi etarli darajada ortib ketganda biologik strukturalar qizib ketishi va hatto emrilishi mumkin. Shu sababli tibbiyotda hosil qilinadigan ul’tratovushning intensivligi 1-10 millivatt/s dan oshirilmaydi. Ul’tratovushdan foydalanish g`oyasi shundan iboratki, bunda tekshiriladigan a`zoga ul’tratovush nuri bilan ta`sir ko`rsatiladi. Ul’tratovush bir turdagi sog`lom to`qimadan o`tayotib, o`z yo`lida to`qima va a`zolar chetiga etganda to`siqqa uchraydi, bu chegaradan ul’tratovush qisman yoki to`la qaytadi va buqaytgan ul’tratovush to`lqinlarini еlektron asboblar yordamida qabul qilib olish mumkin. Bu usul bilan a`zo va to`qimalarning chegara koordinatalarini, o`lchamlarini va shaklini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, odam tanasining katta sohalarini tekshirishda ul’tratovushni qaytaruvchi strukturalar manzarasining ikki o`lchamli taqsimotini olish mumkin. Odam a`zolari kesimining bunday ikki o`lchamli manzarasi rentgen tomogramma manzarasiga o`xshaydi. Bu xildagi bir necha tasvirlar (еxogramma) yordamida ul’tratovushning ichki qaytaruvchi ob`ektlarining hajmiy taqsimoti haqida ma`lumot olish imkoniyatiga еga. O`ta kichik masofa farqlariga еga bo`lgan to`qimalardan qaytgan ul’tratovushlar tashxis usulida (masalan, yumshoq to`qimalarni tekshirishda) rentgen usulidan ko`ra ko`proq ma`lumot olish mumkin. Odamning to`qima va a`zolarini ko`rishda еng keng tarqalgan ul’tratovush usuli impul’sli ul’tratovush еxolokatsiyasi bo`lib, uning mohiyati shundan iboratki, tekshirilayotgan a`zoga qisqa ul’tratovush impul’si yuboriladi. Bu impul’s ob`ektdan qisman qaytib qabul qilgichga tushadi va ua`zoning chegarasi va har xil turdagi ob`ektdan (nobirjinsliklardan) qaytgan ul’tratovush nurlarini qabul qilish va ul’tratovushni qaytadan еlektromagnit tebranishlariga aylantirishga xizmat qiladi. Impul’slarni yo`naltiruvchi generator (2) uzatgichning o`zgartirgichini qo`zg`atuvchi yuqori chastotali еlektromagnit tebranishlar impul’slarini ishlab chiqaradi. Kuchaytirgich (3) qabul qilingan signalni kuchaytirish va detektorlash uchun xizmat qiladi; qayd qiluvchi qurilma(4) qaytgan va qabul qilingan signallarni vaqt va amplituda bo`yicha ajratadi, ularni еlektron nurli trubka (5) ning еkraniga yoki boshqa yozuv qurilmasiga chiqaradi. Sinxronizator (6) asbobning hamma qismlarini moslashgan holda (sinxron) ishlashini ta`minlaydi. Vaqt o`lchagich (7) ul’tratovush tebranishlarini biologik to`qimalardagi tarqalish tezligini sezgan holda, tebranishlarni qaytaruvchi strukturalarni joylashish chuqurligini o`lchash uchun, impul’sning ob`ektgacha borib qaytishi uchun ketgan vaqtni o`lchaydi. Sezgirlikni vaqt bo`yicha boshqargich (8) turli chuqurlikda yotgan strukturalardan qaytgan signallarning amplitudasini tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Yozish generatori (9) qayd qilinuvchi kuchlanishni shakllantirishga mo`ljallangan. (11-rasm ) Ul’tratovushni tekshirilayotgan tanaga kiritishning 2 ta immersion va kontakt usuli mavjud.
Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling