8.4 rasm. Tunelli diodning tavsifi
|
8.5 rasm. Diodlarning shartli belgilari: 1. To’g’rilagichli anod . 2. Yuqori chastotali diod. 3. Varikap. 4. Stabilitron. 5.tunelli anod
|
Diodlarni belgilash uchun harflar va raqam lardan foydalaniladi. Birinchi harf yoki raqam yarim o`tkazgichli asbobning materialini belgilaydi: birinchi raqam yoki G harfi germaniyni, ikkinchi raqam yoki K harfi kremniyni, uchinchi raqam yoki Aharf galliy arsenidni belgilaydi. Ikkinchi joyda diod vazifasini belgilaydigan harf qo`yiladi: D — to`g`rilagichli, A — yuqori chastotali diod, B — varikap, C — stabilitron, I— tunelli diod. Uchinchi еlement uchta raqamdan iborat bo`lib, u diodning qo`llash sohasini ko`rsatadi; agar raqamlar 101 — 199, 201—299 va 301—399 bo`lsa, bu to`g`rilagichli diodlar va ular to`g`rilaydigan o`rtacha toklar 0, 3 amperga, 0, 3 dan 10 A gacha 10 A dan ko`proqbo`ladi; agar raqamlar 401 —499bo`lsa, bu yuqori chastotali diodlar bo`ladi; agar raqamlar 501 — 599 bo`lsa bu impul’sli diodlar bo`ladi, agar raqamlar 601 — 699 bo`lsa bu varikaplar bo`ladi. To`rtinchi еlement harfdan iborat bo`lib, u asbobning turini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |