O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Ishlashning asosiy printsiplari va metrologik xarakteristikalar


Download 6.53 Mb.
bet60/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95

9. 2. Ishlashning asosiy printsiplari va metrologik xarakteristikalar.


Biodatchikning turi avvalambor uning sezgir еlementining butun biologik materiali bilan aniqlanadi. Shuning uchun mikrobli, fermentativ, hujayraviy va to`qimaviy biodatchiklarni farqlash lozim.
9.3 rasmda kraxmal qiyomidagi o`zlashtiriluvchi shakarning miqdorini aniqlovchi mikrobli datchikning konnstruktsiyasi tasvirlangan. Ushbu datchik bijg`uvchi muhitda shakarning umumiy miqdorini aniqlashga mo`ljallangan. U maxsus kiritilgan Brevibacterium lactofermentum tirik hujayralari va kislorodli еlektroddan iborat. Hujayralar bir parcha neylon to`r ustiga joylashtirilgan bo`lib, uning o`lchami 10x10 mm2atrofida bo`ladi va u kislorodli datchikka biriktirilgandir. Shakar miqdori kiritilgan mikroorganizmlarning kislorodni iste`mol qilishiga qarab aniqlanadi. Misol uchun, glyukoza kontsentratsiyasining oshishi еritmadagi kislorodning yutilishi ko`payishiga olib keladi.



9.3 rasm. Shakar miqdorini aniqlovchi biodatchik. (fruktoza, glyukoza va saxaroza) 1. Sellofan membrane 2. Neylon to’rga biriktirilgan mikroorganizmlar 3. Geliyli eektrolit 4. Platinali katod 5. Teflon membrane 6. Rezina halqa 7. Kumush anod.

Datchiklar chiqish toki va glyukoza kontsentratsiyasi (1 mMol’gacha), fruktoza kontsentratsiyasi(mM gacha) va saxaroza kontsentratsiyasi (0, 8 mM gacha) orasida chiziqli bog`lanishga еgadirlar. Biodatchik 10 daqiqa ichida kerakli ma`lumotni beradi.


Hozirgi davrda glyukozaning, temperaturaning biodatchiklari joylashtirilgan komp’yuterlashtirilgan stendlar yaratilgan. Unda 50 sekund davomida еkspress-analiz amalga oshiriladi. Bemor qonidagi glyukoza miqdori bevosita shifokor xonasida aniqlanadi.
Mikrobli biodatchiklar chumoli, nikotin, glutamat kislotalari, spirtlar, ammiak va boshqa moddalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Mikroorganizmlar asosida ishlaydigan biodatchiklar haqida ma`lumotlar 4. 1 jadvalda keltirilgan.
Fermentli biodatchiklarda sezgir еlement sifatida maxsus biologik katalizator-fermentlar qo`llanilib, ular substrat ( ferment tomonidan kimyoviy modifikatsiyasi kataliz bo`luvchi modda) bilan amalga oshadigan biokimyoviy reaktsiyaning yuqori tezligini va o`ziga xosligini ta`minlaydi. Bunday datchik tarkibiga ferment kiritilgan membrana va ikkilamchi o`lchovchi o`zgartirgich (amperometrik, potentsiometrik va h. k. z. ) kiradi. Membrananing bir tomoni tekshiriluvchi muhit bilan kontaktda bo`lsa, boshqa tomoni ikkilamchi o`lchovchi o`zgartirgichning ishchi kamerasi bilan kontaktda bo`ladi. Masalan, glyukoza miqdorini aniqlash uchun membranaga glyukoksidaza fermenti surtilgan bo`lsin. Uning ta`sirida tekshirilayotgan glyukozaning oksidlanishi amalga oshadi:

Ajrab chiqadigan vodorod peroksidi anod-membrana chegarasida quyidagi reaktsiyagi binoan oksidlanadi: N2O2-O2+2N++2e. Bunda hosil bo`ladigan tok oksidlangan vodorod peroksidiga proportsional bo`lib, tekshiriluvchi muhitdagi glyukoza kontsentratsiyasi haqida ma`lumot beradi.
To`qimali biodatchiklarda o`simlik va hayvonlar to`qimalari qo`llaniladi:barglar, gullar, mevalar, quyon mushaklari, buqa jigari. To`qimalarda bir necha xil fermentlar borligi sababli signallarni ajratish choralari ko`riladi. Masalan, rN yoki temperaturaviy rejim tanlanadi. Ba`zi hollarda bu bitta datchikning bir necha kattaliklarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Baqlajon, kartoshka, qovoq, banan, qand lavlagi to`qimalaridan yasalgan datchiklar mavjud.
4. 5 rasmda glutaminni aniqlovchi hayvon to`qimasidan yasalgan biodatchik konstruktsiyasi tasvirlangan. glutamin kontsentratsiyasi tibbiyotda diagnostik kriteriy (Rey kriteriysi) bo`lib xizmat qiladi. Bunday datchikda cho`chqa buyragi korteksining yupqa qatlami gazsimon ammiakka sezgir bo`lgan datchik ishchi qismining yuzasiga biriktiriladi.




Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling