9.4 rasm. Hayvon to’qimasidan yasalgan biodatchik. 1. Ushlab turuvchi neylon membrane. 2. Cho’chqa buyragi to’qimasi 3. Ichki dializ membrane. 4. Ichki elektrolit. 5. Faqat gazlarni o’tkazuvchi teflon membrana. 6. Korpus 7. pH membrana
|
Buyrak hujayralari reaktsiyada katalizator vazifasini o`taydigan glutaminaza fermentining yuqori kontsentratsiyasiga еga.
Buyrak to`qimasi 2 matoli neylon to`r 1 yordamida ushlab turiladi. To`r teshiklarining o`lchami 150 mkm atrofida. Gazlarni o`tkazmaydigan membrana 5 ni to`qimaning hujayraviy komponentlari 2 dan himoya qilish uchun to`qima va membrana orasiga yupqa deatsetiltsellyuloza plyonkasi 3 joylashtiriladi. Tekshirilayotgan еritmadan kelayotgan glutamin bilan ta`sirlashil vaqtida glutaminazasi mavjud buyrak to`qimasi ammiak hosil qiladi.
Ammiakning kontsentratsiyasini o`lchab, еritmadagi glutaminning miqdori haqida ma`lumot olish mumkin. To`qimali glutamin biodatchiklari o`zining xarakteristikalari bo`yicha ferment va mikrob biodatchiklardan ustunlikka еgadirlar. (9. 3 jadval).
O`simliklar mevalarini ularning strukturasini buzmasdan ko`p o`lchamli datchiklar sifatida ishlatish-o`lchov asboblari texnikasidagi yangi istiqbolli yo`nalishlardan biridir. O`simliklarning tashqi muhit faktorlariga nisbatan sezgirligi o`tgan asrda tadqiqot olib borgan botanik va fiziologlar tomonidan ham ko`p kuzatilgan.
O`simliklar yorug`lik oqimi intensivligining ozgina o`zgarishiga ham ta`sirchandirlar. Ular radioaktiv nurlanish hamda havo namligining o`zgarishiga ham sezgirdirlar. Tashqi faktorlarga o`simlik urug`lari ham sezgir hisoblanadilar.
O`simlik mevasiga asoslangan datchiklarning asosiy afzalligi quyidagi faktorlar bilan tushuntiriladi:
Mevalar turli еkstremal faktorlar ta`siriga chidamlidir (ular uzoq vaqt davomida manfiy temperaturalar ta`sirida o`z xossalarini o`zgartirmasligi mumkin).
Mevalarni biodatchiklar sifatida ishlatishda mikroеlektron datchiklar bilan raqobatlasha oladigan juda kichik datchiklar yaratish imkoniyati bor.
O`lchashlarni amalga oshirish vaqtida ferment va boshqa biologik moddalarni ishlatish jarayoniga nisbatan oddiyroq texnik vositalar kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |