O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet93/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Nanomeditsina nimalarga qodir?
Dunyo juda tez o`zgarmoqda va avval fantastika deb hisoblangan narsalar reallikka aylanmoqda. Nanomeditsina va nanotexnologiyalar bizning inson haqidagi tasavvurimizni umuman o`zgartirib yuboradi. Sistemalar, organlar va to`qimalar regeneratsiyasini mo``jizakor amalga oshiruvchi, genetik kasalliklar muammosini hal qiluvchi, shuningdek, biologik qarishni oldini oluvchi nanomeditsina haqida gapirganda biz fan texnika revoyutsiyasini nazarda tutamiz. “Nanomeditsina” nomli revoyutsiya bugundan boshlanmoqda.
Zamonaviy nanomeditsinaning holati va istiqbollari kibernetik nanomeditsinaning rivojlanishiga yo`l ochayapti. Uning usullari еndi laboratoriya sharoitlarida o`rganilayapti. Lekin ko`pgina mutaxassislarning fikriga ko`ra aynan shu nanotexnologik usullar 21-asrda asosiy bo`lib qoladi. Inson uchun Amerika Milliy Sog`liqni Saqlash instituti nanomeditsinani 21-asrdagi tibbiyotning еng rivojlanuvchi sohalar beshtaligiga kiritdi. Saraton kasalligining Amerika Milliy instituti еsa nanomeditsina yutuqlarini saratonni davolashda qo`llash arafasida. Nanotexnoloyalarni onkologiya, kardiologiya, infektsion kasalliklar terapiyasida ishlatish bu kasalliklarni havfli kasalliklar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va barcha insonlar yanada ko`proq hayot kechiradilar.
Fan shunchalik tez taraqqiy еmoqda-ki, bir necha yildan so`ng nanomeditsina internet kabi ommabop bo`lib qoladi.
Avvalgi ilmiy-texnik revolyutsiyalarda inson tabiat yaratgan materiallarni borgan sari aniq nusxalarini yaratgan. Nanotexnologiyalar sohasidagi siljish umuman boshqa narsadir. Birinchi bor inson avval tabiatda noma`lum bo`lgan yoki yasab bo`lmagan materiyani yaratmoqda. Aslida fan zamonaviy fanga ma`lum bo`lmagan qonunlar ishlaydigan tirik materiyaning qurilishi printsiplarini modellashtirishga kelib qoldi. Ko`pchilik nano molekulalarni kvant mexanikasi qonunlarini hisobga olmagan holda tasvirlashga harakat qiladi. Lekin “nanotexnologik” usullar bilan ishlovchi molekulani umuman tasvirlab bo`lmaydi. Uni bizning tushunchamizdagi ko`rinishi yo`q.
Hozirgi vaqtga kelib dunyoning birorta mamlakatida nanotexnologik qurilmalarni nazorat qiluvchi standartlar mavjud еmas. Hozir faqagina tayyor nanotexnologik qurilmalarni bevosita tekshirish mumkin xolos. Tabiiyki, nanotexnologiyaning qimmatligi va davlat sirini saqlash zarurligi davlatning moliyaviy ishtiroki zarurligini nazarda tutadi.



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling