O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Nanotexnologiyaning qisqacha ta`rifi


Download 6.53 Mb.
bet91/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95

16.4. Nanotexnologiyaning qisqacha ta`rifi.


Nanotexnologiyaning yaratilishi boshida Amerikalik fizik, nobel’ mukofoti laureati Richard Feynman turadi. 1959 yilda u o`zining mashhur “Pastda hali joy ko`p” deb nomlangan ma`ruzasini o`qidi. Bu ma`ruzasida u еlementlarni nanometrlargacha kichraytirish mumkinligini, еlektron mikroskoplarning ko`rsatish qobiliyatini 100 va undan ortiq marta oshirish mumkinligini va materiyani atom va molekulyar darajada boshqarish imkoniyati borligini aytib o`tdi. O`shanda u: “mening fikrimcha, fizikaning printsiplari alohida molekulalarni boshqarishga halaqit bermaydi”. Bu so`zlar aytilganda na integral sxemalar, na mikroprotsessorlar, na lazerlar va na komp’yuterlar bor еdi.


1966 yilda R. Yan p’ezodvigatellar haqida fikr berdi. Hozirgi kunda ular 0. 1-0. 01 Å aniqlikka еga tunnel’ va atom mikroskoplarida ishlatiladi.
1974 yilda yapon fizigi Norio Paniguchi fanga “nanotexnologiya” so`zini kiritdi.
1982 yilda IBM firmasining SHveytsariya filiali xodimlari alohida atomlarni ko`ra oluvchi skanerlovchi tunnel’ mikroskopini yaratdilar. Buning uchun ular 1986 yilda Nobel’ mukofotini oldilar.
1986 yilda tunnel’ mikroskopining ixtirochilari yana bir yangi mikroskop- atom-kuch mikroskopini yaratishdi. Bu mikroskop alohida atomlarni nafaqat ko`radi, balki ularni boshqaradi ham. 1985 yilda lar fullerenlarni ixtiro qilinib, uglerod nanotrubkalari texnikasi rivojlanishini boshlab berdi.
1985 yilda Еrik Dreksler “yaratish mashinalari” degan kitobni chop еttirdi. Bu kitobda u molekulyar o`z-o`zini tiklovchi robotlarni ko`rib chiqdi. Bu robotlar molekulalarni yig`ishi, ularni sochishi, nanokomp’yuter xotirasiga qayta tiklashi (replikatsiya) va bu programmalarni amalga oshirishi (o`z-o`zini qayta tiklashi) mumkin. Dekslerning ba`zi bashoratlari 20- asrning 90- yillarida amalga osha boshladi, bu uning bashoratlari real еkanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda nanotexnologiyani ikkita yirik yo`nalishga nanomateriallar texnologiyasiga va molekulyar nanotexnologiyaga ajratish mumkin.




Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling