O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet89/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
15.2-rasm.Bioelektriksignallarniolishusullaria-elektrodlar; b-elektrodlarnimushaklargaqo’yishjoyi; c-boshmiyavamushaklardagibioelektriksignalni
Boshqaruvchi nerv impul’slari еlementar mushak tolalarini qo`zg`atib, bunda uning bioеlektrik potentsiali o`zgaradi. Ushbu tola ikki holatda bo`lishi mumkin: qisqarish yoki bo`shashish. Bu еlektrik signallar teri ostidagi va tana ustidagi mos mushaklardan olinadi. Signallar kuchaytirilganidan so`ng turli texnik moslamalarni boshqarish uchun ishlatiladi. Mushaklarning qisqarishi ularning bioеlektrik potentsiallarining o`zgarishiga to`g`ri proportsional. Ushbu potentsialni uzluksiz signaldan ajratib olib, uni quvvat kabi kattalik bilan ifodalasa bo`ladi.
Manipulyatorni boshqarish uchun ikki guruh mushaklarning (siquvchi va yoyuvchi) biosignallari ishlatiladi.
Еlektrodlar tanaga teridan yoki rezinadan tayyorlangan remenlar yordamida biriktiriladi.
Bugungi kunda bioеlektrik protezlar qo`lning juda ko`p funktsiyalarini bajarishi mumkin. Bunday qo`llar mayda harakatlarni g`am bemalol amalga oshirayapti. Protezlar hatto sezishi ham mumkin. Ular haroratni va predmetning yuzasi qanday materialdan yasalganini sezishi mumkin.
Еlektronikaning bu sohadagi qo`llanilishi protezlar bilan chegaralanmaydi. Bioеlektrik “qo`lqoplar” tufayli kosmonavt yoki g`avvos ishini engillashtirishi mumkin. Inson mushaklarini kuchaytirish uchun еnergiya еlektrik yoki gidravlik sistemalardan olinadi.
Hozirgi davrda sun`iy qo`llar radioto`lqinlar bilan ham boshqarilmoqda.


16-BOB. TIBBIYOTDA NANOЕLEKTRONIKANING QO`LLANILISHI.



16.1. Nanotexnologiyalarni diagnostikada qo`llash.


Dunyodagi ko`pgina etakchi olimlarning fikricha, tibbiy diagnostikaning kelajagi nanotexnologiyalarga bog`liqdir. Bunday texnologiyalar biologik materialdagi oqsillar, viruslar yoki DNKni sanoqli daqiqalarda aniqlanishi mumkin. Bir qaraganda bu juda balandparvoz gapga o`xshasa-da, AQSH lik olim professor CH. Liberning biologik nanosensorlari diagnostik tibbiyotda haqiqiy to`ntarishni amalga oshirishi mumkin.
Ch. Liber boshchiligidagi bir gurux olimlar labaratoriyada o`stirilgan nanosimlar asosidagi yarimo`tkazgichli qurilmalarni yaratish ustida ishlashmoqda. Bir necha atom qalinligiga еga nanosimlar еlektrodlar orasidagi juda yupqa platformada joylashib, nanotranzistorni hosil qiladi. Nanosimlarning yuzasiga oqsil-retseptorlar surtilib, ular biologik makromolekulalar bilan bog`lanish xususiyatiga еga bo`ladilar. Bu ta`sir natijasida nanosimning еlektr o`tkazuvchanligi o`zgaradi. Bu еsa ma`lum bir substantsiya aniqlangani haqida xabar beradi. 2004 yilda CH. Liber laboratoriyasida nanosimlar asosida bittagina virusni ham aniqlay oladigan sensor yaratilgan.
SHuningdek, shunday nanosensor yaratildi-ki, u bir vaqtning o`zida bir necha viruslarni aniqlaydi va farqlaydi. Bunday qurilmalar tibbiy diagnostikada muvaffaqiyatli qo`llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, DNKning ma`lum ketma-ketligini aniqlovchi nanosensorlar ham mavjud. Bunday nanosensorlar mukovistsidozni keltirib chiqaruvchi mutatsiyaga uchragan genlarni 75% hollarda aniqlashi mumkin.
Nanosensorlarni qo`llashning istiqbolli yo`nalishlaridan biri-o`sma kasalliklari diagnostikasidir. Bu usul o`sma oqsillarini aniqlab, davolash samaradorligini baholashda qo`llanilishi mumkin. Biochiplar-organizmdagi biokimyoviy o`zgarishlarga sezgir bo`lgan juda kichik qurilmalardir. Biochip o`zi nima? Bu – biologik makromolekulalar (DNK, oqsillar, fermentlar, hujayralar) ustiga surtilgan matritsa bo`lib, bu makromolekulalar tekshirilayotgan еritmadagi tanlab, bog`lash hususiyatiga еga.
Biochip uchun matritsa shisha yoki gel’dan yasalga 25x75x1mm o`lchamga еga slayddir. Ko`pincha bunday biochiplar ixtiyoriy skaner orqali o`qilishi mumkin.



Hozirgi vaqtda genetik va hujayrani tekshirish uchun ishlatiladigan biochiplar mavjud va mashhurdir. Ma`lum malekulalarning (oqsillarning) mavjudligini tekshirish uchun suyuqlikning butun oqimi maxsus tutqichlar tarmog`i orqali o`tkaziladi va ularda faqat bu tutqichlar sozlangan molekulalar ushlanib qolinadi.
Chipdagi shtrix-kodning har bir chizig`i maxsus antitelolar bilan qoplangan bo`lib, ular o`zi sozlangan oqsilni “kutadi” va ushlab qoladi. Qon bu chiziqlar bilan ta`sirlashganidan so`ng chip tekshiriladi. Shunda oqsillarni ushlab qolgan chiziqlar qizil rangli fluorestsent nur chiqaradi. Keyin mikroskopda chipni tekshirib va maxsus kartaga qarab bu namunada qanday oqsillar borligini aniqlasa bo`ladi.
Keyingi 10-20 yilda olimlar barmoqdan olingan bir tomchi qonni 10 mingtalab tibbiy testlardan o`tkazishlari mumkin bo`ladi.
Mikrochiplarning amaliyotda qo`llanilishi bugunning o`zida quyidagi masalalarni echishga yordam beradi:

  • Aniq tashhis qo`yish

  • Kasallik borishini, genlarni aniqlash, davolashni aniq organga yo`naltirish

  • Arzon va oddiy mikrochiplarni yaratish. O`nlab, yuzlab genlarni aniqlovchi mikrochiplarni yaratish.

Bugungi kunda klinik laboratoriya diagnostikasida vaqtni maksimal tejagan holda yuqori aniqlikka еga bo`lgan ma`lumotni olish imkoniga еga chip va skanerlar mavjud.
Rossiyada tuberkulyozni aniqlaydigan biochiplar akademik A. V. Mirzabekov tomonidan ishlab chiqilgan va amalda keng qo`llanilmoqda. biochiplarni biotexnologlar o`ylab topishganiga qaramay, ularni ishlab chiqarishda quyidagi еlektron kompaniyalar etakchilik qiladilar: Hitachi, Matsushuta, Fuji, Affymetrix.



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling