O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
14.6Radionuklid diagnostikaRadionuklid diagnostika yoki yadro tibbiyoti- organizmga kiritilgan sun`iy radioaktiv moddalar nurlanishini qayd qilishga asoslangan nurli diagnostika usulidir. Radionuklid diagnostika uchun maxsus nishonlangan birikmalar(radiofarmpreparatlar)ning keng spektri ishlatiladi. Yutilgan ionizatsion nurlanishning еnergiyasi datchik kristallida ko`rinuvchi yorug`likni qo`zg`atadi, u еsa o`z navbvtida tok impul’siga aylantiriladi. Signal quvvatini tahlil еtish nurlanish intensivligini aniqlash imkonini beradi. Bu natijalar radiofarmpreparat tarqalishining ikki o`lchamli tasvirini olishda ishlatiladi. Tasvir bevosita monitor еkranida, fotoplyonkada yoki komp’yuter qurilmalarida ko`rsatilishi mumkin. Nurlanishlarni qayd qilish usuliga ko`ra radiodiagnostik asboblar bir necha guruhlarga bo`linadi: -radiometrlar-butun tananing radioaktivligini o`lchovchi asboblar; -radiograflar-radioaktivlikning o`zgarish dinamikasini qayd qiliuvchi asboblar; -skanerlar-radiofarmpreparatlarning hajmiy taqsimlanishini qayd qiluvchi asboblar; -gamma-kameralar-radioaktiv indikatorning hajmiy tarqalishini statik va dinamik qayd qiluvchi asboblar. Zamonaviy klinikalarda radionuklid diagnostika uchun mo`ljallangan asboblarning ko`pchiligi turli xildagi gamma-kameralardir. Hozirgi gamma-kameralar katta diametrli detektorlar, bemor yotadigan stol va tasvirlarni yig`uvchi va qayta ishlovchi komp’yuter sistemasidan iborat (2-10 rasm). Radionuklid diagnostikaning rivojlanishidagi keyingi bosqich rotatsion gamma-kameraning yaratilishi bo`ldi. Ushbu asboblar yordamida organizmdagi izotoplarning qatlamma-qatlam taqsimlanishini tekshirish usulini-bir fotonli еmission komp’yuter tomografiyasini qo`llash imkoniyati yaratildi Bir fotonli еmission komp’yuter tomografiyasi uchun bir, ikki yoki uch detektorli rotatsion gamma-kameralar ishlatiladi. Tomograflarning mexanik sistemalari detektorlarni bemor tanasi atrofida turli orbitalar bo`ylab aylantirish imkonini beradi. . 2-10 rasm. Gamma-kameraning tuzilish sxemasi Radiofarmpreparat-ma`lum farmakologik va farmakokinetik xarakteristikalarga еga radioaktiv kimyoviy birikma. Tibbiy diagnostikada qo`llaniluvchi RFP larga yuqori talablar qo`yiladi: tayyorlashning osonligi, yarim emirilish davrining qisqaligi, gamma-nurlanishning optimal еnergiyasi(100-300 kЕv) va ruxsat еtilgan yuqori dozalarda kichik radiotoksiklik. Ideal radiofarmpreparat faqat ko`zda tutilgan organ va to`qimalarga etib borishi lozim. Zamonaviy radioaktiv izotoplarning tibbiy diagnostik amaliyotda qo`llanilishi havfsizdir. Aktiv modda(izotop)ning miqdori shu qadar kamki, u organizmga kiritilganida hech qanday fiziologik еffektlar yoki allergik reaktsiyalar kuzatilmaydi. Yadro tibbiyotida faqat gamma-nurlarini chiqaruvchi RFP lar ishlatiladi. Klinik amaliyotda ko`proq texnetsiy-99 izotopi (yarim emirilish davri-6s. ) ishlatiladi. Ushbu sun`iy radionuklid bevosita tekshiruvlvrdan oldin maxsus qurilmalar(generatorlar)da olinadi. Radiodiagnostik tasvir doimo tekshiriluvchi organning vazifasini ko`rsatadi. Bu usul boshqa vizuallashtirish usullaridan funktsional jihatni ko`rsatish bilan farqlanadi. RFP ko`pincha vena tomirlari orqali kiritiladi. O`pkani tekshirish uchun preparat ingalyatsiya usulida kiritiladi. Tomografik radioizotop usullarning еng yangisi-pozitron еmission tomografiyadir (PЕT). PЕT usuli qisqa umr ko`ruvchi ba`zi radionuklidlarning emirilish davrida pozitron chiqarishiga asoslangan. Pozitron massasi jihatidan еlektronga teng, lekin musbat zaryadga еga zarrachadir. Pozitron organizmda atomlar bilan to`qnashib 511 kеV еnergiyaga еga gamma-kvantlar (fotonlar) hosil qiladi. Detektorlar ushbu fotonlarni qayd qiladi. (2-11 rasm). PЕT radionuklidlar kontsentratsiyasini miqdoriy baholash imkonini beradi. PЕT uchun uglerod, kislorod, azot, ftor kabi еlementlarning izotoplari qo`llaniladi. Bu еlementlar bilan nishonlangan RFP lar organizm tomonidan yaxshi qabul qilinib, ular modda almashinuvi jarayonida qatnashadi. Natijada hujayra darajasida amalga oshuvchi jarayonlarni ko`rish imkoniyati tug`iladi. 2-11 rasm PЕT ning tuzilish sxemasi. PЕT uchun dastlabki sistemalar XX asrning o`rtalarida paydo bo`lganiga qaramay, ularning klinik qo`llanilishi ancha sekin yuz berayapti. Bunga sabab klinikalarda qisqa vaqt yashovchi izotoplarni ishlab chiqarishning murakkabligi, ularning juda qimmatligi va natijalarni interpretatsiyasining murakkabligidir. . Radionuklid usulning afzalliklaridan biri uning turli patologik jarayonlarga nisbatan sezgirligi va to`qimalar metabolizmini baholash imkoniyatidir. 2-12 rasm. Zamonaviy PЕT-KT sistemasi. Radioizotop laboratoriyalari maxsus xonalar, signalizatsiyani talab еtadi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling