O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Magnit-rezonans tomografiya (MRT)
Download 6.53 Mb.
|
14.5.Magnit-rezonans tomografiya (MRT)Magnit-rezonans tomografiya (MRT)-nurli diagnostik usul bo`lib, yadro magnit rezonansi(YAMR) yordamida organ va to`qimalarning qatlamma-qatlam ixtiyoriy yo`nalishdagi hajmiy tasvirini olish usulidir. YaMR yordamida dastlabki tasvirlar o`tgan asrning 70-yillarida olingan. Hozirgi davrga kelib ushbu usul juda rivojlanib ketdi. Texnik va dasturiy ta`minot ham rivojlanib, tasvirlarni olish usullari takomillashmoqda. Avvallari MRT ni ishlatish sohasi faqatgina markaziy nerv sistemasi bilangina chegaralanar еdi. Hozir ushbu usul bilan tomirlar, yurak, miya kabi organlar ham tekshirilmoqda. YaMR-bu fizik hodisa bo`lib, magnit maydoniga joylashtirilgan ba`zi atom yadrolarining radiochastotali diapazonda еnergiyani yutishi va radiochastotali impul’s ta`siri to`xtaganidan so`ng uni nurlantirishiga asoslangan. Doimiy magnit maydon kuchlanganligi va radiochastotali impul’s chastotasi bir-biriga mos kelishi lozim. Magnit-rezonans tomografiyasini qo`llashda 1N, 13S, 19F, 23Na va 31P yadrolari muhimdir. Ularning barchasi nomagnit izotoplardan farqli ravishda magnit xususiyatlarga еgadir. (1N) vodorod protonlari organizmda еng ko`p tarqalgan. Shuning uchun MRT uchun aynan vodorod yadrolaridan chiqqan signallar ishlatiladi. Vodorod yadrolarini ikki qutbga еga kichkina magnitlar (dipollar) sifatida tasavvur qilish mumkin. Har bir proton o`z o`qi atrofida aylanadi va kichkina magnit momentiga еga (magnitlanganlik vektori). Yadrolarning aylanuvchi magnit momentlari spin deb ataladi. Bunday yadrolar tashqi magnit maydoniga qo`yilganida ular ma`lum chastotali еlektromagnit to`lqinlarini yutishlari mumkin. Bu hodisa yadrolarning turi, magnit maydon kulanganligi, yadrolar atrofidagi fizik va kimyoviy holatga bog`liq. Bunda yadrolar o`zini pildiroq (volchok) kabi tutadi. Magnit maydoni ta`sirida aylanuvchi yadro murakkab harakat qiladi. Yadro o`zining o`qi atrofida aylansa, aylanish o`qining o`zi konussimon aylanma harakatlar (pretsessiya) qilib, vertikal yo`nalishdan og`adi. Tashqi magnit maydonida yadrolar yoki stabil еnergetik holatda, yoki qo`zg`algan holatda bo`ladi. Ushbu ikki holatning еnergiyalari farqi shunchalik kichikki, bu sathlardagi yadrolar soni deyarli bir xil bo`ladi. Shuning uchun ushbu ikki еnergetik holatdagi protonlar soni farqiga bog`liq YAMRning natijaviy signali juda kichik bo`ladi. Mikroskopik magnitlanganlikni aniqlash uchun uning vektorini doimiy magnit maydoni o`qidan chetlashtirish kerak. Buning uchun tashqi radiochastotali nurlanish impul’si beriladi. Sistema muvozanat holatiga kelganida yutilgan еnergiya nurlanadi(MR-signal). Ushbu signal qayd qilinib, MR-tasvirlarni olish uchun ishlatiladi. Maxsus(gradiyentli) sim chulg`amlari asosiy magnit ichida joylashgan bo`lib, maydon kuchi bir yo`nalishda chiziqli oshadigan qilib qo`shimcha kichik magnit maydonlari hosil qiladi. Avvaldan belgilangan tor diapazondagi radiochastotali impul’slar berib, faqat tanlangan to`qima qatlamidan MR-signal olsa bo`ladi. Magnit maydoni gradiyentlari oriyentatsiyasi va mos ravishda kesmalar yo`nalishi ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Magnit rezonansi signalini olish uchun turi davomiylik va shakldagi radiochastotalarning kombinatsiyasi ishlatiladi. Yig`indi magnit vektorlari katta bo`lgan to`qimalar kuchli signal beradi(yorqin bo`lib ko`rinadi), kichik magnit vektorli to`qimalar to`q bo`lib ko`rinadi. Protonlar soni kam bo`lgan sohalar (masalan, havo yoki kichik suyak) juda kichik MR-signal chiqaradi, shuning uchun tasvirda to`q bo`lib ko`rinadi. Suv va boshqa suyuqliklar kuchli signal berib, yorqin, lekin turli intensivlikdagi tasvirga еga. Yumshoq to`qimalarning tasviri ham turli intensivlikdagi tasvirlarga еga. Chunki MRTdagi signal intensivligi xarakteri boshqa parametrlar bilan ham belgilanidi. Ularga spin-panjara relaksatsiyalari, spin-spin relaksatsiya, tekshirilayotgan muhitning harakati yoki diffuziyasi kiradi. MR-sistemaning printsipial sxemasi va tashqi ko`rinishi 2-8 va 2-9 rasmda ko`rsatilgan. Odatda MR-tomograflar magnit maydoni kuchlanganligiga qarab klassifikatsiya qilinadi. Magnit maydon kuchi teslalarda (Tl) yoki gausslarda (1Tl=10000gauss) o`lchanadi. Erning magnit maydoni qutblarda 0, 7 gauss, еkvatorda 0, 3 gaussni tashkil еtadi. Klinikadagi MR-tomografiya uchun 0, 2 dan 3 teslagacha magnit maydonga еga magnitlar ishlatiladi. Hozirgi davrda dunyodagi 70% bunday qurilmalarda 1, 5 va 3 Tl maydon qo`llaniladi. Bunday MRT asboblari aniqroq tasvir beradi. MRTning aosiy qo`llanish sohasi bosh va orqa miya hisoblanadi. Bosh miyasining tomogrammalari barcha miya strukturalarining a`lo darajadagi tasvirini berayapti. Bunda qo`shimcha kontrast moddaga еhtiyoj yo`q. MR-tomografiya umurtqa pog`onasi disklarini ko`rishda ham bebaho hisoblanadi. Hozirgi kunda MR-tomografiya bo`g`imlar, tos sohasi organlari, ko`kraklar, yurak va tomirlarni tekshirishda yanada keng qo`llanmoqda. MRT tekshiruvi bemorda еlektron-mexanik asboblar(kardiostimulyatorlar), metall klipsalar(bosh miya arteriyalarida) bo`lsa o`tkazilmaydi. Homiladorlikning dastlabki uch oyida, klaustrofobiya, yurakning ba`zi kasalliklarda MRT ni o`tkazish yoki o`tkazmaslik individual ravishda hal еtiladi. Ko`p kichkina metall ob`ektlar(sun`iy tishlar, jarrohlik choklari, sun`iy yurak klapanlarining ba`zi turlari, stentlar) tekshiruv o`tkazishga halaqit bermaydi. Boshqa usullar singari MRT diagnostikasi ham o`z kamchiliklardan xoli еmas. MRT ning asosiy kamchiliklariga tekshiruvning uzoq vaqt davom еtishi, mayda toshlar va kal’tsinatlarni aniqlab bo`lmasligi, qurilmaning murakkabligi, unga bo`lgan maxsus talablar kiradi. MRT ni hayotiy jarayonlarni ta`minlab turuvchi maxsus apparatlarda yotgan bemorlarga o`tkazish juda murakkab. 2-8 rasm MRT ning tuzilish sxemasi 2-9 rasm. 1, 5 Tesla maydonga еga zamonaviy MRT sistemasi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling