O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


-§. Yuqori chastotali fizioterapevtik elektron apparatlar. Elektroxirurgiya apparatlar1


Download 6.53 Mb.
bet81/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95

13.5-§. Yuqori chastotali fizioterapevtik elektron apparatlar. Elektroxirurgiya apparatlar1


Tibbiyot apparatlarining katta guruhi — elektromagnit tebranishlar vatolqinlarning generatorlari, ultratovush, yuqori, ultrayuqori chastotalardaishlaydi va yagona termin asosida yuqori chastotali elektron apparatlar deb ataladi.
Bunday holda elektrodlar muammosi har xil yechiladi. Yuqori chastotalibtoklar uchun shishali elektrodlardan foydalanilsa,o`zgaruvchan magnit maydoni bilan ta`sir etishda induktotermiya spiralyoki yassi buklagan kabellardan foydalaniladi. Ulardan o`zgaruvchan tok o`tganda o`zgaruvchan magnit maydoni hosil bo`ladi. UYuCH terapiyada isitiladigan tana-disk shakldagi izolator qavati bilan qoplangan metalldan yasalgan elektrodlar orasiga joylashtiriladi (23.18- rasm). Elektromagnit to`lqinlar bilan t a`sir etishda bu to`lqinlarni ichi tanaga yaqinlashtiriladi.
Bemorning xavfsizligini ta`minlash uchun elektrodlar generatoning tebranish konturiga emas, balki kasalning konturiga (terapevtik konturga) ulanadi, u bo`lsa generatorning asosiy tebranish konturi bilan induktiv bog`langan bo'ladi (23.14- rasmga qarang).



14.11- rasm. Trioddli generator

14.12-rasm. Mahalliy darsonvalizatsiya qurilmasi

Induktiv bog'lanish amaliyotda tibbiyot uchun yuqori chastotaligeneratorlarning ko`pchiligida bo`lib, bemorni tasodifan yuqori doimiykuchlanish ostiga tushib qolishdan saqlaydi 14.11-rasmda trioddagi generator tasvirlangan, chunki yetarlicha katta quvvat olish zaruriyati lampali generatorlarni hali tibbiyotda qo`llash ehtiyojini tug`diradi.


Elektromagnit tebranishlar generatorlari bo`lmish fizioterapevtik apparatlar radio qabul qilinishiga va televideniyega xalal keltirmaydigan qilib yasaladi. Bu bir tomondan, xalaqitlardan saqlash uchun qilingan maxsus qurilmalar bilan, ikkinchi tomondan esa, muayyan ishchi chastotalar diapazonining qat`iy qilib berilishi bilan ta`minlanadi.
Bir qancha apparatlarning tashqi ko`rinishi rasmlarda ko`rsatilgan:,,Iskra -l “ apparati — yuqori chastotali generator bo`lib, impulsli rejimda ishlaydi va mahalliy darsonvalizatsiya uchun ishlatiladi (14.12- rasm), IKV-4 apparati — induktotermiya uchun, 13,56 MHz chastotada ishlaydi (14.13-rasm), UYuCh-terapiya uchun ko`chma apparat — UYuCH-66 (14.14- rasm), mikroto`lqinli terapiya uchun “Luch-58“ apparati (14.15- rasm) ishlatiladi.
Yuqori chastotali meditsina elektron apparatlariga, yana elektr xirurgiya(yuqori chastotali xirurgiya) apparatlari kiradi. Bu qurilmalaming asosini garmonik yoki modulatsiya qilingan elektromagnit tebranishlar generatori tashkil etadi.



14.13-rasm.

14.14-rasm.

Elektr xirurgiyada ishlatiladigan elektromagnit tebranishlaning quvvati 1 Vt dan bir necha yuz vatt gacha bo`lishi mumkin.






Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling