O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet80/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
14.7- rasm. Universal elektr impulsator UEI-1
Apparat bemor zanjiridagi tok impulsining amplitudasini o‘zgartirishga imkori beradi.
Elektron-nurli trubkaning ekranida (UEI-1 yuz panelining chap tomonida) apparatning chiqishidagi impulslarning shaklini kuzatish mumkin.
O‘ziga xos bolgan stimulyatorlarga defibrillator misol bo‘ladi. Bu stimulyator quvvati yuqori voltli elektr impulslarning generatorlaridan iborat bo‘lib, yurak ritminnig og‘ir buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan apparatlardir.
Defibrillator energiya to'plovchini (kondensator), kondensatorni zaryadlash uchun tuzilmani va zaryadsizlash zanjirini o‘z ichiga oladi.



14.8-rasm. impulsli defibrillator

14.9. 23.12-rasm. elektrokardiostimulyator EKSR-01

14.8-rasmda impulsli defibrillator DI-03 ning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan. Implantatsiya qilinuvchi radiochastotali elektrokardiostimulyatorEKSR-01 — ko‘tarib yuriladigan va qisman implantatsiya qilinadigan kardiostimulyator hisoblanadi (14.9-rasm). Rasmning o‘rtasida ko'rsatilgan uning implantatsiya qilinuvchi qismi (qabul qiluvchisi) uning massasi 22 g, qalinligi 8,5 mm. Qabul qiluvchisi tashqi tarqatuvchidan (rasmda chapdagi) radiosignallami qabul qiladi. Bu signallar bemor tanasining ichidagi implantatsiya qilingan qismda impuls ko‘rinishida qabul qilinadi va elektrodlar orqali yurakka beriladi. Rasmning o ‘ng tomonida ta’minlovchi blok ko‘rsatilgan bo'lib, u tarqatuvchi singari bemorlarga tashqaridan qo‘yiladi.
Elektr stimulyatorlaming alohida turlariga shundaylarni kiritish mumkinki, ular odatda sezgi organlari orqali qabul qilinuvchi ma’lumotni shartli belgilar shaklida uzatishga qodir. Shunga o‘xshagan stimulyator — tovushli ma’lumotni elektr signalga aylantirib beruvchi koxlear protez hisoblanadi; u mohiyati jihatidan ichki quloqning tovush qabul qilinadigan qismi o‘nini bosadi.
Elektrostimulatsiyaning texnik qurilmalariga yana biologik sistemalarga elektrik signallami eltib beradigan elektrodlami kiritish mumkin.
Ko'pgina hollarda elektr stimulatsiyalash plastinkali elektrodlari yordamida amalga oshiriladi, ular elektrokardiografiya uchun ishlatiladigan elektrodlarga o‘xshab odam tanasiga qo‘yiladi.
Tanaga kiritiladigan elektrodlar uchun jiddiy muammolar talaygina. Bunga shu jumladan, agressiv biologik muhit sharoitida materialdan tok o‘tganda uning zangga qarshi mustahkam bo‘lishi uchun materialni tanlash muammosi ham kiradi.

14.10- rasm. Elektr terapiya uchun mo’ljallangan “Amolimpuls-3” apparati (a), unda hosil qilingan modulyatsiyalangan sinusoidal tebranish (b)
Sinusoidal modulatsiya qilingan toklar bilan o'tkaziladigan elektr terapiya uchun fizioterapevtik apparatga misol ,,Amolimpuls-3“ (14.10-a rasm) hisoblanadi. Unda sinusoidal tebranishlarni tashuvchilaming chastotasi 5 kHz ga teng, modulatsiya qilinadigan sinusoidal tebranishlaming chastotasi esa 10-150 Hz chegarada tekis o‘zgartirilishi mumkin. Bu generator yordamida hosil qilingan toklaming ayrim, mumkin bolgan shakllari 14.10- b rasmda ko‘rsatilgan.



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling