O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


-§. Elektron stimulyatorlar. Past chastotali fizioterapevtik elektron apparatlar


Download 6.53 Mb.
bet79/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95

13.4-§. Elektron stimulyatorlar. Past chastotali fizioterapevtik elektron apparatlar


Qisqaroq qilib, past va tovush chastotadagi fizioterapevtik elektron apparatlami past chastotali deb ataymiz. Boshqa har qanday chastotadagi elektron apparatlami umumlashgan tushuncha asosida yuqori chastotali deb ataymiz.
Past chastotali garmonik va impulsli elektromagnit tebranishlar generatorlari — tibbiyot apparatlarining ikkita katta guruhini birlashtirib, ulami aniq ajratish qiyin, bular elektron stimulyatorlar (elektr stimulyatorlar) va fizioterapiya apparatlaridir. Yuqori bo’lmagan chastotalarda tokning issiqlik emas, balki o‘ziga xos ta’siri muhimroq. Shuning uchun tok bilan davolash, qandaydir effektni toklar bilan qo‘zg‘atish — stimulatsiya qilish xarakteriga ega boiadi. Bu holat ehtimol „davolash apparati“ va „elektr stimulyator“ tushunchalarini aralashtirib yuborishga olib keladi.
Muskullarni elektr yordamida qo‘zg‘otish XVIII asrda topilgan bo‘lsa, elektr stimulyatorlardan foydalanish faqat oxirgi o‘n yilliklarda boshlanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina har xil elektr stimulyatorlar mavjud. Lekin hozirda elektr stimulyatorni ishlashga tayyorlovchilarga elektr signalning chiqish parametrlarini aniq berish meditsina va fiziologik muammo bo‘lib qolmoqda. Ular: impulsning shakli, uning davomiyligi, impuls tokining chastotasi va impuls kelib chiqishining g‘ovakligidir.
Elektr stimulyatorlarni statsionar (turg‘un) ko‘tarib yuriladigan va implantatsiya (tanaga joylashtiriladigan) qilinuvchilarga bo‘lish mumkin. T o‘liq implantatsiya qilinadigan elektr stimulyatorlar, masalan, kardiostimulyatorlar uchun ta’minlovchi manba yetarli darajada jiddiy muammo bo‘lib qoladi. Bu manbalar uzoq muddatda va tejamli xizmat qilishi kerak. Ham tegishli manbalarni hamda ,,tejamli“ generatorlarni yaratish bilan bu muammo hal bo‘ladi. Masalan, impulslar orasidagi pauzada energiyani amalda sarflamaydigan generatorlarga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Bu xususda multivibratorga nisbatan blok-generator afzalliklarga ega.
Ko‘p vazifalarni bajaradigan turg‘un stimulyator misoli sifatida universal elektr impulsator UEI-1 (14.7- rasm) ni ko ‘rsatish mumkin. U to‘g‘ri burchakli va eksponentsial shakldagi impulsli tokning generatoridan iboratdir. Impulslarning parametrlari va ularning chastotasi kata chegaralarda sozlanadigan bo'ladi, masalan, to‘g‘ri burchakli impulslarning davomiyligini diskret ravishda 0,01 dan 300 ms gacha o'zgartirish mumkin.


Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling