Tranzistorli generatorning ishlash qonuniyatini ko‘rib chiqamiz (14.1 - rasm), unda sinusoviy tebranishlarga yaqin bo’lgan avtotebranishlar hosil boiadi. Bunday generatorning ishlash qonuniyatini tushunish uchun avtotebranma sistemasining struktur sxemasini eslash maqsadga muvofiqdir. LkCk — tebranish kontura kollektor zanjirida joylashgan. Ly bilan induktiv boglangan Lt b g‘altak teskari bogianish rolini o‘ynaydi. E - batareya energiya manbai xizmatini bajaradi. Konturga kerak m om en td a energiya o ‘tkazuvchi ,,klapan“ sifatida tranzistor ishlatiladi. Sxemani ulash paytida tebranish konturida tasodifiy kichik tebranishlar p a y d o b o ‘ladi. In d u k tiv teskari bog‘lanish hisobiga bu tebranishlar bazaga, aniqrog‘i, emitter va baza oralig‘idagi p—n o‘tishga uzatiladi va kuchaytiriladi. Tranzistor tomonidan kuchaytirilgan tebranishlar kollektor zanjiri orqali tebranish konturiga undagi mavjud tebranishlarga rezonanslantirilib beriladi va tebranishlar amplitudasi kattalashadi. Albatta, konturdagi tebranishlar bilan baza kuchlanishining o‘zgarishi orasida muayyan fazoviy munosabatlar bo‘lgan holdagina shunday bo'ladi.
Teskari boglanish musbat bo‘lishi kerak. Agar Ltb o'ramning uchlari almashtirilsa, u holda kutilgan natijaga yerishilmaydi: sxemani ulash paytida hosil bo‘lgan tasodifiy toklar hisobiga konturdagi kichik tebranishlar transistor tomonidan so‘ndiriladi.
Generator (14.1-rasm) ni kuchaytirgich bilan solishtiramiz. U yoki bu holda ham kuchaytiriluvchi signal emitter va baza oralig‘iga beriladi va kollektor bazadan kuchaytirilgan signal olinadi. Generator holida kuchaytirilgan signal induktiv bog‘lanish orqali qisman yana emitter bazaga tushadi.
Tebranishlar amplitudasining kattalashishi cheksiz davom eta olmaydi. Birinchidan, muayyan chekli energiya manbaining bo‘lishi batareya cheksiz amplitudali tebranishlarini ta’minlay olmaydi. Ikkinchidan, amlpitudaviy xarakteristikaning chiziqli qismi cheklangan bo‘lib, chiziqli qismidan chiqib ketish kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishini bildiradi (rasmda shtrixlangan chiziqlar).
Shunday qilib, jarayon garmonik shaklga yaqin bo‘lgan davriydir. Sxema chastotasi LkCk konturning xususiy tebranishlari chastotasiga teng bo'lgan tebranishlarni generatsiyalaydi. Kontur parametrlari — induktivlik va sig‘imni o ‘zgartirib bu chastotani o ‘zgartirish mumkin. Konstruktiv fikrlarga binoan sig‘im - Ck ni o ‘zgaruvchan qilish qulay. Sxema elementlari Rb va Cb ishchi nuqtaning optimal holatini tanlash uchun bazada kerakli, ,,siljish“ kuchlanishini hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |