12.7. Bioеlektrik signallarni kuchaytirish. Bioеlektrik signallar monitoringi.
Generator datchigining chiqishida yaratilgan bioelekrik signalni yoki signalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash qiyin bajariluvchi masalalardan hisoblanadi, chunki bu signallar odatda juda kichik bo‘ladi. Mana shuning uchun struktur sxemada (21.1- rasmga qarang) ikkinchi element qilib elektr signallarining kuchaytirgichi ko‘rsatilgan (21.1- rasmga qarang).
Aniqlashtirish maqsadida mediko-biologik elektr signallarini kuchaytirishxususiyatlarini bioelektrik signallar misolida ko‘rsatib beramiz, ya’ni shundaysignallarki, ular biologik obyektlardan elektrodlar yordamida olinadi.
Biopotensiallar kuchaytirgichlarining o‘ziga xosligi bu har xil ko‘rinishidagielektr tebranishlarining quyidagi asosiy xususiyatlari bilan aniqlanadi; 1)biologik sistemaning ichki qarshiligi elektrodlar qarshiligi bilan birgalikdaodatda juda yuqori; 2) biopotensiallar sekin o‘zgaruvchan signallar; 3)biopotensiallar kuchsiz signallardir.
Bu savollami batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 21.2- paragrafda elektrod-teri o ‘tishqarshiligining bioelekrik signalni sxemaning keyingi elementi orqali olib o‘tilishidagiahamiyati qayd qilib o'tilgan edi. Biroq bu savol bilan qarshiliklar muammosichegaralanmaydi, signalni kuchaytirishda qarshiliklarining munosabatlarini
13-BOB. GENERATORLAR
O‘zgarmas kuchlanish manbalari energiyasini har xil shakldagi elektromagnit tebranishlari energiyasiga aylantirib beruvchi tuzilmalar generatorlar (elektron generatorlar) deb ataladi.
Tibbiyotda ishlatiladigan apparatlarning katta guruhi konstruktiv jihatdan har xil elektromagnit tebranishlari generatorlari hisoblanadi. Bu bobda generatorlar bilan bir qatorda electron ossillografning tuzilishi bilan ham tanishib o‘tamiz.
Ishlash prinsipiga ko‘ra generatorlar o‘z-o‘zidan uyg‘onuvchi (avtotebranma sistemalar yoki avtogeneratorlar) va mohiyati jihatidan yuqori chastotali quvvat kuchaytirgichlari bo‘lgan, tashqaridan uyg‘onuvchi generatorlarga bo‘linadi.
Radiotexnika masalalami yechishda qo‘llaniluvchi generatorlarning ko‘pchiligi o‘zi uyg‘onuvchi generatorlar hisoblanadi; ular garmonik (sinusoidal) tebranishli generatorlarga va impuls (relaksatsion) tebranishli generatorlarga ajratiladi.
Generatorning texnik asosi vakuumli tuzilmalar (elektron lampalar), gaz to‘ldirilgan (gazrazryad) lampalar, yarimolkazgichli elementlar va integral sxemalar bo‘lishi mumkin. Ikkita keyingi tushuncha yagona terminga birlashadi „qattiq jism‘1i tuzilmalar. Bu fizik tushuncha „qattiq jism“ dan kelib chiqqan. Albatta, bu umumiylikda qattiq jismning mexanik emas, balki elektr xossalari nazarda tutilgan. Shunday qilib, “qattiq jismli generator” tushunchasi vujudga keldi.Shuningdek, generatorlar tebranishlar chastotasi va quwatiga qarab ham ajratiladi. Tibbiyotda elektron generatorlardan quyidagi uchta asosiy sohada foydalaniladi:
—fizioterapevtik elektron apparatlarda;
— elektron stimulyatorlarda;
— alohida diagnostika asboblarida (masalan, reografda).
Do'stlaringiz bilan baham: |