O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


-§. Impulsli (relaksatsion) tebranishlar generatorlari


Download 6.53 Mb.
bet76/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95

13.3-§. Impulsli (relaksatsion) tebranishlar generatorlari


Relaksatsion tebranishlar generatorlarining ko‘p variantlari ichidan eng soddalaridan ikkitasini ko‘rib chiqamiz. Sxemalardan biri (14.2-rasm)— neon lampa L — ishlatilgan holdagi generator. Bunday lampalar kuchlanishning qat’iy ma’lum qiymati U da yonib, kamroq kuchlanish Uo. da o‘chadi. Jarayon kondensator C ningzaryadlanishidan boshlanadi.
Chiqish kuchlanishining vaqt bilan bog‘liqlik grafigida (14.3- rasm) bu bosqich tenglamaga javob beruvchi kesma OA bilan ko‘rsatilgan. A nuqtada kondensatorlardagi kuchlanish neon lampa ichidagi gazni ionlashga yetarli bo‘lgan Uyo qiymatga erishadi, lampa yonadi va lampa orqali kondensator zaryadsizlanadi. В nuqtada lampa kuchlanishi Uo. tenglashadi, lampa o‘chadi va uning qarshiligi ancha oshib ketadi. Kondensator yana zaryadsizlanadi va jarayon takrorlanadi.
R va С parametrlami o‘zgartirib, bunday sxemada kuchlanish ortishining tezligini o‘zgartirishi mumkin. Shunday qilib, qarshilikni kattalashtirish T— vaqtningkattalashishiga olib keladi, OM qism qiyalanadi. AB qismda kuchlanishning pasayishi neon lampa zaryadsizlangan vaqtda yuzaga keladi, shuningdek, uning xarakteristikasiga bog‘liq boiadi.



14.2-rasm.

14.3-rasm

Sxema parametrlarini tanlab olib (14.4-rasmdagi) real grafikni ideal arrasimon kuchlanish deb ataluvchi (14.4- rasm) grafikka yaqinlashtirish mumkin. Bu kuchlanishning vaqt bilan bog’liqlik grafigi arra tishlarni eslatadi. T— vaqt oraligida kuchlanish [U] dan (J: gachachiziqli ortadi, so‘ngra T vaqtda u minimal qiymatga chiziqli kamayadi. Vaqt davomida tokning chiziqli o‘sishiga kattaroq aniqlikda yaqinlashish talab qilinadigan yerda murakkabroq sxemalardan foydalaniladi. Arrasimon kuchlanishdan elektron ossillografning yoyilmasida foydalaniladi.
Multivibrator relaksatsion tebranish generatori hisoblanadi. Uning sxemasi 14.5- rasmda tasvirlangan. Bu sxemaning ishini tushunish uchun bazaning kuchlanishiga bogliq holda tranzistorning tokni o‘tkazishi yoki o‘tkazmasligi xususiyatini qisqacha eslatib o‘tamiz. Rezistor —[ Rb] birinchi tranzistorning kollektor— bazap—n o‘tishiga parallel ulangan. Agar shunday rezistor orqali tok „yuqoridan pastga“ oqib o‘tsa, u holda tranzistor bazasining potensiali kollektorning potensialidan katta bo'ladi. Bu tranzistorning elektr o‘tkazuvchanligini oshiradi va u orqali tok emitterdan kollektorga o‘ta olishi mumkin.




Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling