O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Rentgenografiya va rentgenoskopiya


Download 6.53 Mb.
bet83/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95

14.2 Rentgenografiya va rentgenoskopiya.


Rentgenografiya va rentgenoskopiya rentgenologik tekshiruvlarning asosiy usullari hisoblanadi. Turli organ va to`qimalarni o`rganish uchun bir qator maxsus apparat va usullar yaratilgan(2-3 rasm). Rentgenografiya hozirgi davrgacha tibbiyot amaliyotida keng qo`llanib kelinmoqda. Rentgenoskopiya nisbatan yuqori nurlanishga еga bo`lgani sababli kamroq ishlatiladi. Rentgenoskopiyadan rentgenografiya yoki boshqa usullar bilan olingan ma`lumotlar etarli bo`lmagan hollarda foydalaniladi.
Rentgenoskopiya (grekcha scopeo-ko`rmoq, qaramoq)-ushbu usulda rentgen tasviri flyuorestsent еkranga proyektsiya qilinadi. Ushbu usul organlarning statik, shuningdek, dinamik tekshiruvini amalga oshirishga va interventsion muolajalar (masalan, angiografiya, stentlash)ni o`tkazishni nazorat qilishga yordam beradi.
Rentgenoskopiyaning asosiy kamchiliklari-yuqori nurlanish dozasi va ba`zi o`zgarishlarni ko`ra olmaslik.
Rentgenografiya(grekcha greapho-yozmoq, tasvirlamoq)- ushbu usulda ob`ektning tasviri plyonkada(to`g`ri rentgenografiya) yoki maxsus raqamli qurilmalarda (raqamli rentgenografiya) olinadi.



2-3 rasm. Zamonaviy rentgen apparati.
Rentgenografiyaning turli variantlari ma`lum bir klinik holda olinayotgan diagnostik ma`lumotning sifatini yaxshilash uchun qo`llaniladi(kontakt rentgenografiya, kontrast rentgenografiya, mammografiya, fistulografiya, artrografiya).
Rentgenografiya va rentgenoskopiya usullari bemor tanasining gorizontal yoki vertikal holatida statsionar yoki palatadagi qurilmalarda qo`llanilishi mumkin.
An`anaviy rentgenologik plyonka ishlatiladigan yoki raqamli rentgenografiya arzon, sodda va yuqori sifatli ma`lumot berishi sababli asosiy usullardan biri bo`lib qolmoqda.
Ob`ektni fotosuratga tushirilganda flyuorestsent еkrandan plyonkaga rentgen tasvirlari tushiriladi. Ushbu usul flyuorografiya deb ataladi. Hozirgi davrda uning o`rnini raqamli rentgenografiya еgallayapti.
Rentgenologik tekshiruvning har qanday turi kamchiliklardan xoli еmas: kam kontrastli to`qimalarda ushbu usul aniq tasvirlar bermaydi. Bu kamchilikni bartaraf еtish uchun komp’yuter tomografiyasi qo`llaniladi.



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling