O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet14/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Nimani o`qitamiz?
Qanday o`qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali o`qitish mumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa, olim va amaliyotchilarni o`quv jarayonini texnologiyalashtirilishiga, ya’ni o`qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko`rish mumkin, degan fikrga olib keldi.
Bunday fikrning tug`ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo`nalishini yuzaga keltirdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e`tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim tugrisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga aloxida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o`quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o`qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo`lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi.
To`rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo`llashga asoslanganligi sababli, ularning qo`llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
O`quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning tog``ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslaxatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o`quvchidan ko`proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o`quv-tarbiya jarayonida qo`llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan xolda, o`quvchini kim o`qitayotganligi va o`qituvchi kimni o`qitayotganiga bog`liq.
Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni xal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va `zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baxolashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun xam, ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba o`quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon xamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol («Inter» - bu uzaro, «act» - harakat qilmoq) – o`zaro xarakat qil moq yoki kim bilandir suxbat, muloqot tartibida bo`lishni anglatadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, o`qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va uylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda o`qituvchining urni qisman o`quvchilarning faoliyatini dare maqsadlariga erishishga yunaltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularga:

  • o`quvchining dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • o`quvchilarning o`quv jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

  • o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagog va o`quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.

Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o`rganayotgan ba’zi o`qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - faqat axborot texnologiyasi bilan bog`liq hamda o`qitish jarayonida qo`llanishi zarur bo`lgan o`qitishning texnik vositatlari, komp`yuter, proektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - o`qituvchi va o`quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog`liq. O`qitish jarayonida, maqsad bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo`llaniladigan xar bir ta’lim texnologiyasi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o`quv jarayonida o`quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, taxlil etib, o`zlari xulosa qila olsalar, o`zlariga, guruhga, guruh, esa ularga baho bera olsa, o`qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu - o`qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o`quv predmetining o`ziga xos texnologiyasi bor. O`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo`lib, u o`quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o`qituvchi va o`quvchining hamkorlikdagi faoliyati, ular qo`ygan, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bogliq.
Pedagogik texnologiyalarni joriy etishning o'ziga xos vositalari bo`lib, ular xilma-xildir. Verbal (nutq so'zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savol-javoblar, bahs- munozara, muzokara, axborot va ma'lumot berish, kengashish, maslahatlashish, nasihat yoki tanbeh berish kabilar), noverbal (imo- ishora, qo'l va gavda harakatlari yordamida ma'lum ma’no-mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash), vizual (ko'rgazmalilik elementlari-plakatlar, jadvallar, su`ratlar, diagrammalar, sxemalar, yozuv va tasvirlar, fotosuratlar, tarqatma materiallar, video lavhalar, jonli va jonsiz ob`yektlar, turli buyumlar va boshqalar), audio (magnit yozuvlari, lingofon va radio vositalar, musiqa va nutqiy asarlar kabilar), tabiiy (odam, hayvon, o'simlik, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, inshootlar kabilar), o'quv anjomlari (kitob, atlas, xarita, reaktivlar va boshqalar) kabi vositalar farq qilinadi va ular yakka yoki omixta tarzda keng miqyosda qo'llaniladi.
O'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo`lganligi tufayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning uchun ham, sinalgan va samara beradigan pedagogik texnologiyalarni qo'llash zaruriy holdir.
Noan’anaviy ta’limda interfaollik daraja qancha yuqori bo’lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo’ladi.
Eng ko’p tarqalgan va xususiyatga ega bo’lgan ta’lim usullari quyidagilar hisoblanadi: suhbat, bahs, o’yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar hisoblanadi
Suhbat – dialogli (yunoncha: dialogos - ikki yoki bir necha insonlar orasidagi so’zlashuv), ta’lim berish va o’rganishning savol–javobli yo’li
Usulning yetakchi vazifasi - qiziqtirish: maqsadga yo’naltirilgan va mohirona qo’yilgan savollar yordamida ta’lim oluvchilarda berilgan mavzu bo’yicha o’zlarining bilimlarini eslash va bayon qilishga harakat qilinadi, o’qituvchi rahbarligida boshqa ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilinadi. Ta’lim oluvchilar o’qituvchi bilan birga qadamma-qadam mustaqil fikrlash, yakunlash, xulosalash va umumlashtirish yo’li bilan yangi bilimlarni anglaydilar va o’zlashtiradilar.
Suhbatning afzalligi yana shundaki, u ta’lim oluvchilar fikrlashini faollashtiradi va bilim kuchini rivojlanishiga yordam beradi.
Suhbatlar vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  • kirish yoki tashkillashtiruvchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni mashg’ulotdagi ishga tayyorlash);

  • yangi bilimlarni yetkazish (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni yangi material bilan tanishtirish);

  • sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilar bilimlarini tizimlashtirish, “mustahkamlash”, eslab qolishi va fikrlashi).


Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling