KIMYO FANINI O`QITSHDA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MODELI
1. O’quv mashg’ulotini tuzilishini aniqlaydi
2. O’quv mashg’ulotining maqsadini shakllantiradi, o’quv faoliyatining kutilajak natijalarini aniqlaydi va pedagogik vazifalarni belgilaydi
O’quv faoliyatining kutilajak natijalari – bu o’qitish natijasida o`quvchi egallashi va bajarishi lozim bo’lgan harakatlar.
Ular tomondan erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash va belgilangan maqsadga mosligini aniqlash imkonini beradi, aniq, lo’nda va fe’l shaklida shakllantiriladi, tugallangan harakatni bildiradi (…..gapirib beradi, …..sanab beradi, ….tavsiflaydi, …..yechimini topadi va hokozo).
Pedagogik vazifalar – talabaning o’quv faoliyatini belgilangan natijasiga qarab harakatlanishini tashkil etishda o’qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan harakatlari.
3. Maqbul ta’lim modelini loyihalashtiradi (tanlaydi)
Ta’lim modeli – bu belgilangan vaqtda va mavjud sharoitda belgilangan maqsadni amalga oshirish va bashorat qilingan o’quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan ta’limning eng maqbul shakllari, usullari va vositalari majmuidir.
4. Qaytar aloqa yo’l va vositalarini tanlaydi: tezkor so’rov, savol-javob, o’quv topshirig’i natijalarini taqdimotini baholash va boshq.
5. Loyihaviy faoliyat natijasini jadval - o’quv jarayoni ta’lim texnologiyasi modeli ko’rinishida rasmiylashtiradi
6. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasini rejalashtirishni texnologik xarita ko’rinishida amalga oshiradi
O’quv mashg’uloti texnologik xaritasi – o’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi tuzilishining jarayonli (protsessual) bayoni aks etgan hujjat. O’quv mashg’ulotini o’ziga hos hususiyatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich faoliyat ketma-ketligining mazmunini yoritadi
O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |