Ta’lim jarayoni- ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o’rtasidagi ma’lum maqsadlar asosida belgilangan bilim va ko’nikmalarni tarkib toptirishga yo’naltirilgan o’zaro ta’sirlashuv jarayonidir.
Ta’lim jarayonida quyidagi ko’rinishdagi axborotlar uzatiladi:
Matn ko’rinishdagi, tugallangan mazmundagi mma’lumotlar;
Simvollar va shakllar;
Ranglar;
Hatti-harakatlar;
Verbal (ovozli);
Elektron ma’lumotlar.
O’quv jarayonida ta’lim oluvchining qancha ko’p sezgilari ishtirok etsa, o’zlashtirish jarayoni shunchalik tez kechadi va o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi.
Ta`limni tashkil etish- ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchining birgalikdagi faoliyat yo`llarining tashqi ko`rinishi. Metod-yo`l bo`lsa, shakl yo`lning tashqi ko`rinishidir.
Guruhlarda ishlash - ta`lim oluvchilarning faoliyatini tashkil qilishning shunday shakliki, u o`quv guruhini ma`lum bir vazifani hamkorlikda yechish uchun vaqtinchalik kichik guruhlarga ajratishni talab etadi. Ta`lim oluvchilarga qo`yilgan vazifaning mazmuni, uni yechish yo`llari va usullarni belgilash, muhokama qilish taklif qilinadi. Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali uni amalga oshirish, bajarilgan ishni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib, so`ngra taqdim etish so`raladi.
«Aqliy hujum», bahs, tadqiqot, «munozara», turli didaktik o`yin loyihalari, kitob bilan ishlash, davra suhbati, Pinbord kishik guruhlarda ishlash usullariga misol bo`ladi.
Ta`lim vositalari nima? Ta`lim vositalari- metod va ta`limni tashkil etish shakllarini amalga oshirishga yordam beruvchi vosita (media)lar tushuniladi. Vositalar bosma materiallarda, aniq va texnik bo`lishi mumkin. Ta`lim jarayonida qo`llaniladigan aniq vositalarga - turli namuna (kolleksiya)lar, maket, modul, kimyoviy reaktivlar, tajriba o`tkazish jihoz va asboblari, doska misol bo`lsa; texnik vositalarga - kodoskop, televizor, grafoproektor, komp`yuter, ekran; bosma materiallarga esa - chop etilgan o`quv materiallari, kitob, jadval, diagamma, sxema, ma`ruza matnlari misol bo`ladi.
Ta`lim vositalari mavjud imkoniyat, darsni o`tkazish usuli va ta`limni tashkil etish shakllariga asosan tanlanadi.
Texnologiyalar rivojlanib borishi bilan zamonaviy multimedia vositalaridan ta`lim jarayonida foydalanishga talab ortib boryapdi. O`qitishning texnik vositalari murakkablashib barayotganligini inobatga olib, yangi texnika va telekommunikasion vositalarini qo`llashni doimiy ravishda o`rganib borish davr talabidir.
Xullas, ta`lim texnologiyasida usullarni, vosita va ta`limni tashkil etish shakllarini to`g`ri tanlash va samarali qo`llash katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |