O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet4/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Zamonaviy pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim.

Ta`lim texnologiyasi nima? Ta`lim texnologiyalarini ishlab chiqishda ta`limning zamonaviy usullari, vosita va ta`limni tashkil etish shakllarini shunday amalga oshirish kerakki, ular ta`lim oluvchilarning berilgan axborotlardan mustaqil o`zlashtirish qobiliyatini, muammolarni hal etishda ijodiy yondashishni, tashkilotchilik ko`nikmalari va hokazolarni shakllantirishga olib kelsin.


Dars maqsadlari Davlat ta`lim standarti talablaridan kelib chiqib o`quv dasturi va ishchi reja asosida aniqlanadi.
O`qituvchining o`quvchiga qanday bilim, malaka berishi kerakligi bilan emas, balki o`quvchi bu darsda qanday bilim, malaka ko`nikmalarni egallashdan kelib chiqib belgilanishi kerak. Buning uchun ta`limning maqsadi aniq bo`lishi lozim. Ta`limni to`g`ri tashkillash uchun bir necha maqsadlar avvaldan aniqlab olinadi.
Ta`limiy maqsad - mavzu bo`yicha o`quv materiali mazmuniga ko`ra aniqlanib, o`quvchilarda o`rganilayotgan hodisaning muhim xususiyatlari, namoyon bo`lish shakllari haqida bilim, hamda ulardan amaliyotda foydalanish bo`yicha ish-harakat usullarini shakllantirishni ko`zda tutadi.
Bilim-o`rganilayotgan hodisa haqida uning muhim xususiyat va sifatlarini yorituvchi tushuncha, hukm va fikrlar tizimidir, ya`ni bilimlar ushbu predmetni nazariy o`zlashtirishda ifodalanadigan inson g`oyalarining yig`indisi.
Mahorat-o`zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo`llash usullari (yo`llarni, harakatlarni) egallash.
Ko`nikma-avtomatik darajagacha, mukammallikning yuqori darajasigacha yetkazilgan mahorat.
Tarbiyaviy maqsad - o`rganilayotgan hodisani jamiyat va tabiat hayoti, manfaati uchun qanday shakllanish lozim bo`lgan shaxsiy xislat hamda fazilatlarni ko`zda tutadi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling