O`qitish uslublari
Ushbu dasturda innovasiоn texnologiyalar yordamida o`qitishning quyidagi uslublaridan foydalaniladi.
Yuzma-yuz mashg`ulot;
Axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Internet - o`rgamchak to`ridan foydalanish;
Elektron poshta orqali ma`lumot almashish.
Yuzma-yuz muloqot, individual suhbat, seminarlar, ushrashuvlar orqali amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiya
Kursning mazmunini bilib olish uchun avvalo pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasuz? Shuni aniqlab olaylik.
Pedagogik texnologiya - bu o`qituvchining turli vositalari yordamida o`quvchiga muayyan sharoitda va ma`lum ketma-ketlikda ta`sir etish va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan berilgan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik texnologiya deyilganda - ta`lim-tarbiya jarayonining tizimga solingan, ilmiy-uslubiy asoslangan, eng ilg`or vosita, usul va mazmun uyg`unligi asosida maqsad, vazifa va pedagogik faoliyat natijasining yaxlitligi nazarda tutiladi.
Beriladigan ta`rifning har xilligidan qat`iy nazar, pedagogik texnologiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
a) pedagogik texnologiya oldindan loyihalanadi;
b) tayyor loyihani amaliyotga tadbiq etishda o`qituvchidan katta mehnat talab qilinmaydi;
v) yakuniy natijalarni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya qanday qilib, qanday usullar bilan o`qitilsa, natija yaxshi bo`ladi - degan savolga javob beradi. Pedagogik texnologiya tushunchasi barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog`liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo`li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko`tarishni ifodalaydi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – jamiyat yotiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi, aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini majmua sifatida ko’rib, uni tashkil qiluvchi qismlar bo’lgan o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilar (talabalar) ga ma’lum ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini nazarda tutuvchi va ta’lim natijasini ba’olab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |