Rivojlantiruvсhi maqsad - tahsil oluvchining dasturiy materialni o`zlashtirish natijasida bilimi, tajribasi, odob-ahloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda mantiqiy tafakkur (fikr yuritish) qobiliyatlarni shakllantirishni ko`zda tutadi.
Motivasion (qiziqtiruvсhi) maqsad - o`quvchining o`rganilayotgan hodisaga ongli munosabatini yo`naltirish, o`qib-o`rganishga ehtiyoj uyg`otish, qiziqishni o`stirishni nazarda tutadi.
Ta`lim usuli
Ta`lim usuli nima? Usul - (greksha metodos-so`zidan olingan bo`lib, izlanish yo`li, nazariya, ta`limot ma`nosini anglatadi) aniq vazifani yechishga bo`ysindirilgan, borliqni nazariy va amaliy o`zlashtirish harakatlari yoki yo`llarining yig`indisidir.
Maqsadlar o`qituvchining ta`lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatida vositalar yordamida amalga oshiriladi, usul esa ularning amaliy bajarilishini ta`minlaydi. Ta`lim maqsadlariga erishishi bo`yicha o`qituvchi va o`quvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil etishda usullar quyidagi guruhlarga bo`linadi;
1-guruh o`quvchilarning o`zlashtirish, tushunib yetish, bilimini mustahkamlash bo`yicha perseptiv (o`zlashtirish) ish faoliyatini ta`minlaydigan tayyor holatda o`quvchilarga bayon qilingan o`qitish va bilim olish usullari;
Ma`ruza, hikoya, tushuntirish.
Namoyish, ilyustrasiya, videousul, animasiya va multimedia.
2-guruh o`quvchilarning bilimni o`zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo`yicha reproduktiv faoliyatni ta`minlovchi mahorat va malakani algoritm (namuna) bo`yicha o`qituvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o`qitish va bilim olish usullari:
3-guruh - ta`limga muhokama va rivojlantiruvshi tavsif beruvchi, ta`lim oluvchilarni ta`minlovchi dars berish va o`qitish usullari;
O`quv suhbati;
Davra suhbati;
Bahs;
Aqliy hujum (breyng storming);
Ishbilarmonlik yoki rolli o`yin;
Pinbord interfaol
4-guruh - o`quvchilar tomonidan muammoni tushunish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar:
Muammoli topshiriqlar usuli;
Individual (amaliy);
Loyihalar usuli.
Usul tanlashda ta`lim maqsadi, o`quv materiali mazmuni va uning tavsifi hamda o`qituvchi va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini ham e`tiborga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |