O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet5/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Rivojlantiruvсhi maqsad - tahsil oluvchining dasturiy materialni o`zlashtirish natijasida bilimi, tajribasi, odob-ahloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda mantiqiy tafakkur (fikr yuritish) qobiliyatlarni shakllantirishni ko`zda tutadi.
Motivasion (qiziqtiruvсhi) maqsad - o`quvchining o`rganilayotgan hodisaga ongli munosabatini yo`naltirish, o`qib-o`rganishga ehtiyoj uyg`otish, qiziqishni o`stirishni nazarda tutadi.
Ta`lim usuli
Ta`lim usuli nima? Usul - (greksha metodos-so`zidan olingan bo`lib, izlanish yo`li, nazariya, ta`limot ma`nosini anglatadi) aniq vazifani yechishga bo`ysindirilgan, borliqni nazariy va amaliy o`zlashtirish harakatlari yoki yo`llarining yig`indisidir.
Maqsadlar o`qituvchining ta`lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatida vositalar yordamida amalga oshiriladi, usul esa ularning amaliy bajarilishini ta`minlaydi. Ta`lim maqsadlariga erishishi bo`yicha o`qituvchi va o`quvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil etishda usullar quyidagi guruhlarga bo`linadi;
1-guruh o`quvchilarning o`zlashtirish, tushunib yetish, bilimini mustahkamlash bo`yicha perseptiv (o`zlashtirish) ish faoliyatini ta`minlaydigan tayyor holatda o`quvchilarga bayon qilingan o`qitish va bilim olish usullari;

  • Ma`ruza, hikoya, tushuntirish.

  • Namoyish, ilyustrasiya, videousul, animasiya va multimedia.

2-guruh o`quvchilarning bilimni o`zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo`yicha reproduktiv faoliyatni ta`minlovchi mahorat va malakani algoritm (namuna) bo`yicha o`qituvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o`qitish va bilim olish usullari:

3-guruh - ta`limga muhokama va rivojlantiruvshi tavsif beruvchi, ta`lim oluvchilarni ta`minlovchi dars berish va o`qitish usullari;

  • O`quv suhbati;

  • Davra suhbati;

  • Bahs;

  • Aqliy hujum (breyng storming);

  • Ishbilarmonlik yoki rolli o`yin;

  • Pinbord interfaol

4-guruh - o`quvchilar tomonidan muammoni tushunish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar:

  • Muammoli topshiriqlar usuli;

  • Individual (amaliy);

  • Loyihalar usuli.

Usul tanlashda ta`lim maqsadi, o`quv materiali mazmuni va uning tavsifi hamda o`qituvchi va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini ham e`tiborga olish zarur.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling